Reja: I. Jismoniy tarbiya tizimida tamoyillar ierarxiyasi


Jismoniy tarbiyaning maxsus tamoyillari



Yüklə 255,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix31.12.2021
ölçüsü255,19 Kb.
#82033
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
4-ma'ruza(1)

Jismoniy tarbiyaning maxsus tamoyillari. 

Jismoniy tarbiya jarayonining uzluksizligi tamoyili 

Jismoniy  tarbiya  inson  hayotining  barcha  davrlarida  uzluksiz  davom 

etadigan jarayondir. 

Organizmni  rivojlantirishning  ajralmas  omili  bo„lgan  faoliyatning  umumiy 

ahamiyatini  J.Lamark  ham  ko„rsatib  o„tgan  edi.  “Biror-bir  organni  tez-tez  va 

uzluksiz harakat qildirish o„sha organni oz-ozdan mustahkamlaydi, uni o„stiradi va 

harakatning  qanchalik  uzoq  bo„lganiga  qarab  unga  kuch-quvvat  baxsh  etadi, 

doimiy  harakatda  bo„lmagan  organ  esa  asta-sekin  bo„shashib,  salohiyati  so„nib 

boradi”- deb yozgan edi u. 

Jismoniy  tarbiyada  uzluksizlik  tamoyilining  mohiyati  quyidagi  asosiy 

qoidalarda ochib beriladi: 

Uzluksizlik  tamoyilining  birinchi  qoidasi  shuni  nazarda  tutadiki,  jismoniy 

tarbiya  jarayoni  yaxlit  tizim  bo„lib,  unda  jismoniy  mashqlar  bilan 

shug„ullanishdagi ketma-ketlik ko„zda tutiladi. Ketma-ketlik harakatlarga o„rgatish 

va jismoniy sifatlarni tarbiyalash jarayonining eng muhim sharti hisoblanadi. 

Jismoniy  tarbiya  jarayonida  bu  qoidaning  amalga  oshirilishi  didaktik 




qoidalar  bilan  aniqlanadi,  ya‟ni  “engildan  -  qiyinga”,  “oddiydan  -murakkabga”, 

“o„zlashtirilgandan - o„zlashtirilmaganga”, “bilimlardan -ko„nikmalarga”. Ularning 

to„g„ri  bajarilishi  jismoniy  tarbiyaning  ta‟lim  vazifalarini  hal  etishdagi 

muvaffaqiyatini ta‟minlaydi. 

Kuch,  tezkorlik,  chidamlilik  va  boshqa  jismoniy  sifatlarni  tarbiyalash 

qonuniyatlari  jismoniy  mashqlar  yordamida  ta‟sir  qilishda  qat‟iy  ketma-ketlikni 

taqozo  etadi. Har bir  jismoniy  sifatning  rivojlanishi organizmdagi  moslashuvchan 

funktsional  va  morfologik  o„zgarishlar  natijasida  sodir  bo„ladi.  Bu  uning 

vazifalariga yuqori talablar qo„yishda qat‟iy ketma-ketlikni nazarda tutadi. Buning 

uchun  organizmga  o„rganib  bo„lingan  jismoniy  yuklamalardan  ham  yuqoriroq 

yuklamalar qo„llaniladi. 

O„quv  jarayonini  tuzishda  harakatlarga  o„rgatish  hamda  jismoniy  sifatlarni 

tarbiyalash  ketma-ketligini  aniqlash  malakalar  hamda  jismoniy  sifatlarning  ijobiy 

va salbiy “ko„chishini” bilishga hamda e‟tiborga olishga asoslanishi kerak.  

Yoshga  xoslik  va  ko„p  yillilik  nuqtai  nazaridan  jismoniy  tarbiya  jarayonini 

tuzishdagi  ketma-ketlik:  jismoniy  tayyorgarlikning  umumiy  poydevoridan  ancha 

chuqur va tor (maxsuslashgan) tayyorgarlik tendentsiyasidan iborat. Mashg„ulotlar 

(dars)  miqyosida  jismoniy  tarbiya  vazifalarining  ketma-ket  hal  etilishi  jismoniy 

mashq turlari bajarilganidan so„ng qoladigan “iz” bilan aniqlanadi (masalan, tezlik 

mashqlarini  mashg„ulotning  boshiga,  chidamlilikka  qaratilgan  mashqlarni  uning 

oxiriga kiritish maqsadga muvofiq). 

Uzluksizlik  tamoyilining  ikkinchi  qoidasi  shuki,  jismoniy  tarbiya  va  sport 

mutaxassislari  mashg„ulotlar  tizimini  tashkil  etishda  mashg„ulotlar  samarasining 

muntazam  izchilligini  ta‟minlashlari,  jismoniy  mashqlar  bilan  shug„ullanish 

jarayonida  avval  egallangan  ko„nikma  va  malakalar  yo„qotilishining  oldini  olish 

maqsadida mashg„ulotlar orasida katta tanaffuslar yo„q qilinishi lozim. 

Harakatlarga  o„rgatishda  va  jismoniy  sifatlarni  tarbiyalashda  o„tkazilgan 

mashg„ulot samarasi avvalgi mashg„ulotlar samarasi ustiga tushishi kerak, bu oxir-

oqibat samaralarning kumulyatsiyasiga, ya‟ni to„planishiga olib keladi (kumulyativ 

samara).  Samaraning  kumulyatsiya  darajasi  har  bir  alohida  mashg„ulotni  ajratib 

turuvchi  vaqt  oralig„i  davomiyligiga  bog„liq  bo„ladi.  Demak,  mashg„ulotlar 

orasidagi  tanaffuslar  optimal  bo„lishi  kerak.  Amaliyotda  mashg„ulotlar  orasidagi 

tanaffuslar uzoq bo„lganda harakatlarga o„rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash 

samaradorligi  kam  bo„ladi.  Chaqqonlik  bog„liqliklar  barqaror  bo„lmasa  va  ular 

mustahkamlanmasa, shakllangan harakat tez so„nadi. 


Yüklə 255,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə