S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Oila.  Ra’nodoshlar (Rosaceae Juss.) - Розоцветные Turkum



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Oila. 
Ra’nodoshlar (Rosaceae Juss.) - Розоцветные
Turkum. 
Na’matak (Rosa L.) - Шиповник
Na’matak - 
Rosa
turkumi. Namatak 1-3 m balandlikdagi tikanli butalardan tashkil 
topgan. Barglari toq, patsimon, murakkab, yonbargchali. Gullari aktinomorf, 2 jinsli, yirik, oq 
pushti, sariq rangli, gulqo‘rg‘oni murakkab. Gulkosacha va gultojibarglari 5 tadan, changchi va 
urug‘chilari ko‘p. Mevasi soxta meva. Turkum 120 ga yaqin turni birlashtiradi. Shulardan 
O‘zbekistonda 13 turi tabiiy holda o‘sadi va bir nechta turlari manzarali o‘simlik sifatida 
ekiladi. Na’mataklar ichida itburun na’matak (
R. canina) 
O‘zbekistonda keng tarqalgan. 
Barcha turi dorivor ahamiyatga ega. 
Tur. May na’matagi-
Rosa majialis Herrm. (Rosa cinnamomea L.).
 
bo‘yi 1—1,5 m ga 
yetadigan buta. Shoxlari
 
yaltiroq, qo‘ng‘ir-qizil rangli po‘stloq bilan qoplangan. Shox-laridagi 
tikanlari barg bandining asos qismida juft-juft bo‘lib joylashgan. Bundan tashqari, to‘g‘ri yoki 
biroz qayrilgan ti-kanlar shoxlarning pastki qismida juda ko‘p bo‘ladi. Bargchalari-ning pastki 
tomonida yopishgan tuklar bor. Bu o‘simlik Moldova, Ukraina, Belorus, Boltiqbo‘yi, 
Rossiyaning Yevropa qis-mining o‘rmon va o‘rmon-cho‘l zonasida, G‘arbiy va Sharqiy 
Sibirda, Qozog‘istonda uchraydi. 
Tikanli na’matak-
Rosa acicularis Lindl.
 
bo‘yi uncha baland bo‘lmagan buta bo‘lib, shoxlari 
qo‘ng‘irrangli po‘stloq hamda ingichka, to‘g‘ri, dag‘al tuklar (tikanchalar) bilan qoplangan. 
Bargining asos qismida 2 ta ingichka tikani bor. Bargchasi tuksiz bo‘ladi. Bu o‘simlik Sibirning 


76 
ninabargli o‘rmonlari, Uzoq Sharq, Tyan-shan o‘rmonlarida hamda Belorus, Boltiqbo‘yi, 
Rossiyaning Yevropa qismining shimoliy tumanlarida uchraydi. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə