S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari psixologiya nazariyasi



Yüklə 259,31 Kb.
səhifə17/32
tarix25.09.2023
ölçüsü259,31 Kb.
#123879
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
билиш жараёнлари (5)

Hissiyot yoki emotsiya deb kishining bilmoqchi va qilmoqchi bo`lgan narsalariga o`z munosabatlarini tuyg`ularidan kechirishini, ya’ni muhitdagi narsa va hodisalarga, o`z ishlariga, o`ziga va o`zining qilgan harakatlariga bo`lgan munosabatlaridan tug`ilgan tuyg`ularga aytiladi. Bir narsadan huzurlanish yoki behuzur bo`lish, suyunush, qayg`urish, muhabbat, qahru-g`azab, g`ayrat va shijoat, qo`rqish, iztirob, tashvish, xotirjamlik kabi hollarning har qaysisi hissiyot yoki emotsiyaning bir misolidir.
Hissiyot manbalari haqiqatda mavjud bo`lgan har xil narsa va hodisalarki, odam o`z hayoti va faoliyatida bu narsa va hodisalarga to`qnashadi. Biroq har bir narsa va hodisani odam bevosita o`zi idrok qilmaguncha, yoki biron boshqa yo`l bilan uni bilmaguncha, bu narsa va hodisalar hissiyot manbai bo`lolmasligi aniqdir. Biron narsaga qandaydir munosabatda bo`lmoq uchun uni biron jihatdan bilmoq kerak. Shu sababli hissiyot hamisha sezgi, idrok, xotira yoki hayol obrazlari, fikr shu kabi bilish jarayonlari bilan birgalikda kechadi.
Hissiyotlar ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Ular xatti-harakatlarga, fikr- mulohazalar bildirishga turtki beradigan kuch bo`lib, kuch-g`ayratlarni oshirib yuboradi va stenik deb ataladi. Boshqa bir hollarda emotsiyalar sustligi, loqaydligi bilan ajralib turadi, his- tuyg`ularning boshdan kechirilishi kishini bushashtirib yuboradi va bu holat psixologiyada astenik deb ataladi (masalan, qo`rqqanidan
oyoqlari qaltirashi, kuchli his-tuyg`uga berilib, hayolga cho`mib, o`zi bilan o`zi ovora bo`lib qolish hollari).
Affektlar yoki hissiy portlashlar - kishini tez chulg`ab oladigan va shiddat bilan o`tib ketadigan jarayonlardir. Ular ongning anchagina darajada o`zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o`zini o`zi idrok qila olmasligi, shuningdek, uning butun hayoti va faoliyati o`zgarib qolganligi bilan ajralib turadi. Affektlar birdaniga katta kuch sarf qilinishiga sabab bo`lgani uchun ham qisqa muddatli bo`ladi: ular his-tuyg`ularning bamisoli birdan lov etib yonib ketishiga va portlashiga o`xshatish mumkin. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy xayajonlanishni ifoda etsa, u holda affekt bo`rondir. Har bir his organizmning ishlashiga ta’sir ko`rsatib o`zgaradi va inson tanasida uning turli alomatlari paydo bo`ladi.
Kayfiyatlar - ancha vaqt davomida kishining butun xatti-harakatiga tus berib turadigan umumiy hissiy holatini ifoda etadi. Kayfiyat shod-xurram yoki qayg`uli, tetiklik yoki lanjlik, xayajonlilik yoki mahyuslik, jiddiylik yoki yengiltaklik, jizzakilik yoki muloyimlik va xk. tarzda bo`ladi.
Kayfiyat juda xilma-xil, yaqin va ancha uzoq turuvchi manbalarga ega bo`lishi mumkin. Turmushning butun borishidan, jumladan, ishda, oilada, maktabda munosabatlarning qanday yo`lga qo`yilganligidan, kishining hayot kechirishi yo`lida paydo bo`layotgan har qanaqa ziddiyatlar qay tarzda bartaraf etilishidan qanoat hosil qilishi yoki qanoatlanmaslik kayfiyatlarning asosiy manbalari hisoblanadi. Kishining uzoq vaqt yomon yoki lanj kayfiyat bilan yurishi uning hayotida biror narsaning ko`ngildagidek emasligini ko`rsatadi.
Kayfiyat kishining butun fe’lini bir muncha vaqtgacha bir rangga solib turuvchi umumiy bir ruhiy holatdir. Ko`p hollarda kishining kayfiyatiga, uning uchun juda muhim bo`lgan bir voqea orqasida tug`ilgan ma’lum bir hissiyot sabab bo`ladi. Ertalab eshitilgan noxush xabar kishining ta’bini kechgacha xira qilib, iztirobga solib, kayfiyatini buzushi mumkin. Ishda topilgan jiddiy muvaffaqiyat bir necha kungacha kishini shodlantirib, kayfiyatini chog` qilishi mumkin. Hissiyotning shunday qobiliyati borki, hissiyot uni tug`dirgan narsadan o`tib, bu
narsa bilan aloqador bo`lgan boshqa narsalarga ham yoyiladi. Buning natijasida kishida kayfiyat deyilgan umumiy bir ruhiy holat paydo bo`ladi.

Yüklə 259,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə