S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari psixologiya nazariyasi


Stress yoki kuchli hayajonlanish -



Yüklə 259,31 Kb.
səhifə18/32
tarix25.09.2023
ölçüsü259,31 Kb.
#123879
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
билиш жараёнлари (5)

Stress yoki kuchli hayajonlanish - psixologik tahrifga kura affekt holatiga yaqin turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomliligiga ko`ra kayfiyatlarga yaqin bo`lgan his-tuyg`ular boshdan kechirilishining aloxida shakli (ingl. «stress» - zo`riqish) hissiy zo`riqishdan iboratdir. Hissiy zo`riqish xavf-xatar tug`ilgan, kishi xafa bo`lgan, uyalgan, taxlika ostida qolib ketgan kabi vaziyatlarda ro`y beradi. Umuman olganda, stress tez-tez uchrab turadigan hodisadir. Unchalik ahamiyatga ega bo`lmagan stresslar muqarrar va zararsiz bo`lib, xaddan tashqari ortib ketgan stress esa shaxs uchun ham, korxona va tashkilotlar uchun ham qiyinchiliklar, qo`yilgan maqsadlarni qo`lga kiritishda muammolar keltirib chiqaradi.
Stress deganda insonning atrofdagi stimullarga yoki tashqi ta’sirlarga jismoniy, kimyoviy va psixologik reaktsiyalari majmui tushuniladi. Bunda atrof- muhitdagi kuchlar insonning fiziologik va psixologik funktsiyalarini muvozanatdan chiqaradi. Stress holatini jismoniy, psixologik omillar majmui, ya’ni stressorlar keltirib chiqaradi. Hayotda stresslar bo`lib turishi tufayli ularni boshqarishni, ular keltirishi mumkin bo`lgan zararni kamaytirishni bilish zarur.
Inson psixologiyasini bilish uchun, uning psixikasida hissiyot tomonidan bo`lgan farqni bilish juda muhim. Birovni yaxshi tanimoq uchun uning fikrini va harakatlarini bilish bilangina kifoyalanmay, balki uning hissiyoti qandayligini ham bilish kerak. Insonlarning hissiyotidagi farqlari quyidagi bo`lishi mumkin:


      1. shakl

  • hissiyotning yo`nalishi - kishilarning hissiyotidagi eng muhim farqlari belgilangan narsa, hissiyotning nimaga qaratilganligi, uning mazmuni qandayligidir. Inson hislari har xil tasodifiy narsalarga sochilib, parishon bo`lsa, tasodifiy hollarda kishilarda har xil hislarni tug`dirsa, bunday hissiyot kishining ijodiyotiga, turmushdagi kurashiga madad beruvchi kuch xizmatini o`tay olmaydi.

Aksincha kishining hayotidagi asosiy vazifasidan boshqa ishlarga chalg`itib, tanlagan yo`lidan adashtirib, ancha to`sqinlik qilishi ham mumkin.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə