Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi


-mavzu. Muomala madaniyati va to ‘g ‘ri muloqot qoidalari



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə34/80
tarix25.03.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#103126
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80
Konfliktologiya. sirtqi lotin

2-mavzu. Muomala madaniyati va to ‘g ‘ri muloqot qoidalari
Muomala madaniyati - o ‘zga insonga bo’lgan munosabat madaniyati bilan belgilanishi. Ichki madaniyatga ega bo’lgan odam gina har turli vaziyatlarda har qanday boshqa insonga nisbatan doimiy to‘g‘ri, samimiy va aniq munosabat ko‘rsata oladi. Muloqot madaniyati insondan boshqa insonga nisbatan har doim bir tekis munosabat ko‘rsatilishini talab etadi. Muloqot madaniyati insondan o‘z ustida muntazam ish olib borishni talab etishi va muloqot madaniyati o ‘z - o ‘zidan vujudga kelib qolmasligi haqida ma 'lumot berish.
Muomalada gap ko‘p

  1. Insonlarga yoqishning besh yo‘li:

  1. Suhbatdoshingiz bilan chin dildan qiziqing;

  2. Insonlarga ochiq chehra va nim – tabassum bilan munosabatda bo‘ling;

  3. Unutmang, insonning ismi u uchun eng yoqimli va eng muxim ohangdir;

  4. Eng yaxshi tinglovchi bo‘ling. Boshqalarga ko‘proq o‘zlari haqida gapirishga imkon bering.

  5. Suhbatdoshingizni qiziqtiruvchi mavzular to‘g‘risida ko‘proq gapiring.

  1. Insonlar e’tiboriga erishishning o‘n ikki yo‘li:

  1. Tortishuvlar paytida ma’naviy balandlikda bo‘lishning yagona yo‘li – tortishuvdan vos kechishdir;

  2. Suhbatdoshning har qanday fikriga hurmat ko‘rsating. Insonlarga hech qachon “nohaksan” demang;

  3. Agar siz nohaq bo‘lsangiz, tez va keskin tan oling;

  4. Suhbatni do‘stona ohangda boshlang;

  5. Suhbatdoshni har qanday masala fikringizga “ha to‘g‘ri”, deb aytishga undang va erishing;

  6. Suhbat davomida kamroq gapiring, uni ko‘proq gapirishga imkoniyat yarating.

  7. Mazmunli fikrlarni suhbatdosh o‘ziniki deb hisoblasin;

  8. Har bir masalaga suhbatdoshning nuqtai nazari bilan qarang;

  9. Boshqalarning fikri va xohishlariga ta’sirchan bo‘ling;

  10. Marhamatli inson ekanligingiz bilinib tursin;

  11. Kinolarda va radiolardagi eng yoqimli harakatlarni o‘zingizga singdiring va kinoradio qahramonlaridek harakat qiling;

  12. Otashin, aniq, insonga ichki quvvat beruvchi gaplarni gapiring.


  1. Yüklə 4,4 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə