S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari psixologiya nazariyasi



Yüklə 259,31 Kb.
səhifə24/32
tarix25.09.2023
ölçüsü259,31 Kb.
#123879
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
билиш жараёнлари (5)

Tasavvur ilgari idrok etilgan, ammo ayni vaqtda bevosita idrok etilayotgan narsa va hodisalarning inson miyasida qayta ishlanib, tiklangan hissiy obraziga
aytiladi. Tasavvur shaxsning ma’lum bir munosabatlarga kirishayotganida, ta’sirlanish jarayonida undagi bahzi bir hislatlarni xotiraga tushirishda muhim rolg’ o`ynaydi. So`zda ifodalanayotgan axborotga tasavvurni qo`shib eslab qolish ancha oson chunki, tasavvurda obrazlarni gavdalantirish orqali ancha oson eslab qolish mumkin. Tasavvur, tafakkur, xotira, tushuncha, idrok kabi murakkab bilish jarayonlari sezgi jarayonlariga asoslangan. Inson idroki turli nuqtai nazarlar asosida, masofadan, vaziyatdan, holatning yoritilish darajasi sharoitida obyektdan olinadigan taassurotlarga oid ma’lumotlarni analiz va sintez qiladi.
Idrok va tasavvurlarda aks etadigan narsa va hodisalar tafakkurda taqqoslanadi, tahlil qilinadi va umumlashtiriladi. Tafakkur voqelikning umumlashtirilgan to`liq hamda eng aniq ifodasidir.
Hayolning alohida bir shakli bu - orzudir. Ijodiy hayol singari orzu ham alohida, mustaqil yangi obrazlar yaratishdir. Ammo orzuning ijodiy hayoldan farq qilgan ikki muhim xususiyati bor:

    1. Orzu - tilakdagi mavjud obrazlar yaratilishi, lekin ijodiy hayol yaratgan obrazlar hamma vaqt yozuvchining tilaklarida gavdalanavermaydi. Misol uchun, N.V.Gogolg’ asaridagi CHichikov, Plyushkin, Nozdrevlar kabi salbiy obrazlarni,

«Gogolg’ning orzusi” deb bo`lmaydi. Kishining orzularida uning tilaklari, uni jalb qilgan narsalari, uning intilishlari obraz shaklida gavdalanadi.

    1. Orzu - ijodiy faoliyat doirasiga kirmagan, ya’ni badiiy bir asar, ilmiy kashfiyot, texnikaga oid ixtirochilik va boshqa buning kabi narsalarda oshkor bo`lib, bevosita va darhol bir samara bermagan hayoldir. Orzu kelajakka qaratilgan, kelajak bo`lganda ham tilakdagi kelajakka qaratilgan hayol surishdir.

Yuqorida aytib o`tganimizdek, ijodiy faoliyatga hamma vaqt fantaziya qo`shilgan bo`ladi. Biroq hamma vaqt ham odamning amaliy harakatlarida hayol jarayonlari darhol amalga oshavermaydi. Ko`pincha hayol jarayonlari odam amalga oshirishni istaydigan timsollar shakliga, ya’ni alohida ichki faoliyat shakliga kirib oladi. Ana shunda odam kelgusida xoxlaydigan timsollarni orzu deb biladi. Orzu odamning voqelikni o`zgartirishga qaratilgan ijodiy kuchlarni hayotga tadbiq qilishni zarur shartlaridir. Orzu hayotni ilmiy ko`ra bilishning elementidir.
Psixologiyada hayol insonning ijodiy faoliyatining tarkibiy qismi sifatida talqin kilinadi, u tizimiy xususiyatli xatti-harakatning oraliq va yakuniy maxsullari orqali aks etadi, muammoli vaziyatda noaniqlik, noma’lumlik alomatlari vujudga kelsa, u holda faoliyat rejasini qayta ko`rib chiqishni tahminlash imkoniyatiga ega.

Yüklə 259,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə