Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Konfliktga mayin bosim o‘tkazish



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə23/80
tarix25.03.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#103126
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80
Konfliktologiya. sirtqi lotin

Konfliktga mayin bosim o‘tkazish. Agar urishgan, janjallashgan, ya’ni konflikt vaziyatiga kirgan odam bizga qadrli bo‘lsa, ko‘pincha mana shu yo‘l tanlanadi. Bizning ongimiz o‘zaro ziddiyat mavjudligini tan olgisi kelmaydi, chunki bu odam bizga yaqin. Bizning bu odamga nisbatan ijobiy ichki emotsional-ruhiy holatimiz ziddiyatning chuqurlashib ketishidan bizni tabiiy va instinktiv tarzda himoya qilishga o‘tadi. Biz nima bo‘lsa ham yaxshi munosabatlarni saqlab qolish yo‘lidan ketamiz. Bu yo‘l o‘zini ikki holatda oqlaydi, birinchisi, agar muhim bo‘lmagan narsalar ustida konfrontatsiyaning kuchayib ketishi, bizga yaqinlarning kuchli stress olishi kuzatilsa, ikkinchidan, opponent so‘zlarimiz va argumentlarimizni tinglashga tayyor bo‘lmasa, o‘zini ochiq muloqotdan olib qochsa. Bu vaziyatlarning har birida ham tanlangan taktika asta-sekin ziddiyatni o‘z-o‘zidan keskinlikdan olib chiqib ketishi mumkin. Chunki biz do‘stona va iliq munosabatdan voz kechmagan bo‘lamiz.
Ammo konfliktga nisbatan mayin bosim o‘tkazish uni keltirib chiqargan muammolar yo‘q bo‘ldi degani emas. Agar ochiq muloqot bo‘lmasa, sizning opponentingiz qalbingizda bo‘layotgan emotsiyalarni bilmay qolaveradi. Natijada, u noto‘g‘ri xulosalarga kelishi tabiiy. Agar u nimadir odatdagiday emasligini sezsa ham, aynan bu “nima” – nimada ekanligini bilmay qolaveradi. Munosabatlardagi “tanglik” yo‘qolmaydi, balki ko‘ngillarning ich-ichiga singib ketadi.
Mayin bosim o‘tkazish kuyidagilarda o‘zini namoyon etadi:
- siz o‘zingizni “hamma narsa odatdagidek” qabilida tutasiz;
- hech narsa bo‘lmagandek o‘z munosabatlaringizni davom ettiraverasiz;
- tinchlik va osudalikni saqlash uchun, bo‘layotgan vaziyatga beparvo bo‘lasiz;
- o‘zingizni jahl va g‘azabni his qilganingiz uchun koyiysiz;
- butun mahoratingizni ishga solib, faqat iliq muomalaga o‘tib olasiz;
- avval “jim” bo‘lasiz, ammo ko‘nglingizda ma’lum istiqbol rejalar tuzasiz;
- hamma negativ emotsiyalaringizni bosasiz, ulardan foydalanmaslikka harakat qilasiz.
Shunday qilib, konfliktning yechimini topish usullari mavjud, ularni bilish kerak va ularni real hayotda qo‘llash zarur. Konfliktlarning “g‘olib-g‘olib” usuli har ikki tomonning manfaatlarini saqlab qolishga qaratilgan yo‘ldir. Demak, mazkur paragrafda ko‘rib chiqqan masalalar asosida “Konflikda kim yutib chiqadi?” degan savolni “Konfliktda hamma yutib chiqish imkoniyati mavjud-mi?” savoli bilan o‘zgartirish lozim. Chunki, haqiqatan ham ziddiyatli vaziyatda barcha ishtirok etuvchi tomonlar g‘olib bo‘la oladi. Konfliktlar yechimi aynan G‘olib bo‘la olish qonuniyatlarini o‘rgatadi. Buning uchun “G‘oliblik strategiyasi”ni qo‘llash lozim:

  • g‘olib bo‘lishlikning birinchi talabi o‘z opponentiga qarshi kurash emas, balki uning maqsadlari va manfaatlarini tushunishga harakat qilishdir;

  • norozillikka rozilik amallarini qo‘llash;

  • boshqalarning fikrlari, qarashlari va xulosalari biznikidan o‘zgacharoq bo‘lishi mumkinligini tushunish va qabul qilish;

  • ochiq samimiy muloqotga tayyorlik;

  • birovlarning his-tuyg‘ulari va emotsiyalarini hurmatlash;

  • boshqalarning manfaatlarini aniq belgilashga harakat qilish;

  • manfaatlar orasidagi uyg‘unlik asosida yagona strategiyani ishlab chiqish.

Konfliktli vaziyatlardagi stereotip harakatlar o‘zini konfliktdan qochish va unga mayin bosim o‘tkazishda namoyon bo‘ladi. Ammo bu sayi-harakatlar konfliktni to‘la yechib bermaydi va tomonlar orasidagi muammoni ham hal eta olmaydi. Faqat o‘zaro umumiy kelishuv asosida tomonlarning bir maqsad sari samimiy intilishi, butun kuch va diqqatni qarshi tomon shaxsiyatiga emas, balki konfliktni keltirib chiqargan muammoga qaratish ziddiyatning to‘la va haqiqiy yechimi uchun asos bo‘la oladi. Konflikt yechimiga to‘g‘ri munosabatni shakllantirish masalasida shuni bilish va rioya etish zarurki, ziddiyatda har ikki tomon ham g‘olib bo‘lishi mumkin. Har ikki tomonning g‘olibligi konfliktning to‘g‘ri hal qilinganligini namoyon qiladi, ammo mana shu g‘oliblik ortida har ikki tomonning mehnati, sayi-harakatlari, irodasi va intilishi yotganligini ham bilish, g‘oliblik o‘z-o‘zidan kelib chiqmasligini anglash zarur.



Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə