S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari psixologiya nazariyasi



Yüklə 259,31 Kb.
səhifə13/32
tarix25.09.2023
ölçüsü259,31 Kb.
#123879
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
билиш жараёнлари (5)

Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra xotira turlari

  1. harakat yoki motor harakat xotirasi;

  2. obrazli xotira;

v) his-tuyg’u yoki hissiyot xotirasi;
g) so’z-mantiq xotira

2.

Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan xotira turlari

  1. ixtiyorsiz;

  2. ixtiyoriy;

v) mexanik

3.

Ruhiy_faoliyatning_davomiyligiga'>Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko’ra xotira turlari

  1. qisqa muddatli xotira;

  2. uzoq muddatli;

v) operativ (tezkor) xotira

4.

Ruhiy faoliyat qo’zg’atuvchisining sifatiga ko’ra xotira turlari

  1. musiqiy;

  2. eshitish xotirasi

5.

Ruhiy faoliyatning inson
yo’nalishiga qarab xotira turlari

  1. fenomenal;

  2. kasbiy

Matnning ko’p jihatlari bir-biriga o’xshashligi yodlash jarayonini qiyinlashtiradi. Agar so’zlar majmuasi har xil qilib tuzib chiqilsa, ish osonlashadi. Misol uchun ro’yxat tartibida yozilgan biror so’zni eslaganingizda aqlingizga nima keladi? Tabiiyki, uning ro’yxatda joylashgan o’rni. Bu xotiraning kuchiga dalolat qilmaydi. O’sha so’zni eslash uchun bundan ahamiyatliroq jihat yo’qligini anglatadi xolos. Shunday ekan, yod olinayotgan har bir so’z o’ziga xos tarzda boshqalardan ajralib turishi kerak. Ularni yozganda bir xillikdan qochib, rang yoki harf shakllari turlicha qilib tuzilsa, yodlash jarayonida ijobiy natijalarga erishish mumkin.


Shu o’rinda xotiraning sakkiz qonunini quyidagi shaklda ko’rsatib o’tilgan:

    1. shakl

1.

Anglanganlik qonuni

2.

Qiziqish qonuni

3.

Ilgarigi bilimlar qonuni

4.

Eslab qolishga tayyorlik qonuni

5.

Assotsiatsiyalar qonuni

6.

Birin-ketinlik qonuni

7.

Kuchli taassurotlar qonuni

8.

Tormozlanish qonuni



Anglanganlik qonuni. Oddiy, lekin murakkab qonun, ya’ni berilgan materialni qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni mustaxkam xotirada muxrlagan bo’lamiz.
Qiziqish qonuni. Anatol Frans: “Bilimlarni yaxshi xazm qilish uchun uni ishtaxa bilan yutish kerak” deganda, albatta, olinayotgan ma’lumotga jonli qiziqish bilan munosabatda bo’lishimiz, va uni yaxshi ko’rishimiz kerakligini nazarda tutgan.
Ilgarigi bilimlar qonuni. Ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko’p bo’lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo’ladi. Masalan, ilgari o’qigan biror kitobni qaytadan o’qib, uni yangidan o’qiyotganday his qilsangiz, demak, siz ilgarigi tajribangiz etishmaganligidan uni yaxshi o’zlashtira olmaganligingizni his qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar ham tajribaga aylangandagina, yangilariga zamin bo’la oladi.
Eslab qolishga tayyorlik qonuni. Biror materialni eslab qolishdan avval, bo’lg’usi aqliy ishga qanday xozirlik ko’rgan bo’lsangiz, shunga mos tarzda eslab qolasiz. Masalan, fizika o’qituvchisining barcha darslari sizga doimo ma’qul bo’lgan bo’lsa, siz: “Bugun ham yangi narsa o’rganib chiqaman”, deb o’zingizni ishontirasiz va oqibatda natija ham yaxshi bo’ladi. Yoki vaqtga nisbatan tayyorlik ham shunday. “Bir amallab imtixon topshirsam, keyin qutulaman”, deb darsga tayyorlangan bo’lsangiz, imtixon tugagach, go’yoki miyangizni birov “yuvib qo’yganday” tasavvur hosil bo’ladi. Agar materialni mutaxassis bo’lishim uchun
juda kerak, deb umringiz oxirigacha muhimligini anglasangiz, u narsa xotirada uzoq vaqt saqlanadi.

Yüklə 259,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə