Shaxsning emotsional – irodaviy jarayonlari



Yüklə 13,21 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü13,21 Kb.
#182989
  1   2
Hissiy irodaviylikning oshiruvchi omillar.

Buxoro davlat Pedagogika instituti “Pedagogika va ijtimoiy fanlar” fakulteti 2 TSMG-23 guruh talabasining Umumiy psixologiya fanidan Tayyorlagan mustaqil ishi Bajardi: Shomurodova R Qabul qildi: Ibodova G Buxoro-2023

Hissiy irodaviylikning oshiruvchi omillar.

Reja: 1. «Shaxsning hissiy holati» tushunchasi. 2. «Iroda» tushunchasi va uning jarayonlari. 3. Shaxsning irodaviy fazilatlari va ularning shakllanishi.


Hissiyotlar shaxs faoliyatining muhim jabhasi sifatida insondagi keng emotsional sohasining rang-barangligi, ko'p qirraligi haqida emotsional ton (yunoncha tonos - zo'riqish, urg'u berish ma'nosini bildiradi), emotsiyalar (lotincha emovere - qo'zg'atish, hayajonlanish demakdir), affektlar (lotincha affectus - ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma'nosini anglatadi), stress (inglizcha stress - zo'riqish deganidir) va kayfiyat kabi tushunchalar orqali muayyan tasavvur berish imkoniya- tiga ega. Kishi idrok etish, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilib qolmay, balki shu bilan birga, hayotdagi u yoki bu narsalarga, qanday bo'lmasin, munosabat bildiradi, unda bularga nisbatan u yoki bu tarzda his-tuyg'u paydo bo'ladi. His-tuyg'ular kishining o'z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg'ul bo'layotganiga nisbatan o'ziga turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir.

Вм

«Hissiyot» tushunchasi kundalik turmushda va ilmiy psixologik manbalarda har xil ma'noda qo'llaniladi. Jumladan, hissiyot o'rnida sezgilar, anglanilmagan mayllar, anglanilmagan xohishlar, tilaklar, maqsadlar, talablar kabi tushunchalardan foydalaniladi. Ilmiy nuqtai nazardan kelib chiqib tahlil qilinganda, «hissiyot», odatda, tirik mavjudotlar miyasida, ya'ni shaxslarning ehtiyojlarini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi obyektlarga nisbatan uning (odamning) munosabatlarini aks ettirish ma'nosida qo'llaniladi. Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» terminlari (ayniqsa, chet mamlakatlarda) bir xil ma'noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish mumkin emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop etilgan darsliklarda ko'p uchraydi. Odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo'ladigan his- tuyg'ularning ichki kechinmalarda ifodalanishidan iborat psixik ja- rayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o'zgarishi, yuzlarning tabassumlanishi, lablarning titrashi, ko'zlarning yarqirashi, kulgu, yig'i, g'amginlik, ikkilanish, sarosima va boshqalar emotsiyaning ifodasidir.


Yüklə 13,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə