362
O‘lmoqdaman kishanda,
Tongda meni it kabi qiladilar sazoyi.
Horib terlagan otning hidini unutgayman,
So‘g‘ishlar urhosini unutgayman zindonda.
Tongda jismim burdalab, alangaga tutgaylar,
Shon-shuhratin yo‘qotgay boshim bunday vidoda.
Unutgayman xotinlarning titrab-qaqshab turganin,
Yalang‘och qilichdaydim,
Zang bosadi tig‘imni.
Chalajon bir ilonday tomog‘imda yuragim.
E yo‘q,
Mening yuragim — pati yulingan shunqor.
Unutgayman,
Yagona najotkorim — xudoni,
Unutgayman yong‘inlar, qirg‘inlar ham duoni“.
Hayhot, dashtda oy suzar
Barxanlarni qiyalab,
Moyalarga iliqib yuradir nortuyalar.
Qozoqning qozonida vishillab sut toshadi,
Itlar zerikkanidan bir-birin qonga bo‘yar,
Mambet botir zindonda ko‘kka
qarab yotadi,
To‘lin oy-chi botirning qo‘liga nonday qo‘nar.
Dostları ilə paylaş: