Qumli joylarda yo'llarni loyihalash tayyorladi: Sayimov Komiljon tekshirdi



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix17.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#149667
1   2   3   4   5   6
Komiljon 10

TOG' YONBAG'IRLARIDAGI 
YO'L POYINING 
USTVORLIGI


Tog’larga tushadigan yog’in-sochin miqdori dengiz sathidan ko’tarilgani
sari har 100 m balandlikka taxminan 40...60 mm ga ko’payadi, bulutlar jadal
hosil bo’ladigan zonada maksimumga yetadi. Yozda tog’larda jalalar jadal
yog’adi, bunda yillik yog’in-sochinning 15...20 % miqdori tushadi. Barcha
tog’ tizmalaridagi, ularning geologik tuzilishlari keltirib chiqaradigan
farqlarni, yo’llarni o’tkazish prinsiplari nuqtai nazaridan, tog’ relefining to’rt
turini ajratib ko’rsatish mumkin: tog’ oldi, to g’ vodiylari, tog’ yonbag’irlari, 
suv ayirgich tog’ beli yoki plato. Rejada vodiy bo’ylab yurishda yo’l
o’qining yo’nalishi daryo vodiysi qiyaliklarining egri-bugriligi, unga kelib
quyiladigan suv oqimlari, yonbag’irlarning noturg’un joylari, aylanib
o’tishga to’g’ri keladigan qoyaning turtib chiqqan joyi borligi bilan
belgilanadi, bularni aylanib o’tishga, chuqur o’ymalar qilib, qisqa tunnellar
qurib kesib o’tishga yoki yo’lni daryoning boshqa qir g’og’iga ko’chirishga
to’g’ri keladi. 


Ishlarning texnologiyasi va tashkillashtirilishining o’zaro bog’liqligi
noan’anaviy, ijodiy yondoshuvni talab etadi: turli ishlar bo’yicha keyingi yilga
bitkaziladiganlarini aniqlash; ishlar texnologiyasini tanlashda mavjud texnika,
mexanizatorlar va butun quruvchilar jamoasining tajribasini hisobga olish;
ishlarni tashkillashtirish usullarini ratsionalizatorlashtirish ehtimoli, mahalliy
materiallardan foydalanish va hokazolarni nazarda tutgan holda ko’p sonli
texnologiya variantlarini ko’rib chiqish.
Yo’l qurilishining o’ziga xos murakkabligi shundan iboratki, oddiy
atmosfera sharoitida vaqti-vaqti bilan o’zgaradigan harorat hamda namlikda
yo’l inshootlarining talab qilinadigan xossalari, birinchi navbatda,
mustahkamligi ta’minlanishi shart.
Ma’lum qurilish sharoitida ish texnologiyasining eng maqbul varianti
to’g’risida qaror qabul qilish kerak.
Inshootning sifati va qiymati bunday variantni tanlash mezoni
hisoblanadi.



Avtomobil
yo’lining sifati transport-foydalanish, texnologik,
ergonomik, estetik, ekologik va boshqa xususiyatlarni, shuningdek xizmat
muddati va boshqa asosiy parametrlarni o’z ichiga oladi. Avtomobil
yo’lining samaradorligi, ya’ni foydalanishdan olinadigan foydali samaraning
yo’l qurilishi va foydalanishiga ketgan umumiy xarajatlarga nisbati uning
sifat darajasi mezoni hisoblanadi.
Yo’lning uzunligi bo’yicha va vaqt mobaynida o’zgarib turadigan
tuproqlar, materiallarning xususiyatlari va holatlari, ayrim konstruktiv
qatlamlarning parametrlari, harorati hamda namligi bilan ifodalanadigan
yo’llarni qurish va foydalanish sharoitida ishlarni amalga oshirishning eng
maqbul usuli doimo bo’ladi, bu usul yo’lning talab qilinadigan foydalanish
xossalarini ta’minlab, uni qurish va foydalanishda keltirilgan eng kam
xarajatlarga mos keladi.


Tog‘ yonbag‘rida yo‘l poyini qurishda ish olib borish texnologiyasini
uning konstruktiv xususiyatlari va joyning gruntidrologik sharoiti belgilaydi
. Qurilish uchun o‘yma yoki yarim o‘ymalar eng yaroqliysi hisoblanadi. Tikk
a va baland qiyaliklarda qiyalikdan va tog‘ yonbag‘ri yuzasidan tushayotg
an gruntni ushlash uchun yuqori berma yoki tayanch devorli berma quriladi
. Qiyalikning yuqori qismi yoki yonbag‘ri kerakli darajada turg‘un bo‘lmasa,
yuqorigi tirgak yoki qoplovchi devor qurish kerak. Yuqori shuningdek, pa
stki tirgak devorlar ayrim seksiya holida yilning eng quruq davrida, ya'ni
gruntlar turg‘unligi buzilishining oldini oluvchi tadbirlar qo‘llab quriladi.
Konstruktiv yechimlarning teztez o‘zgarishi, shuningdek, to‘xtovsiz gruntg
eologiya sharoitining o‘zgarishi, gruntlarni zichlash qiyinli qurilish texnolo
giyasini qiyinlashtiradi, yuqori kvalifikatsiyali ishchi, eng zamonaviy texni
ka va bajariladigan ishlarning eng sifatli nazoratini talab qiladi.



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə