Reja: I. Jismoniy tarbiya tizimida tamoyillar ierarxiyasi


Yuklamalar va dam olishni tizimli uyg‘unlashtirish tamoyili



Yüklə 255,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix31.12.2021
ölçüsü255,19 Kb.
#82033
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
4-ma'ruza(1)

Yuklamalar va dam olishni tizimli uyg‘unlashtirish tamoyili 

Jismoniy  tarbiya  jarayonida  yuklamalar  va  dam  olishni  tizimli 

uyg„unlashtirish  juda  muhim  qoida  bo„lib,  mashg„ulotlarning  umumiy  samarasi 

oxir-oqibat  unga  bog„liq  bo„ladi.  Mashg„ulotlar  orasida  turli  xil  dam  olish 

variantlarini  (to„liq,  qattiq  va  supertiklanish),  shuningdek,  yuklamalarning 

kattaliklari hamda yo„nalishlarini boshqara turib, mashg„ulotlarni еtarlicha tez-tez, 

nisbatan katta shiddat bilan o„tkazgan holda maksimal samaraga erishish mumkin. 

Buning  ustiga,  tezkor  ish  qobiliyati  har  xil  tomonlarining  tiklanishi  geteroxron 

tarzda (har xil vaqtda) sodir bo„lishini e‟tiborga olib, haftalik tsikl yoki bir kunlik 

mashg„ulotlar tizimini shunday tuzish kerakki, unda hech qanday salbiy oqibatlar 




bo„lmasligi hamda ijobiy samaraga erishilishi zarur. 

Organizm  har  xil  tizimlarining  yuqori  darajada  ishlashini  saqlab  turishi 

uchun  qat‟iy  belgilangan  muddatli  dam  olish  tanaffuslaridan  so„ng  yuklamalarni 

takroran bajarish kerak. 

Yuklamalar  orasida  dam  olish  oralig„i  uzoq  vaqtni  tashkil  qilganda,  qayta 

moslashish  sodir  bo„ladi  –  organizm  avvalgi  darajasiga  qaytishi  mumkin.  Dam 

olish oraliqlari qisqa bo„lganda, organizmning ish qobiliyati tiklanib ulgurmaydi. 

To„liq  tiklanmaslik  sharoitida  yuklamalarni  muntazam  takrorlab  borish 

zahiraning kamayib ketishi natijasida organizm ish qobiliyatining pasayishiga olib 

keladi.  Avval  bu  fiziologik  doirada  sodir  bo„ladi  va  o„ta  mashqlanganlikka  va 

chuqur  patologik  holatlarga  olib  kelishi  mumkin.  Supertiklanish  (superqoplanish) 

fazasi  paydo  bo„lishi  uchun  talab  qilinadigan  vaqt  oralig„i  optimal  hisoblanadi. 

Jismoniy  sifatlarni  tarbiyalashda  hamma  hollarda  faqat  optimal  dam  olish 

tanaffuslaridan foydalanish maqsadga muvofiq. 

Qator  vaziyatlarga  qarab,  ma‟lum  bir  paytlarda  ham  to„liq,  ham 

qisqartirilgan “qattiq” tanaffuslar foydali bo„lishi mumkin. 

Shunday  qilib,  jismoniy  tarbiyada  aniq  tizimni  va  “iz  qoldirish”  qoidasini 

e‟tiborga  olgan  holda  ta‟sirlar  ketma-ketligini  tuzish  yuklama  va  dam  olishni 

tizimli  uyg„unlashtirish  tamoyilini  amalga  oshirish  uchun  xosdir.  Tamoyilni 

amalga oshirishning quyidagi metodik yo„llari shu bilan tushuntiriladi: 

- topshiriqlarning oqilona takrorlanishi; 

- yuklamalar va dam olishning oqilona uyg„unlashuvi; 

- topshiriqlar va yuklamalarning takrorlanishi hamda variantliligi. 


Yüklə 255,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə