Qozon qurilmalari


Organik yoqilg’ilarni yoqishda atrof – muhitga zararli ta'sirini baholash



Yüklə 16 Mb.
səhifə108/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   121
kurs ishi

8.5. Organik yoqilg’ilarni yoqishda atrof – muhitga zararli ta'sirini baholash


Organik yoqilg'ilarning yonish mahsulotlari tarkibida har-xil miqdorda turli xil ziyonlikka ega ifloslantiruvchi moddalar bor. Ular orasida: uglerod, azot va oltingugurt oksidlari, vodorod sulfid (Н2S), qora kuya (saja) hamda har-xil uglevodorodlar, benz(a)piren (С20Н12), mikroelementlar va boshqa zararli qo'shimchalar hosil bo'lishi mumkin.
Ayrim hollarda energetik yoqilg'ilarning sifatini tavsiflash uchun ularning atrof– muhitni ifloslanishiga nisbatan har-xil ifloslarning miqdor yig'indisi hamda uning zaharliligini inobatga oluvchi bitta ko'rsatkich qiymati bilan foydalanishiga zaruriyat bo'lishi mumkin.
Bunday ko'rsatkichga talab, energetik yoqilg'ilarning hozirgi narxlariga qo'shimcha koeffisientni o'rnatilishidan kelib chiqadi. Energetik yoqilg'ilarning hozirgi narxlari ularni qazib olishga yoki tashilishiga sarflangan xarajatlarga asoslangan. Ammo, keyinchalik energetik yoqilg'ilarni narxlashda ularni ziyon keltiruvchi ta'sirini inobatga olgan holda o'rnatilishi lozim bo'ladi.
Issiqlik elektr stansiyalarda bitta yoqilg'ini ikkinchisi bilan almashtirishda atrof– muhitni himoyalash nuqtai nazaridan xuddi shunday ko'rsatkichdan foydalanishni taqozo etadi.
Bundan tashqari, bunday zaruriyat oltingugurtni ushlab qolish usullaridan samarali qo'llanishni taqqoslab baholash uchun bunday ko'rsatkichga asoslanadi. Qo'llanilayotgan texnologiyalarga ko'ra har-xil zararli qo'shimchalar, masalan, oltingugurt (IV) oksidi va azot (IV) oksidi har-xil darajada ushlab qolinadi, ayrim hollarda esa atmosferaga tashlanishdan avval tozalash natijasida mo'ridan chiqib ketayotgan ammoniy tuzi bo'lmagan gazlarda, gazlarni ammiak bilan tozalash natijasida paydo bo'ladi. Bularni hammasi ziyonlik yig'indisisiz oltingugurtni ushlanishining turli xil usullarini taqqoslash uchun tozalashda, sanitar samaradorligini o'rnatishda nisbatan qiyin bo'ladi.
Ziyonlilik yig'indisining ko'rsatkichi K(, energetik yoqilg'i va ularni yonish mahsulotlari uchun alohida ziyonlilik ko'rsatkichlarining yig'indisi bilan ifodalanishi mumkin bo'ladi:
К=Кi (8.7)
bu erda: Ki – alohida-alohida ziyonlilik ko'rsatkichlari yig'indisining
qiymatlari, zararli moddalarning solishtirma miqdori va ularning nisbiy zaharliligi.

Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə