Reja Metod haqida tushuncha


Geografiya ta’limi metodlari tasnifi



Yüklə 36,6 Kb.
səhifə4/4
tarix13.05.2023
ölçüsü36,6 Kb.
#110068
1   2   3   4
23. Geografiya ta’limida qo‘llaniladigan metodlar tasnifi

Geografiya ta’limi metodlari tasnifi
Ta’lim metodlari muayyan belgilariga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. Hozirgi kunda ta’lim nazariyasi va geografiya ta’limida quyidagi metodlar tasnifi keng tarqalgan:
I. Bilim olishning asosiy manbalariga ko‘ra.
1. Og‘zaki-bayon (hikoya,tushuntirish, ma’ruza)
2. Suhbat, savol-javob
3. Kartografik qo‘llanmalar bilan ishlash
4. Ko‘rsatmali qo‘llanmalar bilan ishlash
5. Kuzatish va tajribalar
6. Raqamli materiallar bilan ishlash
7. Darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash
8. Amaliy metodlar.
II. Didaktik maqsadlarga ko‘ra:
1.Yangi materiallani o‘rganish metodlari
2.Bilimlarni mustahkamlash metodlari
3.Bilim, ko‘nikma, malakalarni tekshirish metodlari
III. Xulosa chiqarish faoliyatiga ko‘ra:
1.Analitik metodlar
2.Sintetik metodlar
3.Induktiv metodlar
4.Deduktiv metodlar
IV Fikrlash faoliyati va bilim olish faolligi xususiyati bo‘yicha
I.YA.Lerner M.N.Skatkinlar quyidagi metodlar tasnifini ilgari suradilar:
1.Izoxli ko‘rgazmali metodlar.
2.Reproduktiv yoki olingan bilimlarni qayta tiklash metodi
3.Muammoli bayon metodi
4.Qisman izlanuvchan metod
5.Tadqiqot metodi
V. S.G.Shapovalenko didaktik metodlarni 3 ta guruhga ajratishni
tavsiya etadi:

  1. Og‘zaki metodlar

  2. Ko‘rgazmali metodlar

  3. Amaliy metodlar.

Yuqoridagi barcha metodlarni shartli ravishda "Yangi bilim olish metodlariga", va "Olingan bilimlarni qayta tiklash usullariga"ajratish ham mumkin. Har bir ta’lim metodi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ta’limiy va tarbiyaviy tomonlar bilan bog‘lanib turadi. Ayrim pedagoglar ta’limda faol va sust metodlarni ham ajratadilar. Bu unchalik to‘g‘ri yo‘l emas. Chunki, barcha metodlar ham o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llanilsa, o‘quvchilarni faoliyatini faollashtirishi mumkin. Metod tanlashda ko‘pgina xususiyatlarni e’tiborga olish takozo etiladi.
O‘quvchilarning bilish faoliyati ko‘pgina omillarga: Xususan o‘quv materialining murakkabligi, nazariy bilimlar xajmi, sinfning bilim darajasi, o‘quvchilarning mustaqil ishlarni kay darajada bajara olish qobiliyati va xakozalarga bog‘liq. Ayrim metodlar o‘quvchilarda esda saqlab qolishni, ayrimlari fikrlashni, ba’zilari xis-xayajonni rivojlantiradi.
Har bir metod ijobiy va salbiy tomonlarga ham ega. Masalan; hikoya va ma’ruza (ma’ruza) metodlarini qo‘llash shu paytda yaxshi natija beradiki, kachonki o‘quvchilarda bilim olishga ishtiek kuchli bo‘lsa. Savol-javob metodi bilan dars o‘tish o‘quvchilardan ko‘p vaqt va maxorat talab qilishi bilan birga o‘quvchida ham zarur va tayanch bilimlar bo‘lishini takozo etadi. YOki muammoli yoki tadqiqot metodlarini qo‘llash va uni uyushtirish o‘qituvchidan kuchli bilim va ko‘p vaqt talab etadi. Biror metodni tanlagan paytda albatta o‘quvchilarning bilish faoliyati, aqliy darajasi,ta’lim vositalari bilan ta’minlanganlik axvoli ham e’tiborga olinishi kerak. Ta’lim metodlari samaradorligini oshirish hozirgi sharoitda dolzarb vazifalardan biridir. Ta’limda bir yoki bir necha metodni afzal ko‘rish o‘rinsizdir. Chunki bunga har tomonlama yondashish zarur. Ta’limdagi muvaffaqiyatni ko‘p hollarda ta’lim metodlari tizimi ta’minlaydi. Metodlarning har biri o‘ziga xos afzalliklarga ega u yoki bu tushunchani o‘quvchi ongida shakllantirishda har bir metodning o‘ziga xos o‘rni bor.
Ta’lim metodlarida o‘qituvchining qiyofasi, uning dunyoqarashi ruhiy-pedagogik,metodik va maxsus ilmiy tayyorgarligi aks etgan bo‘ladi. Xuddi ana shu omillar ta’lim metodlari samaradorligini belgilaydi. Muayyan metodga yaxshi tayyorgarligi bo‘lgan o‘qituvchida shu metodning o‘zi salbiy jihatlarni ham namoyon qilishi mumkin. Shu sababli ta’lim metodlari samaradorligini oshirish uchun o‘qituvchining tayyorgarlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Metodlarni noto‘g‘ri tanlash o‘quvchilarning bilim va kunik malari sust egallashiga sabab bo‘ladi. Demak ta’limda universal metod bo‘lishi amri maholdir. Shu tufayli ham o‘qituvi faqat bitta metoddan foydalanib dars o‘tmaydi. Bunday bo‘lishi mumkin ham emas.
Geografiya ta’limining eng muhim xususiyati shundan iboratki, o‘qituvchi aksariyat darslarni o‘qitishda og‘zaki bayon metodlarini (ma’ruza, hikoya, suhbat, savol-javob) karta bilan uyg‘unlashgan holda qo‘llaydi va samarali natijalarga erishadi. Har bir bilim ko‘nikma, malaka xilma-xil metodlarni qo‘llashni talab qiladi. Chunki u yoki bu metodni tanlash dars mazmuni, maqsadi, o‘quvchilarning tayyorgarligi, o‘quv jihozlari bilan ta’minlanganlik kabi ko‘plab omillarga bog‘liq ekanligini hayotning o‘zi talab kilmoqda.
Geografiya ta’limida kartalarni, rasmlarni tanlashda izchillikning bo‘lmasligi ham bilimlarining sust o‘zlashtirilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, 6-sinfda "Afrika tabiat zonalari" mavzusida o‘quvchilar "Ekvatorial urmon", "Savanna", "Sahro" kabi tushunchalarni egallashlari kerak. Bunda dastlab o‘qituvchi o‘quvchilarda yuqoridagi tabiat komplekslarining tasvirini (ko‘rinishini) o‘quvchilar ko‘z oldida gavdalantirishi, keyin esa uni kartadagi o‘rni bilan bog‘lab ularda tabiiy hududiy komplekslar turli-tumanligi haqida o‘quvchilar va tasavvur hosil qilishi zarur. Keyin esa turli metodlar yordamida yuqoridagi tushunchalar egallanadi.
Yüklə 36,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə