Reja Kirish



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə6/13
tarix28.11.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#138272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
25 Futbol sport turidan xakamlik qilish jarayonlar

Ikkinchi usul («qatorasiga»). O’yinlar taqvimini o’yinda ishtirok etuvchi hamma jamoalarni bir qatorga juft-juft qilib yozish usuli bilan tuzishda maydonlar almashishining avvalgidek shartlari, ya’ni uchrashuv «egasi» huquqi saqlanadi. Mazkur usulda jamoalarning juft soni olinadi (masalan, agar musobaqada 7 jamoa qatnashsa, o’yinlar taqvimi 8 jamoaga tuziladi; agar 9 ta jamoa bo’lsa, 10 jamoaga tuziladi va hokazo).
8 ta jamoa bo’lganda birinchi taqvim kuni quyidagi tartibda tuziladi: bir qatorda birinchi raqam oxirgi 8-raqam bilan, ikkinchi raqam oxirgi raqamdan oldingi 7- raqam bilan birlashtiriladi, ya’ni bir-biri bilan o’ynovchi jamoa aniqlanadi va hokazo. Shunda quyidagi jamoalar bellashadigan bo’lib chiqadi: 1-8, 2-7, 3-6, 4-5
4.3-jadval



Keyingi taqvim kunlaridagi o’yinlar jadvalini tuzish dastlabki juftlikdagi 1-raqamni avvalgi taqvim kunidagi o’ng tomondagi chekka raqam bilan birlashtirishdan boshlanadi. Bunda maydonlar almashinishi uchun 1- raqam navbatma-navbat juftlikning goh o’ng, goh chap tomoniga qo’yiladi. Qolgan juftliklar (bir-biri bilan o’ynaydigan jamoalar) qolgan raqamlarni juft-juft qilib bir qatorga yozish bilan tuziladi, bunda birlashtirish o’ng tomondan boshlanadi.
Shunday qilib, ikkinchi taqvim kuni quyidagi jamoalar bir-biri bilan bellashadi:
5-1, 6-4, 7-3, 8-2.
Ikkinchi va undan keyingi taqvim kunlarini tuzish uchun birinchi juftlikning 1-raqamdagi o’rin boshqa raqamdagi (mazkur holda 8-raqamni) qoldiriladi, keyingi juftliklarni birlashtirish prinsipi avvalgidek bo’ladi.
Nazorat qatorida hosil bo’ladigan juftliklarning (birinchidan tashqari) birinchi kalendar kunidagi juftliklar bilan to’g’ri kelishi barcha kunlar bo’yicha tuzilgan o’yinlar taqvimining to’g’riligini tasdiqlaydi. O’yinlar taqvimi ikki davrali bo’lganda, barcha juftliklardagi raqamlar almashtiriladi. O’yinlar taqvimini tuzish va uni nazorat qilishning oddiyligi – bu usulning afzalligidir.
Uchinchi usul. Bu usul avvalgi ikki usuldan ham oddiy: u musobaqa o’tkazish jarayonida maydonning almashinishi hech qanday ahamiyatga ega bo’lmagan taqdirda (musobaqalar bir joyda o’tkazilganda) qo’llaniladi. Uchinchi usulga binoan o’yinlar taqvimi bevosita turlar bo’yicha tuziladi. Musobaqada qatnashuvchi jamoalar soniga mos bo’lgan raqamlar (jamoalar soni juft bo’lganda) birinchi raqamdan boshlab ikki ustuncha qilib yoziladi (butunda 1- raqam chap ustunchaning tepasidan boshlanadi). Shundan keyin ikkinchi raqamdan boshlab (bu raqam, ya’ni 2-raqam ikkinchi ustunchaga, birinchi raqamning qarshisiga yoziladi), ketma-ket tartibda soat strelkasi bo’ylab qolgan raqamlar qo’yib chiqiladi Keyingi tur o’yinlarini tuzish uchun raqamlar soat strelkasiga qarshi yozib chiqiladi, birinchi raqam o’z o’rnida qoladi.


4.4-jadval

Agar musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni toq bo’lsa, keyingi juft son o’rniga «nol» raqami qo’yiladi, qolganlari esa o’zgarishsiz qoladi. Taqvim bo’yicha «nol» raqami bilan o’ynashi kerak bo’lganlar mazkur turda o’ynamaydi.
4.5-jadval



Davrali tizim bo’yicha bir davrali musobaqalar o’tkazishda kerak bo’lgan vaqtni aniqlash uchun o’yinlarning umumiy sonini bo’lish kerak.
Bu quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

Turlar o’rtasidagi o’yinlar jadvalini tuzishda jamoalarning o’quv-mashg’ulot ishlarini o’tkazishga imkon beradigan darajada tanaffus bo’lishini nazarda tutish kerak.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə