S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari psixologiya nazariyasi



Yüklə 259,31 Kb.
səhifə16/32
tarix25.09.2023
ölçüsü259,31 Kb.
#123879
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
билиш жараёнлари (5)

1-rasm. 2-rasm.


Agar diqqatimizni shaklga nisbatan hajman kattaroq bo’lgan oq fonga qaratsak, rasmda bizga qarab turgan ayol yuzini ko’rishimiz mumkin.



  1. rasm. Ushbu rasmda ham avvalgi rasmda bo’lgani kabi ikki kishi tasvirlangan. Biri – yosh qiz. Uni biz rasmning oq foniga e’tibor berib ko’rishimiz mumkin. Ikkinchisi – keksa ayol. Uni esa qora shakllarga qarab payqay olamiz.




3-rasm. 4-rasm.





    1. rasm. Ushbu rasmda psixologiyada juda mashhur bo’lgan tasvirlardan biri ifodalangan. Uning siri oddiy. Agar diqqatimiz markazidagi oq rangli shaklga qaratilsa, kimdir ajoyib guldonni, yana ba’zilar oddiy ko’zani ko’rishi mumkin. Bordi-yu, diqqatimiz qora fonga qaratilsa, u erda biz bir-biriga tikilib turgan ikki kishining yuzini ko’ramiz.

    2. rasm. Diqqat bilan rasmning qora rangli shakllariga qaratsak, biz chap tomonga nigoh tashlagan xindyning tasvirini ko’ramiz. Rasmdagi qora rangli shaklar oq fonga hajman kichikroq bo’lgani sababli biz eng avvalo, aynan xindu tasvirini ko’rib turibmiz.

Agar diqqatimizni shaklga nisbatan hajman kattaroq bo’lgan oq fonga qaratsak (bu biroz qiyin bo’lishi tabiiy), rasmda bizga orqasi bilan o’girilib turgan shimol xalqlaridan biri (deylik eskimoslar)ning vakili yoki shunchaki qishning sovug’ida qalin kiyingan kishining tasvirini ko’rishimiz mumkin.
Shu kabi ko’rish illuziyalariga misol bo’la oladigan rasmlarni hayotimizda juda ko’p uchratishimiz mumkin. Ularni ko’rganingizda rasmlaga qarab, biroz mulohaza yuritib ko’ringchi. Fon xususiyatlari sababli hosil bo’ladigan illuziyalar nafaqat fon va undagi shakl hajmiga, balki har ikkisining fazodagi joylashuviga ham bog’liq bo’ladi.
Hissiyot to`g`risida tushuncha. Kayfiyatlar, stress, depressiya, eyforiya.
Inson idrok etish, hayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilib qolmay, balki shu bilan birga hayotdagi u yoki bu narsalarga qanday bo`lmasin munosabat bildiradi. Unda ularga nisbatan u yoki bu tarzda his-tuyg`u paydo
bo`ladi. Bunday ichki shaxsiy munosabatning manbai - faoliyat va munosabat jarayonlari bo`lib, u ana shunday jarayonlarda ro`y beradi, o`zgaradi, barqaror tus oladi yoki yo`qoladi.
Hissiyot - kishining o`z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg`ul bo`layotganiga nisbatan o`zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir.
Hissiyotni boshdan kechirishning turli shakllari - emotsiya, affekt, kayfiyat, turli hayajonlanish, stress mavjud. Ehtiros, tor ma’nodagi so`z bilan aytganda, his-tuyg`ular - shaxsning emotsional soxasini tashkil etadiki, ular kishi xulq- atvorini tartibga solib turadi, bilishning jonli manbai, odamlar o`rtasidagi murakkab va ko`pqirrali munosabatlarning ifodasi bo`lib hisoblanadi.

Yüklə 259,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə