Reja: Kirish Asosiy qism


Asosiy qism 1.O'zbekiston Respublikasida sud tizimi



Yüklə 61,63 Kb.
səhifə2/8
tarix04.05.2023
ölçüsü61,63 Kb.
#108400
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi Numonov M

Asosiy qism
1.O'zbekiston Respublikasida sud tizimi
O’zbekiston Respubliksi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini tartibga solishga qaratilgan qonunchilikning birinchi akti bo’lib 1993 yili 6 mayda qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida"gi qonun hisoblanadi. Umumiy yurisdiksiya sudlari shuningdek, xo’jalik sudlarining faoliyati Oliy Majlis tomonidan 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan "Sudlar to’g’risida"gi qonun orqali tartibga solingan. Mazkur huquqiy hujjatda sud tizimining tashkiliy asoslaridan tashqari, huquqiy davlatning amalda bo’lishi uchun zarur bo’lgan belgilar sifatida, sudyalarning mustaqilligi va hech kimga bo’ysunmasligi kafolatlari mustahkamlangan edi.
Inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan sud hokimiyatini shakllantirish, davlatda ijtimoiy barqarorlik va qonuniylikni ta’minlash, "O’zR Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida", "Sudlar to’g’risida"gi qonunlarning qabul qilinishi O’zbekiston Respubliasi sud islohoti birinchi bosqichining asosiy mazmunini tashkil etadi.
Ma’lumki, sudlarning tuzilishini isloh qilishning o’zi totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik hukm surgan, mafkura qonundan ustun bo’lgan tuzumdan inson huquq va erkinliklari ustunligini ta’minlovchi, asl demokratik huquqiy davlatga o’tish uchun kifoya qilmaydi. Buning uchun huquqiy sohada qator o’zgartirishlarni amalga oshirish shuningdek, bir qancha yangi qonunlar qabul qilish kerak. Sudning demokratikligi, obyektivligi va barcha uchun xizmat qilishligini ta’minlash, sud himoyasi sohasini kengaytirish vazifa qilib belgilandi. Sud-huquq islohotlari oldida turgan vazifalarni hal etish maqsadida 1995 yili 30 avgustda "O’zbekiston Respublikas Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi.
Sud-huquq islohotlarining keyingi bosqichidagi vazifalar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan Oliy Majlisning 2-chaqiriq 6-sessiyasida aniq qilib belgilab berildi: "Huquqiy davlatni mustahkamlashning asosiy yo’nalishi bo’lib, sud islohotlarining chuqurlashtirilishi, butun odil sudlov tizimining hokimiyatning mustaqil uchinchi tarmog’i sifatida demokratlashuvi bo’lishi kerak. Ijtimoiy hayotimizda sudning demokratik institut sifatidagi roli yanada o’sishi kerak. Sudlov va huquqni muhofaza etuvchi organlari faoliyatining asosiy mazmunini fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish tashkil etishi kerak. Sud jazolovchi organ bo’lib qolmasdan, oddiy odamlarning huquq va manfaatlarini muhofaza qiluvchi, haqiqatdan ham mustaqil organ bo’lishi kerak". Mamlakatda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolar tomonidan sudga nisbatan ularning huquq va erkinliklarini himoyachisi sifatidagi munosabatni shakllantirish, sud yurisdiksiyasi sohasini kengaytirish hamda ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashda sudning rolini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O’zbekiston Respublikasida sud islohotlarining rivoj-lanishi to’g’risidagi Dasturni tasdiqladi.
Bozor iqtisodiyoti va erkin raqobat sharoitlarida xo’jalik munosabatlarida qonuniylikni ta’minlashni boshlagan xo’jalik sudlari tizimining tashkil etilishi ham o’zini oqladi, shubhasiz.
Sud tizimini isloh qilishda muhim qadamlardan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashuvi, ya’ni fuqarolik va jinoiy ishlarni ko’rib chiquvchi sudlarga bo’linishi bo’ldi. SHunday tarzda quyidagilar tashkil bo’ldi: fuqarolik ishlari bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasining Oliy sudi, viloyat, Toshkent shahar, tumanlararo sudlar; jinoiy ishlar bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) sudlari. Mazkur farmon sudyalarning keyingi ixtisoslashuviga qaratilgan bo’lib, uning qabul qilinishidan maqsad sud ishlarini o’z vaqtida va adolatli hal etilishini ta’minlash, fuqarolarning siyosiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilish kafolatlarini ko’chaytirishdir. 2001 yili 1 yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida jinoiy ishlar va fuqarolik ishlari bo’yicha sudlar alohida-alohida faoliyat yurita boshladilar. Respublikada o’tkazilgan sudlarning ixtisoslashuvi obyektiv sabablar tufayli vujudga keladigan ilgarigi sud xatolarini va fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilish hollarini bartaraf etishga imkon berdi. Hozirda sudyalar o’z ixtisosliklari bo’yicha qonunchilik va sud amaliyotini yanada chuqurroq o’rganib chiqish imkoniga ega. Prezidentning sudlar ixtisoslashuvi to’g’risidagi mazkur farmoni, shubhasiz, sud islohotlari davomida bosilgan mutlaqo to’g’ri va katta qadamlardan biri bo’ldi. Boisi, mazkur farmon odil sudlovning asosiy vazifasi — ishlarning qonunga to’liq asoslangan holda ko’rib chiqilishi, sud tomonidan adolatli qarorning chiqarilishiga ko’maklashadi.
Sudning hokimiyatning alohida tarmog’i sifatida mustaqilligini ta’minlash maqsadida sud tizimini isloh qilish, odil sudlovning sifatli va tezkor amalga oshirilishi, sud qarorlarining adolatli bo’lishini ta’minlash muammolari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis tomonidan 2-chaqiriq 4-sessiyada "Sudlar to’g’risida"gi yangi tahrirdagi qonunning qabul qilinishiga olib keldi. Mazkur qonunning asosiy yangiliklaridan biri bo’lib umumiy yurisdiksiya sudlari ixtisoslashuvining joriy etilishi, fuqarolik va jinoiy ishlar bo’yicha mustaqil sudlarning tashkil etilishi bo’ldi.
Ilk bor qonun bilan sudlarida protsessual qonunchilikning muhim institutlaridan bo’lmish ishlarni apellatsiya tartibida ko’rib chiqish nazarda tutildi. Bu institut xalqaro amaliyotda sinalgan bo’lib, respublikaning yuqori sudlari tizimida qo’llanadi.
Sud-huquq islohotidagi keyingi demokratik o’zgarish-larni chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari 2002 yili 29 avgustda bo’lib o’tgan 2-chaqiriq Oliy Majlisning 9-sessiyasida belgilab olindi. Asosiy vazifa sudlarning so’zda emas, balki amaldagi mustaqilligini ta’minlash bo’lib qolmoqda. Sessiyada ishtirok etgan, mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov: "SHuni yoddan chiqarmaslik kerakki, qayerdaki sudyalarning mustaqilligi ta’minlanmasa, u yerda, odatda, qonun buziladi, u yerda adolat bo’lishi mumkin ham emas" -deb ta’kidlagan.
Keyingi asosiy muammo bo’lib odil sudlovga yetishish muammosi hisoblanadi. Mazkur muammo aksariyat mamlakatlar uchun xosdir. Odil sudlovga erishishning ta’minlanishi dastlabki protseduralarning kamayishiga, shikoyat va arizalarni ko’rib chiqish tartibining soddalashtirilishiga olib keladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, ularning odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining samaradorligi va sifatini oshirish, nomzodlarni tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini yanada takomillashtirish sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim yo‘nalishlari sifatida belgilangan.5
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari asosida joriy yil 1 iyundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudlari birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi, joylarda ma’muriy sudlar faoliyat boshladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlariga muvofiq, 2017 yil 1 iyundan boshlab ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolar va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati yangi tashkil etilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) ma’muriy sudlariga o‘tkazildi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ma’muriy sudlar sudloviga taalluqli deb topildi , unga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan barcha ishlar, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolar toifasiga kiradigan ishlar kiritildi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlar va qarorlar ustidan berilgan shikoyatlar, saylov komissiyasining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlar, notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organlari harakatlarini bajarishni rad etgani yoxud ularni noto‘g‘ri bajargani ustidan berilgan shikoyatlar, prokurorning huquqiy xujjatni g‘ayriqonuniy deb topish to‘g‘risidagi arizasi, vakolatli organning jismoniy va yuridik shaxslar manfaatini ko‘zlab berilgan arizalari, davlat organining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish haqidagi arizalar ham ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rilishi belgilandi..
O‘zbekiston Prezidentining “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkaziladi.
Tuman (shahar) ma’muriy sudlari tugatilib, ularning negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma’muriy sudlar tashkil etiladi.199 ta tuman (shahar) ma’muriy sudlari maqbullashtirilib, viloyat markazlarida 14 ta tumanlararo ma’muriy sudlar tashkil etiladi.
Shuningdek, sudda ishlarni ko‘rishda inson huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va taraflarning tortishuvchanlik tamoyilini amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda dastlabki eshituv institutini joriy etish. 2019 yilda 469 ta ish sudda bir necha oy ko‘rilgandan keyin dastlabki tergovdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun prokurorga qaytarilgan. Tizimidagi rahbarlik lavozimlariga tayinlashda saylanish va hisobdorlik kabi demokratik tamoyillarni joriy etish, sud tizimini tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish ishlari olib borildi.

Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida berilgan rasmiy sharhda keltirilishicha nomzodlarni tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini tubdan takomillashtirish, sudyalarning mazkur jarayondagi ishtirokini kengaytirish, yuqori malakali sudyalar korpusini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan organning maqomi hamda vakolatlarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi.


Davlatimiz rahbarining 2017 yil 13 iyunda sudyalar bilan bo‘lib o‘tgan birinchi tarixiy uchrashuvda so‘zlagan nutqida sud tizimini fuqarolarimizning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qiladigan adolat qo‘rg‘oniga aylantirishdek ustuvor maqsad o‘z mujassamini topgan.6
Ushbu vazifalar hayotimizga tatbiq etilishi natijasida mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladigan “Yangi O‘zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat” g‘oyasi amalga oshadi hamda “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyil to‘laqonli ro‘yobga chiqariladi. Jumladan, bunda sud tizimining roli va mas’uliyati yanada kuchaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyev mamlakat sud tizimi vakillari, o‘zbek sudyalari oldiga ana shunday haqqoniy talabni qo‘ydi. “Sudyaning ongida – adolat, tilida – haqiqat, dilida – poklik bo‘lishi kerak”. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, «Sudlarning asosiy vazifasi adolatni qaror toptirishdan iborat. Buning uchun sud har bir ish yuzasidan qonuniy, asosli va adolatli qaror chiqarishi lozim».
Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyati organi sifatida sud hokimiyatining mustaqilligi haqidagi konstitutsiyaviy prinsipga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi. Sudyalar oliy kengashi uning tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasiga binoan Senat tomonidan tasdiqlanadigan Kengash raisi va ko‘pchilikni tashkil etuvchi sudyalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi malakali mutaxassislar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan 20 nafar a’zodan iborat bo‘ladi. Sudyalar oliy kengashining 13 nafar a’zosi doimiy, 8 nafar a’zosi esa jamoatchilik asosida o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Sudyalar oliy kengashiga sudyalik lavozimlariga malakali mutaxassislar orasidan ochiq va shaffof tanlov asosida sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalar daxlsizligi buzilishini va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish, nomzodlar va sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish, aholi bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish vazifalari yuklatilgan.
Sudyalar oliy kengashiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislaridan tashqari barcha sudyalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga tayinlash va lavozimlardan ozod etish bo‘yicha vakolatlar o‘tkazilmoqda. Sud amaliyotini tizimli tahlil qilib borish, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markaz,i Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot markazi sifatida o‘zgartirilmoqda.
Harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish uchun asos bo‘lib, Asosiy Qonunimizga muhim o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, 2017 yil 6 aprelda Konstitutsiyaning 7 ta moddasiga kiritilgan tuzatishlarda quyidagi 3 ta ustuvor vazifa:
birinchidan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish huquqiy kafolatlarini kengaytirish;
ikkinchidan, odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining sifatini oshirish;
uchinchidan, nomzodlarni tanlash va sudyalar lavozimlariga tayinlash tizimini yanada takomillashtirish – sud-huquq islohotlarining muhim yo‘nalishlari sifatida mustahkamlab qo‘yildi.
Yaqin vaqtlargacha investitsiyaviy nizolar fuqarolik va iqtisodiy sudlar tomonidan barcha sud bosqichlarida hal qilingan. 2021 yil 1 yanvarda Oliy sudda investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid maxsus sudlov tarkibi tashkil etildi. Ushbu sudlov tarkibi investorlar huquqlarini himoya qilish bilan bevosita shug‘ullanmoqda. Shunday qilib, quyidagi uchta muhim natijaga erishildi: investorlar yillab sarson bo‘lishining oldi olindi, nizolar bita sudda hal qilinishi ta’minlandi, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligi ortdi.
So‘nggi yillarda sudlarning shaffofligi va ochiqligini ta’minlash yo‘lida muhim qadamlar qo‘yildi. Jamoatchilik va matbuot uchun eshiklar keng ochildi.Ilgari ommaviy axborot vositalari, internet nashrlari va keng jamoatchilik vakillari sudga kiritilmagan. Endilikda ularning sudlarda emin-erkin ishtirok etishi ta’minlanmoqda.Bu borada Prezidentimizning 2020 yil 24 iyuldagi farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida:
sudlarning faoliyati yuzasidan turli brifing, matbuot anjumani va uchrashuvlar o‘tkazish;
jamoatchilik e’tiboriga tushgan ishlar sudlarda ko‘rilishida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokini ta’minlash;
sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud faoliyatiga daxldor axborotlar, voqeliklar, turli ma’lumotlarni onlayn rejimda joylashtirish;
telegram-bot kanallar ochib, unda aholiga sud faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish orqali aholining sudlarga murojaat qilish imkoniyatlari kengaytirildi.
Ayni yo‘nalishda Oliy sud Plenumining “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Shu asosda qabul qilingan sud hujjati o‘qib eshittirilganidan so‘ng uning mazmun-mohiyatini sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirilishi amaliyoti joriy etildi. Sudlar faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini xabardor qilish maqsadida har chorakda viloyat sudlari raislari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan brifinglar o‘tkazish, sud ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish amaliyoti obzorlarini e’lon qilish yo‘lga qo‘yildi.
2021 yilda Oliy sud tomonidan 15 ta matbuot anjumani tashkil etilgan bo‘lsa, viloyat sudlari tomonidan 51 ta brifing o‘tkazilgan. Ommaviy axborot vositalarida yil davomida 15 ming 128 ta huquqiy tushuntirish va sudlar faoliyatiga oid materiallar berib borilgan.Mamlakatimiz hayotining boshqa sohalari kabi sud tizimi faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va bu sohani izchil rivojlantirish juda zarur. Bu jumladan, fuqarolarning sudga murojaat qilish imkoniyatlari kengayishida juda qo‘l keladi.7
Davlatimiz rahbarining “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan fuqarolarning sudlarga murojaat qilish va sud majlisida ishtirok etish sohasida odil sudlovga erishish darajasi yanada qulaylashtirildi. Shu maqsadda:
birinchidan, fuqaro va tadbirkorlar masofadan turib sudlarga elektron shaklda murojaat qilish va sud hujjatlarini shu tartibda olish;
ikkinchidan, fuqaroni ovora qilmagan holda sudya tomonidan axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish orqali ish uchun zarur hujjatlarni onlayn tarzda olish;
uchinchidan, dunyoning istalgan nuqtasidan turib sud majlisida mobil videokonferensaloqa tizimi orqali ishtirok etish imkoniyatlari yaratildi.
Mamlakatimizda sudyalik lavozimiga nomzodlarni “30 foiz nazariya – 70 foiz amaliyot” tamoyili bo‘yicha tayorlash yo‘lga qo‘yilgan. Bu o‘quv dasturi 4 ta bosqichni o‘zida qamraydi:
Birinchisi – dastlabki nazariy tayyorlov bosqichi. Ikki oyga mo‘ljallangan ushbu bosqichda sudyalik lavozimiga nomzodlarning ixtisoslik bo‘yicha maxsus dastur asosida nazariy bilimlari boyitiladi. Ular sud psixologiyasi maxsus kursi, sud-huquq islohotlari, sudyaning ma’naviy qiyofasini shakllantirish kurslaridan saboq oladi. Amaliy tayyorlov va stajirovkaga yuboriladi.
Ikkinchisi – amaliy stajirovka bosqichi bo‘lib, 9 oy davom etadi. Bunda har qaysi ixtisoslikdagi sudlar bo‘yicha sudyalik lavozimiga nomzodlar uchun alohida stajirovka dasturlari ishlab chiqilgan.
Shuningdek, birinchi instansiya sudida amaliyot o‘tash uchun 140 kunlik muddat ajratilgan. Bunda sudyalik lavozimiga nomzodlar tuman sudlari faoliyati bilan tanishadi. Qolaversa, “E-XSUD” yagona markazlashtirilgan axborot tizimi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarida ishlash, sud majlislarida ishtirok etish, sud hujjatlari loyihalarini tayyorlash, ariza va shikoyatlarni rasmiylashtirish ishlarini o‘rganadi.
Bundan tashqari, sudyalik lavozimiga nomzodlar apellyatsiya instansiyasida amaliyot o‘tash uchun 40 kun muddatga viloyat sudiga yuboriladi. Bu yerda ular sud hujjatlari loyihalarini tayyorlash, sud majlislarini o‘tkazish, sayyor sudlarda ishtirok etish, shikoyatni o‘rganish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Uchinchisi – yakunlovchi nazariy o‘qitish bosqichi. Bu bosqich uchun bir oy ajratilgan bo‘lib, sudyalik lavozimiga nomzodlar o‘qish jarayonida har bir mavzuga individual yondashish, sud amaliyotida uchraydigan muammoli masalalarga yechim topish, Oliy sud Plenumi va Rayosati qarorlarini tahlil qilish, qonunchilikdagi yangiliklarning mohiyatini yetkazish hamda kasbiy ko‘nikma va qobiliyatlarini takomillashtirish bilan mashg‘ul bo‘ladi.
To‘rtinchisi – sudyalik lavozimiga tayinlangan kadrlarning professional ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichi. Ushbu bosqich uchun uch oy muddat belgilangan. Bu davrda sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ishlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, psixologiya, etika va nutq madaniyati, diplomatiya va ma’muriyatchilik sohalari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tiladi.Shuningdek, joylarda sudyalik lavozimiga nomzodlarning shaxsiy va kasbiy fazilatlarini o‘rganish uchun jamoatchilik komissiyalari tashkil etilgan.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi Harakatlar strategiyasining uzviy davomidir. Unda bugungi global o‘zgarishlar, aholi turmush tarzi, hayot talabi va qadriyatlarimizdan kelib chiqqan holda yettita ustuvor yo‘nalishdagi maqsad va vazifalar belgilangan.Taraqqiyot strategiyasi 100 ta ustuvor maqsadni o‘zida mujassam etgan bo‘lsa, shundan sud islohotlari bilan bog‘liq bandlar bevosita ikkinchi yo‘nalish doirasida belgilangan.Xususan, “Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish” nomli 15-maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda:
ma’muriy sudlarda mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish orqali sud nazoratini qo‘llash sohasini kengaytirish;
“Xabeas korpus” institutini yanada rivojlantirish orqali tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish;
sud protsessida tomonlarning haqiqiy tenglik va tortishuv tamoyillarini ro‘yobga chiqarish;
sudlar tizimida “yagona darcha” tamoyilini keng joriy etish maqsadida arizalarni sudga taalluqliligidan qat’iy nazar qabul qilish va vakolatli sudga yuborish hamda muayyan ish doirasida barcha huquqiy oqibatlarni hal qilishni ta’minlash tizimini joriy etish;
sud tizimini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, byurokratik g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etish orqali fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining odil sudlovga erishish darajasini tubdan oshirish;
nizolarni hal etishning muqobil usullaridan keng foydalanish uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, yarashuv institutini qo‘llash doirasini yanada kengaytirish;
sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashda sudyalar hamjamiyati organlarining rolini yanada oshirish, sudyalarning o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini keng joriy etish hamda sudyalarga g‘ayriqonuniy tarzda ta’sir o‘tkazishning oldini olish bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni yaratish;
sudyalar korpusini shakllantirishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, sud tizimidagi rahbarlik lavozimlariga tayinlashda saylanish va hisobdorlik kabi demokratik tamoyillarni joriy etish;
sud tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish ishlarini olib borish.8
Ushbu vazifalar hayotimizga tatbiq etilishi natijasida mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladigan “Yangi O‘zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat” g‘oyasi amalga oshadi hamda “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyil to‘laqonli ro‘yobga chiqariladi. Jumladan, bunda sud tizimining roli va mas’uliyati yanada kuchayadi.


Yüklə 61,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə