Qumli joylarda yo'llarni loyihalash tayyorladi: Sayimov Komiljon tekshirdi



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix17.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#149667
1   2   3   4   5   6
Komiljon 10

TOG'LI JOYLARDA 
YO'LLARNI 
LOYIHALASH.


Tog‘ yonbag‘rida yo‘l poyini qurishda ish olib borish
texnologiyasini uning konstruktiv xususiyatlari va joyning
grunt-gidrologik sharoiti belgilaydi. Qurilish uchun o‘yma yoki
yarim o‘ymalar eng yaroqliysi hisoblanadi. Tikka va baland
qiyaliklarda qiyalikdan va tog‘ yonbag‘ri yuzasidan tushayotgan
gruntni ushlash uchun yuqori berma yoki tayanch devorli berma
quriladi. Qiyalikning yuqori qismi yoki yonbag‘ri kerakli
darajada turg‘un bo‘lmasa, yuqorigi tirgak yoki qoplovchi devor
qurish kerak. Yuqori, shuningdek, pastki tirgak devorlar ayrim
seksiya holida yilning eng quruq davrida, ya'ni gruntlar
turg‘unligi buzilishining oldini oluvchi tadbirlar qo‘llab quriladi


Konstruktiv yechimlarning tez-tez o‘zgarishi, shuningdek, to‘xtovsiz grunt-geologiya sharoitining
o‘zgarishi, gruntlarni zichlash qiyinli qurilish texnologiyasini qiyinlashtiradi, yuqori kvalifikatsiyali ishchi, 
eng zamonaviy texnika va bajariladigan ishlarning eng sifatli nazoratini talab qiladi. 
Tog‘ yonbag‘rida yo‘l poyini qurish. Yo‘l poyini qurish o‘z ichiga trassani tiklash, yo‘lovchilar
yo‘lakchasini qurish, ishchi proezdni ta'minlash va yo‘l poyining to‘liq ko‘ndalang kesimini qurish
kabilarni oladi. Yo‘lovchilar yo‘lakchasini qurish qurilayotgan yo‘l poyining yuqori balandlik sathi, yuqori
qismi va loyihaviy kesim atrofida amalga oshiriladi. Ayrim hollarda qoyatog‘ jinsari, jarliklar va boshqa
o‘tish qiyin bo‘lgan joylar bo‘lgani uchun yo‘lovchilar yo‘lakchasini loyihaviy kesimdan, ko‘pincha, tog‘ 
yonbag‘ri yuqorisidan tashqariga chiqariladi. 


Ishchi proezdni, ko‘pincha, yo‘lovchilar yo‘lakchasini buldozer yordamida
3,5 - 4,0 mga kengaytirib amalga oshiriladi, bu o‘tuvchi transportlar va yo‘l
mashinalarining ishi bir yerga to’plangan joyga borishni ta'minlaydi. Buldozerning
ish unumdorligini oshirish, ishlatiladigan pichoqning vertikal qirquvchi cheti bir
tomonlama yemirilib ketmasligi uchun tishlar bilan kuchaytiriladi. Agar
kavlanayotgan gruntda toshli qo‘shimchalar bo‘lsa, buldozer pichog‘ining
gorizontal qirquvchi cheti ham tish bilan himoyalanadi. Bunday qo‘shimchalar
ko‘p bo‘lsa, gruntni bo‘shatish (bo‘shatgich yoki portlatuvchi modda yordamida) 
bilan buldozerning ish unumdorligi sezilarli oshiriladi. Ishchi o‘tuvchi tokcha suvni
vaqtinchalik o‘tkazgichlar bilan jihozlanadi; agar imkoni bo‘lsa, loyiha
kengligining yarmiga bo‘lsa ham, doimiy suv o‘tkazuvchi inshootlar qilinadi. 
Ishchi proezd ta'minlagandan so‘ng, ko‘prik, quvur, tirgovich devorlar qurish va
talab qilingan sutkali hajmdagi yer ishlarini bajarishga kirishiladi, ya'ni ishlab
chiqarish loyihasiga mos ravishda kuchlarni eng maqsadli joylashtirish uchun
sharoit yaratiladi.


Hamma narsani joyida ushlab turish uchun bosim ostida ishlov
beriladigan taxtalardan foydalanib shaklni o'rnatish yaxshi fikr bo'lishi
mumkin. Barcha chiqindilarni tozalang va joyni silliq siljiting. Siz peyzaj
mato qatlamini qo'llashingiz yoki shunchaki maydonni tark etishingiz
mumkin. Bu sizning tanlovingiz. Chuqurlikka qarab, qazilgan maydonni
yarim shag'al, yarim qum bilan to'ldiring, tekislang va tamping qiling. 
Rasmiy dizayn yaratish yoki tabiiy va norasmiy ko'rinish uchun ularni
tartibsiz joylashtirish uchun ½ dan 1 dyuymgacha (1,5 dan 2,5 sm
gacha) qoldirib, bayroq toshlarini qumga yaxshilab joylashtiring. 
Yurishning har bir uchida eng katta toshlarni joylashtiring, alohida
qismlarni bir-biriga joylashtirib, tor, notekis bo'g'inlarni yarating. 
Toshlar orasidagi masofani tirbandlik eng kichik bo'lgan joy qilib oling
va ularni yo'lning chetlariga qarab kengaytiring.



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə