Rivojlanish tarixi


O’zbekistonda gandbolni rivojlantirishning asosiy bosqichlari



Yüklə 334,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix21.10.2023
ölçüsü334,02 Kb.
#130251
1   2   3   4   5
GANDBOL O’YININING KELIB CHIQISH QOIDALARI VA RIVOJLANISH TARIXI.

O’zbekistonda gandbolni rivojlantirishning asosiy bosqichlari. 
1938 yilda Respublikamizda gandbol bo’yicha birinchi chempionat o’tkazildi. 
1960 yilgacha O’zbekistonda Toshkent Oliy Harbiy bilim yurtida talim oluvchi 
kursantlar orasida 11x11 qo’l to’pi musobaqalari o’tkazilgan. 1960 yili Xarkov 
shahrida yoshlar orasida qo’l to’pi bo’yicha Butunittifoq musobaqalari o’tkazildi 
va shundan so’ng sportning bu turi mamlakatda tez rivojlana boshladi. 1960 yilda 
O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida ilk bor qo’l to’pi mutaxassisligi 
bo’limi ochildi. 1960 yildan boshlab Toshkent shahar birinchiliklarida 16-20 jamoa 
qatnasha boshladi va O’zbekiston gandbolchilarining sobiq Ittifoq musobaqalarida 
qatnasha boshlagan yili deb qayd etildi. 1962 yili Tbilisi va Sverdlov shaharlarida 


o’tkazilgan ikkinchi sobiq Ittifoq chempionatida erkaklar orasida O’zbekiston 
terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, oliy ligaga yo’llanma oldi.
O’zbekiston terma jamoasini tashkil etgan F.Abdurahmonov, M.Jukov,
B.Pikin, V.Ogirenko, M.Sirotenko, M.Magdullin, A.Oleynikov, N.Rahmatov, 
A.Pantasenko va A.Sodiqov O’zDJTI va Toshkent Irrigatsiya instituti jamoalari 
vakillari edi. Sobiq Ittifoq chempionatlarida jamoaga V.Sevastyanov va 
V.Lemeshkovlar murabbiylik qilgan.
O’zbekiston gandbolchilari 1972-1973 yillarda yuqori natijalarga erishdilar. Ular 
sobiq Ittifoqda oliy liga jamoalari orasida o’tkazilgan chempionatda oltinchi 
o’rinni egalladilar. O’zDJTI jamoasi Butun-ittifoq talabalar o’rtasidagi 
musobaqalarda uch karra g’oliblikni qo’lga kiritdi.
O’zbekiston qizlar terma jamoasi 1975 va 1983 yillarda sobiq Ittifoq xalqlari 
Spartakiadasida faxrli oltinchi o’rinni egalladi. 20 dan ortiq qizlarimiz sport ustasi 
talablarini bajardilar. SHular jumlasidan o’zbek qizi
Marg’uba Artiqboeva O’zbekistonda birinchi bo’lib shu unvonga ega bo’ldi.
Toshkentda dastlabki yoshlar va o’smirlar sport maktablari 60-yillarda ochildi va 
sobiq Ittifoq maktab o’quvchilari spartakiadalarida muntazam ishtirok etib, 1975 
yili qizlar 3- o’ringa, o’smirlar esa 1979 yili oltinchi o’ringa sazovor bo’lishdi. 
Keyinchalik ushbu sport maktablarida shug’ullangan jahon va Olimpiya 
chempionlari Viktor Maxorin, Mixail Vasilev, yoshlar o’rtasida jahon 
chempionlari S.Zemlyanova va O.Zubareva, sobiq Ittifoq terma jamoasi tarkibiga 
qabul qilingan S.Orlov, V.Antonov, S.Kalmikov, G.Travkin, I.Axmadiev, 
B.Proxorovlar «Halqaro sport ustasi» unvoniga sazovor bo’lganlar.
O’zbek gandbolchilarini tayyorlashdagi faol mehnatlari uchun
F.Abdurahmonov, V.Kaplinskiy, V.Ogirenko, E.Golovchenko, V.Konaplev,
V.Izaaklar «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan murabbiy» unvoni bilan 
taqdirlandilar.
Mustaqil O’zbekistonda 1992 yili qo’l to’pi federatsiyasi tashkil etilib, 1993 yili 
Halqaro va Osiyo federatsiyalariga qabul qilindi.
1992 yildan O’zbekistonda erkaklar va ayollar o’rtasida chempionatlar o’tkazilib 


kelinmoqda.
1994-1996 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari klublari o’rtasida o’tkazilgan 
chempionatda «D-klub» (O’zDJTI) gandbolchi qizlari g’alabaga erishdilar. 
SH.K.Pavlov va F.A.Abdurahmonovlar rahbarligida O’zDJTI talaba qizlari asosida 
tarkib topgan Respublika terma jamoasi 1997 yili Iordaniyada o’tkazilgan Osiyo 
chempionatida qatnashib, O’zbekiston jamoalari orasida sport o’yinlari bo’yicha 
birinchi marta jahon chempionatida qatnashish huquqiga ega bo’ldi. 1997 yilning 
dekabr oyida Germaniyada o’tkazilgan jahon chempionatida Xitoy, Braziliya va 
Urugvay jamoalarini ortda qoldirib, O’zbekiston gandbolini dunyoga tanitdi.
O’quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga ommaviy jalb 
qilishni ta‘minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 
tashabbusi bilan 1999 yil 21 mayda qabul qilingan Vazirlar
Mahkamasining «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to’g’risida»gi 271-sonli qaroriga binoan mamlakatda kadrlar 
tayyorlash milliy modeliga asoslangan va uning talablariga uyg’unlashgan uzluksiz 
ta‘limning ommaviy sport tizimi yaratilib, amalga oshirila boshlandi.

Yüklə 334,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə