Mavzu: O‘qish darslarida ilmiy – ommabop asarlarni o‘tish uslubiyoti Kirish I. Bob



Yüklə 153 Kb.
səhifə1/6
tarix17.12.2023
ölçüsü153 Kb.
#150215
  1   2   3   4   5   6
20 mavzu


Mavzu: O‘qish darslarida ilmiy – ommabop asarlarni o‘tish uslubiyoti
Kirish
I.BOB
1.1. Boshlang’ich sinflarda ilmiy-ommabop asarlar.
1.2. 1-sinfda ilmiy-ommabop o‘qish.
II.BOB
2.1. 2-sinfda ilmiy-ommabop o‘qish.
2.2. 3-4-sinfda ilmiy-ommabop o‘qish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Boshlang’ich sinflarda ilmiy-ommabop asarlarni o‘qitishdan asosiy maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayot haqida muayyan bilim berish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga o‘rgatishdan iborat.
Tabiatshunoslikka oid va tarixiy mavzudagi ilmiy-ommabop asarlarni o‘qib o‘rganishda tabiat hodisalarini kuzatish (masalan, daraxt kurtaklarining bo‘rtishi), o‘quvchilarni dehqonlar mehnati bilan tanishtirish, mamlakatimizda yuz bergan o‘zgarishlarning guvohi va ishtirokchilari bo‘lgan insonlar bilan uchrashuvlar uyushtirish maqsadga muvofiq.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi asarlar Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug’ siymolar amalga oshir-gan ishlar, tarixiy sanalar to‘g’risida bilim beradi. O‘qish darsliklaridan o‘rin olgan Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi matnlar o‘quvchilarni nafaqat o‘tmishimiz bilan tanishtiradi, balki ularning Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas’uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. O‘quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg’usi shu tariqa shakllanadi.
Kurs ishining maqsadi va vazifasi. Vatanimiz o‘tmishi haqida hikoya qilingan ilmiy-ommabop asarlar bilan tanishtirish va ularni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar o‘tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo‘ladilar. Jamiyat taraqqiyoti haqida qisqacha bo‘lsa-dа, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada, ayniqsa, milliy istiqlol bilan bog’liq mavzu-dagi asarlar tahliliga alohida e’tibor berish zarur.
Kurs ishining obyekti. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida ilmiy ommabop asarlarini ustida ishlash bilim va ko`nikmasini shakllantirish.
Kurs ishining predmeti. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida ilmiy ommabop asarlarini ustida metodlarini o`rgatish.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish qism, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.


Yüklə 153 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə