Reja: Kirish Asosiy qism


Marketing tadqiqotlari muammosini aniqlashning ahamiyati



Yüklə 209,83 Kb.
səhifə2/9
tarix25.05.2022
ölçüsü209,83 Kb.
#87918
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ismoilova nazokat kurs ishi 3

Marketing tadqiqotlari muammosini aniqlashning ahamiyati
Marketing tadqiqotlarini samarali o‘tkazish uchun muammoni aniq va to‘g‘ri belgilanishi lozim. Marketing tadqiqotlarining muammosini aniqlanishi barcha faoliyatni to‘g‘ri yuritilishiga, loyihani amalga oshirilishiga asos bo‘lib hisoblanadi.
Tibbiyot sohasida kasalni oldini olish yoki uni davolashda tashxis qo‘yish qanchalik muhim o‘rin tutsa, marketing tadqiqotlarida uning muammosini aniqlanishi shunday rol o‘ynaydi. Agar muammo noto‘g‘ri tushunilsa yoki aniqlansa unda vaqt va mablag‘ samarasiz foydalanishga olib kelishi mumkin. Muammoni aniqlash tadqiqotlari va muammoni xal etish tadqiqotlari mazmunan va metodologik nuqtai nazardan har xil vazifalarni qaratilgan bo‘lsada, ikkalasini jamlasa bo‘ladi. Masalan, xorijiy kompaniyalar tajribasida (“Scott Paper” kompaniyasi) bozordagi ulushini kamayishini tadqiqot qilinganda, uning asosida raqobat kuchayotganligi (muammoni
aniqlanishi) aniqlandi va raqobatchilar bilan kurashish uchun bozorga yangi tovarlar chiqarish zarurligi haqida qaror qabul qilishgan (muammo yechimi).
Muammoni aniqlash uchun MT (problem identification research) – hozirgi yoki kelajakda mavjud bo‘lishi mumkin aniq bo‘lmagan muammoni muvofiqlashtirishga yordam berishda foydalaniladi.
Bozor munosabatlari sharoitida kutilmagan vaziyatlardan kam sarf bilan chiqib ketish tadbirkorlik faoliyatida muhim muammolardan biri hisoblanadi. Albatta, samarali faoliyat yuritishda ichki va tashqi omillarning ta’sirini oldindan bila olish, ularning zarariy ta’sirini kamaytirish hammani qo‘lidan kelavermaydi. Shu sababdan marketing tadqiqotlarini o‘tkazishni asosiy vazifalaridan bo‘lmish, yuzaga kelgan va kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan
bashoratlash vazifasi muhim o‘rin egallaydi. Bekorga
biznesda “kim birinchi ma’lumotga ega bo‘lsa, o‘sha bozorni egallaydi”, degan ibora o‘zining dolzarbligini ko‘rsatib kelmoqda.
Muammoni yechimi uchun marketing tadqiqotlari
Muammoni yechimi uchun marketing tadqiqotlari (problem salving research)
– aniq marketing muammosini yechimini topish uchun foydalaniladigan tadqiqot hisoblanadi.
Albatta, marketing tadqiqotlarining bu turi oldingiga nisbatan osonroq yechimga egaligi bilan ajralib turadi. Sababi, aniq marketing muammosini, masalan narx oshishi munosabati bilan oilaviy budjetni boshqatdan ko‘rib chiqish, yoki iste’mol madaniyati oshgan sari tovar yoki xizmatlarga talab o‘rnatish va hokazo.
Har bir muammo o‘zining sharoiti, mablag‘i, vaqti, hamda kim xal qilishi bilan ajralib turadi. Konkret muammoni hal etishni rejalashtirish va oldindan sarf-harajatini hisoblab chiqish mumkin. Shu bilan ta’kidlab o‘tish kerakki, marketing tadqiqotlarini qaysi bir turini o‘tkazishdan qat’iy nazar, ularni o‘tkazishning asosan ikkita sababi mavjud.
Hozirgi kunda marketing tadqiqotlarida juda katta muammolar mavjud.
Ularning soni va sanog‘iga yetish qiyin. Chunki tovar (xizmat)ning kimga, qachon va qayerda sotilishi hamisha ham silliq ko‘chavermaydi. Bozor ham, xaridorlar talabi va didi ham tez o‘zgaruvchan tusga kirgan bugungi holatda mo‘ljalni olish bir muncha murakkab. Shu tufayli marketing tadqiqotlaridagi mumamolarni o‘rganish ob’ektiv zaruratga aylandi.
Hozirgi muammolar juda ko‘pligidan to‘g‘ri xulosa qilish uchun ularni tasniflash maqsadga muvofiq. Bizning fikrimizcha ularni quyidagicha tasnifiy belgilaridan foydalanish maqsadga muvofiq:
- tovar ( xizmat)larni ishlab chiqarish joyi bo‘yicha muammolar;
- tovar ( xizmat)larni sotish bozori bo‘yicha muammolar;
- tovar ( xizmat)larni sotish vaqti bo‘yicha muammolar;
- tovar ( xizmat)larni iste’molchilari bo‘yicha muammolar;

Tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish joyi bòyicha
Ushbu muammolarning bog‘liqligini quyidagicha ifodalash mumkin.

Tovar (xizmat)larni sotish vaqti bòyicha



Marketing muammolarini tasniflash bòyicha






Tovar (xizmat)larning sotish bozori bòyicha

Tovar(xizmat)larning iste’molchilari bòyicha



Yüklə 209,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə