Qozon qurilmalari



Yüklə 16 Mb.
səhifə110/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   121
kurs ishi

NAZORAT SAVOLLARI
1.Suv havzalariga IESlarning zararli tashlamalarini kamaytirishning qanday usullari mavjud?
2.Organik yoqilg'ilarni yoqishda ularning atrof-muhitga zararli ta'siri qanday baholanadi?
3.Yoqilg'ilarni yonish mahsulotlarining zararli qo'shimchalarini kelib chiqishiga ko'ra qanday guruhlarga bo'linadi?
4. Ziyonlilik yig'indisini tavsiflaydigan ko'rsatkich nima?

IX-BOB ISSIQLIK ENERGETIKA QURILMALARINI TA'MIRLASH


9.1. Ta'mirlash ishlarini tashkil qilish


Tayanch iboralar:joriy, capital ta’mirlash, tiklash, almashtirish, diafragma
Bug’ turbina blokini uzluksiz va samarali ishlatish, ishlatilayotgan jixozlarga yuqori darajada hizmat ko'rsatishga va ularni o'z vaqtida hamda sifatli ta'mirlashga bog’liq.Har qanday ta'mirning asosiy vazifasi shikastlangan detallarni tiklash va eskirganlarni almashtirish, jixozlar ishidagi normal bo'lmagan va ishdan chiqishga olib keluvchi sabablarni aniqlash va bartaraf etish, ishdan chiqqan detallarni almashtirishdan iborat. Bundan tashqari ta'mirlash vaqtida jihozlarni ishonchli va samaradar ishlashini amalga oshirish bo'yicha rejada ko'rilgan tadbirlar amalga oshiriladi.Joriy ta'mir agregatlarni qisman sochib tashlab, ularni ko'ridan o'tkazish va tozalash, ayrim shikastlangan va ishdan chiqqan detallarni almashtirish va ta'mirlashni, agregatni yig’ish va sozlashni ko'zda tutadi.Kapital ta'mirlash esa yirik ta'mirlash bo'lib, o'z oldiga turbina qurilmasining asosiy elementlarini tiklashni, almashtirishni, masalan diafragmalarni, ko'rikmalarni, kurakcha apparatlarini, podshipniklarning ichquymalarini kondensatorlar va regenerativ qizdirgichlarning quvurchalarini almashtirishni maqsad qilib qo'yadi.Elektr stansiyani jihozlarini reveziya qilish va ta'mirlash stansiyasi bosh muxandisi tasdiqlagan reja asosida amalga oshiriladi.

9.2. Qozonlarni ta'mirlash


Qozonni kapital ta'mirlash isitish yuzasi quvurlarining qismi, detallarni ta'mirlash yoki almashtirish bo'yicha ishlar bajariladi.Qozonni istish yuzasida quyidagi ishlar bajariladi:

  • isitish yuzasi quvurlarini to'g’rilash (umumiy sonidan 25 % gacha), distansion mahkamlash detallari va defekt uchastkalarni almashtirish; qozonlarda o'txona kameralarining quvurlarini defekt uchastkalarini almashtirish, bosim 10,0 dan 20,0 Mpa gacha bo'lganda quvurlarning umumiy sonidan 5% gacha, bosim 2,5 % gacha,

  • to'g’ri oqimli qozonlarda o'tish zonasi quvurlarining defekt uchastkalarini almashtirish (quvurlarining umumiy sonidan 2,5 %gacha);

  • quvurlarni mahkamlashni tiklash (umumiy sonidan 5% gacha);

  • quvurlarni chang va kuldan ishdash chiqishini himoyalovchi qurilmalarni almashtirish va ta'mirlash;

  • qozon, baraban, kollektorlar va quvur o'tkazgichlarning quvur tizimining ulanishi va metall holatini yo'riqnomaga muvofiq, raxbariy va avariyaga qarshi ko'rsatnomaga binoan nazorat qilish;

  • kollektorlarning deformasiyasi va qizitilmaydigan quvurlarning holatini nazorat

  • qilish.

  • Bug’ qizdirgichlarda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • ilonsimon quvurlarni to'g’rilash, ulangan joylarni ko'zdan kechirish, defekti bo'lgan quvurlarni aliashtirish (umumiy sonidan 2,5 %gacha);

  • tiqilib qolgan ilonsimon quvurlarni tiklash.

  • quvurlarni drob va kul ta'sirida emirishdan saqlaydigan jihozlarni almashtirish va ta'mirlash;

  • -bug’ qizdirgichlarning ilonsimon begona predmetlar tekshirish (puflash, sharlarni yumalatib o'tkazish);

  • kollektorlar va chiqarib yuborish quvurlarining svarka qilingan choklarini nazorat qilish;

  • tayanch tizimini ta'mirlash va ko'zdan kechirish;

  • issiqlik izolyasiyasini ta'mirlash;

  • bug’ o'tkazgichlarni texnik holatini qozon chegarasida tekshirish;

  • 4750S va undan ortiq haroratda ishlaydigan quvurlarni nazorat uchastkalarini kesib olish va tirkamalarini o'rnatish;

  • detallarni mahkamlashini va flanesli ulanishlarni texnik holatini tekshirish hizmatini o'tagan shpilkalarni amaltirish;

  • prujinalarning osilmalar, uskunalarnita'mirlash va ko'zda kechirish.

  • Qozon garniturasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • portlash klapanlari, shiberlar, kirib – chiqishlarni, qaraydigan teshiklarni, kul va shlaklar surma qopqoqlarini ta'mirlash va tekshirish;

  • qizitishning konvetiv yuzasi tayanch konstruksiyasini sovutish detallarini ta'mirlash va tekshirish;

  • puflaydigan, titratib va maydalab tozalaydigan qurilmalarni ta'mirlash va tekshirish;

  • qozon qoplamasining zichligini tekshirish, ish tutgagandan keyin tiklash va ta'mirlash;

  • qoplamani ta'mirlash yoki mlmashtirish ( umumiy yuzasidan 20% gacha), so'rilgan joylarni bartaraf etish.

  • O'txona qurilmalarida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • asosiy va qo'shimcha yondirgichlarni tekshirish va ta'mirlash;

  • yondirgichlar zonasidagi havogaz quvurlarini va changni tekshirish va ta'mirlash;

  • uzatish quvurining 10% gacha zirhini almashtirish;

  • qozon chegarasidagi mazut forsunkalarni mazut quvurlarini va armaturalarini tekshirish va ta'mirlash, 20% gaa bug’ mazut quvurlarini almashtirish;

  • qozon qoplamasini ta'mirlash va almashtirish (umumiy yuzadan 10% gacha) qozon yo'llaridagi so'rishlarni yo'q qilish;

  • Issiqlik izolyasiyada va qoplamalarda quyidagi ishlar olib boriladi:

  • umumiy hajmdan 15% gacha ishlatiladigan qoplamalar echiladi va yanada

  • o'rnatiladi;

  • qoplama va isitish yuzalarining elementlari orasida hosil bo'lgan oraliqlarini yo'q qilish;

  • harorat choklarini tekshirish.

  • Regenrativ havoqizdirgichlarda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • zichlagich elnmntlarini (50% gacha) ta'mirlash va almashtirish;

  • havoqizdirgichlarning gazhavo qutilarini va kompensatorlarining zichligini tekshirish va tiklash;

  • aylantirish qismining yuritmasini tekshirish va ta'mirlash;

  • rotor zichlama tiqinini almashtirish (30% gacha)

  • rotor zichlama tiqinini tozalash moslamalarini tekshirishi va ta'mirlash;

  • issiqlik izolchsiyasini ta'mirlash;

  • Yakunlovchi ishlar o'ziga quyidagilarni oladi:

  • kislota bilan yuvish (davomiligi 2 sutkadan oshmaslik kerak);

  • qozonni gidrovlik tekshirish;

  • o'thonani va kul tutgichlarni zichligini tekshirish;

  • saqlagich klapanlarini to'g’rilash;

  • ish o'rinlarini va ta'mirlash joylarini ifloslik va chiqindilardan tozalash.

  • Yüklə 16 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə