Xis-tuyg'ular va ularning kasallik munosabati bilan o'zgarishi



Yüklə 20.63 Kb.
tarix17.09.2017
ölçüsü20.63 Kb.


AIM.UZ



XIS-TUYG'ULAR VA ULARNING KASALLIK MUNOSABATI BILAN O'ZGARISHI.


Reja:

1. Emosional holatlarning kelib chiqishi.

2. Fiziologik va patologik affekt.

3. Maniakal depressiya va eyforiya.

4. Bemorlar xissiyotiga ta'sir etish.
Tayanch tushunchalar.
Affekt - qisqa muddatli to'satdan paydo bo'ladigan kuchli ruhiy

hayajonlanish

Depressiya – kayfiyat buzilishining bir turi bo'lib, doimo g'amgin, yomon kayfiyatda yurishdir

Eyforiya – depressiyaga qarama-qarshi vaqtinchalik, beg'amlik, bir oz ko'tarinki kayfiyat

emotsiya – tevarak-atrofdagi voqealar bilan bog'liq bo'lgan qisqa muddatli holat
Inson va hayvon emotsiyasida farq bormi?
«Emotsiya» termini lotincha «Emovere» to'lqinlantirmoq degan so'zdan kelib chiqqan bo'lib, ular psixik va somatik jarayonlarni tartibga solishda katta axamiyatga egadir.

Emotsiyalarning organizm faoliyatidagi fiziologik roli kattadir.

Hayvonlarda emotsiyalarning funksiyasi nixoyatda baxolovchi bir butun funksiya bo'lib, harakat qilishga undovchi faoliyat bilan bevosita bog'liqdir.

Odamning emosional hayotida bosh miya po'stlog'i va u bilan bog'liq bo'lgan 2-signal sistemasi faoliyati katta ahamiyatga ega.

Qo’rquv va g'azab emotsiyalarida qonda adrenalin miqdori ko'payadi. Affektda qonga qalqonsimon bez garmoni tushishi ko'payadi.Shuningdek gipofizning inkretor faoliyati oshadi.Salbiy emotsiyalar me'da osti bezi shirasi sekresiyasining kamayishiga olib keladi.Ijobiy (musbat) emotsiyalarda me'da shirasi kislotaliligi oshadi.

Emotsiyalar yurak – tomirlar sistemasi va arterial bosimga kuchli ta'sir qiladi.

Emotsiyalar ta'siri ostida qonda shaklli elementlar miqdori, kislota ishqor muvozanati va gemostoz siljishining boshqa ko'rsatkichlari o'zgaradi.

Affekt qanday sodir bo'ladi?

Affekt (jazava) bu nihoyatda aniq ifodalangan, lekin qisqa vaqt davom etadigan emotsiya to'satdan paydo bo'ladigan

kuchli ruhiy hayajonlanish.

Darg'azablik, rashk, jaxl, quvonch jazavasi va boshqa jazavalar bo'ladi.

Aql idrok nazorati ostida bo'lgan jazava fiziologik jazavadir.

Patologik jazavada odam o'z qilmishlarini boshqarish va o'z hatti-harakatlaridan o'ziga hisob berish layoqatini yo'qotib qo'yadi.

Jazava o'tib ketgach nimalar qilganini eslay olmaydi. Patologik affektlar asosan psixopatlarda, nevrotik xolatlar va ba'zi psixozlarda ro'y beradi. Emosional reaksiyalarning tabiati ularni boshqara olish layoqati odam shaxsiyatining xususiyatiga bog'liqdir.


Emotsiyanallikning har-hil ko'rinishi-susayishi, pasayishi klinikada diagnostik va terapevtik jixatdan katta ahamiyatga ega. Emosionallikning umuman pasayib qolishi apatiya holati dayiladi.
Kayfiyat nega o'zgarib turadi?
Psixikaning turli-tuman buzilishlari orasida emosional patologiya ayniqsa muhim ahamiyatga ega.Bu avvalo emosional qo'zg'aluvchanlik darajasiga talluqli.Garchi bu daraja har kimda har hil bo'lsada, biroq klinikada keskin pasayib ketgan qo'zg'aluvchanlikni kuzatishimiz mumkin.

Kayfiyat buzilishlari emosional soxaning tez-tez bo'lib turadigan buzilishlari qatoriga kiradi. Kayfiyat buzilishining 3 ta asosiy turi; disforiya, depressiya va eyforiya tafovut qilinadi.

Disforiyada odam injiq, o'zidan va atrofidagilardan ko'ngli to'lmaydigan, asabiylashgan bo'ladi. Bu alomatlarga tundlik, adovat va jaxldorlik qo'shilishi mumkin.

Depressiya – doimo g'amgin, yomon kayfiyatda yurishdir.Bunda bemorlar boshqalarga aralashib ketolmaydi, kam gapiradi, ko'pincha ko'ziga yosh oladi. Uning dili ma'yus, yomon fikrlar va hayollar bilan band bo'ladi.xozirgi axvoli, o'tgan kunlari va kelajagi unga qorong'u bo'lib tuyuladi. Depressiv kayfiyat turmushdagi muvaffaqiyatsizliklar va ruxiy shikastlar oqibatida kelib chiqqan bo'lishi mumkin.

Ruxiy kasalliklarda bemorda ovqatdan yuz o'giradigan, o'zini qatl qilishga urinishgacha olib boradagan, uzoq davom etadigan og'ir depressiyalar kuzatiladi.

Eyforiya deganda biz vaqtichog'lik, beg'amlik, bir oz ko'tarinki kayfiyatni tushunamiz, Eyforiyada odam tetik, xarakatchan, sergap, uning imo-ishoralari jonli gapirganda qo'llari xarakatda, ovozini keragidan balandroq qilib chiqaradi. Olam ularning ko'ziga g'oyat chiroyli, rangli bo'yoqlarda gavdalanadi. Odam xursand bo'lganida, muvaffaqiyat qozonganida va shunga o'xshash shodlik kunlarida eyforiya normal reaksiya hisoblanadi. Bordi-yu, eyforiya uchun psixologik asoslar bo'lmasa yoki u xatto salbiy hayotiy hodisalarda ham paydo bo'lsa, uni patologik holat deb ko'zdan kechirish kerak.


Mavzu yuzasidan nazorat savollari

1. Emotsiyalarning fiziologik vazifasi nimadan iborat?

2. Kayfiyat nima?

3. Disforiya nima?

4. Affekt holatini tushuntiring?
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar.


    1. Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevoriT. - 1997 yil.

    2. Barkamol avlod orzusi T. 2000

    3. Psixologiya Slovar 1990

      1. Umumiy va tibbiy psixologiya T - 2003

5 Tibbiyot psixologiyasi etikasi va deoitologiyasi asoslari T. 1997
Mavzu yuzasisidan test savollari
1. Emotsiyaga berilgan to'g'ri javob qatorini aniqlang?

A) Uzoq muddatli kuchli ruhiy holat

*B) Tevarak atrofdagi voqealar bilan bog'liq qisqa muddatli holat

C)To'satdan paydo bo'ladigan kuchi ruhiy holat

D) Sezgi va idrok bilan bog'liq ruhiy holat

E) U yoki bu narsaga muttasil intilishda paydo bo'ladigan ruhiy holat


2. Affekt (jazava)ga tushganda qonga qaysi ichki sekresiya bezi ko'p modda ajratadi?

A) me'da osti bezi

B) yosh bezi

C)gipofiz

*D) qalqonsimon bez garmoni

E) epifez


3. Ijobiy emotsiyalarda qonga qaysi modda ko'p ajraladi?

*A) me'ja osti bezi shirasi

B) qalqonsimon bez garmoni

C)epifez


D) gipofiz

E) adrenalin


4. Disforiyada odamda qanday kayfiyat xukmron bo'ladi?

A) g'amginlik, kamgaplik, yomon fikr bilan bandlik

B) vaqtichog'lik, beg'amlik, harakatchan

C)sergap ovozi baland, tetiklik

D) yig'i, mayuslik, g'amginlik

*E) injiqlik, tundlik, adovat, jaxdorlik



Aim.uz





Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə