S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

 
sifatida tavsiya etiladi. 
 
Taqrizchilar: 
Xorazm Mamun akademiyasi kata ilmiy xodimi biologiya fanlari nomzodi, kata ilmiy xodim
 
A.Jumaniyazov 
Urganch davlat universiteti Biologiya kafedrasi dotsenti biologiya fanlari nomzodi 
Z.Allaberganova 
Urganch davlat universiteti Biotexnologiya kafedrasi kata o`qituvchisi 
U.Abduraxmanov 
 
 
 
 
 
 
 
 



SO`Z BOSHI 
Insoniyat rivojlanishi davom etar ekan, aholi sonining oshishi natijasida uning oziq-
ovqat, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari va dori-darmon mahsulotlariga talabi oshib boradi. 
Hozirgi paytda yildan-yilga atrosfera havosining buzilishi, sifatli ozuqaning yetishmasligi va 
boshqa ko`pgina sabablar borgan sari yer yuzida kasalliklarning ko’payishiga olib kelmoqda. 
Kasalliklarni oldini olishda va ulardan forig’ bo’lish uchun ota-boblarimiz dorivor o’t-
o’simliklardan ya’ni giyohli o`simliklardan foydalanganlar va bu omma orasida tabobat deb 
nomlangan. Tabobat insoniyat bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Tibbiy bilimlarning oshishi 
natijasida hozirgi vaqtda turli kimyoviy preparatlarning yaratilishi, zamonaviy uskunalarning 
ixtiro qilinishi, kasalliklarni davolash jarayonining rivojiga sabab bo’lgan. Ammo tabobat ilmi 
hozirgi davrda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. 
Bizga ma’lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlatilib kelinayotgan 
dori vositalarining taxminan 50%i dorivor o‘simliklar xomashyosidan tayyorlanadi. Birgina 
misol, yurak-qon tomir kasalliklarini davolash va profilaktikasida foydalanish uchun ishlab 
chiqariladigan preparatlarning eng ko’p ulushi dorivor o’simliklarga to’g’ri keladi. Bugungi 
kunda dorivor o’simliklarni izlab topish ularning xususiyatlarini o’rganish borasida ko‘plab 
tadqiqodlar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramasdan haligacha dorivor o’simliklar haqida 
to’laqonli ma’lumotlar mavjud emas. Ushbu “Dorivor o’simliklar florasi va sitematikasi” nomli 
o’quv qo‘llanmada shu kungacha e’lon qilinmagan ayrim tabiiy holda o’suvchi dorivor 
o’simliklar haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
Bu o’quv qo’llanma “Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishash texnologiyasi” 
yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlash uchun xizmat qiladi.
Ilmiy adabiyotlarda dorivor o‘simliklarga bag’ishlangan maqolalar va tezislar chop 
qilinganiga qaramay, ushbu kurs bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun haligacha “Dorivor 
o‘simliklarni sistematikasi” boyicha darslik va o’quv qo’llanmalar etarli emas. 
Respublikamizning hududlarida tabiiy holda o‘suvchi dorivor va oziq-ovqatbop, texnik 
o‘simliklarning zaxiralaridan oqilona foydalanishda, ularning areallarini va tabiiy zaxiralarini 
o‘rganishda, o‘simlik dunyosi ob`yektlari biologiyasi va anatomiyasini o‘rganishda, yovvoyi 
holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni o‘rganishga yordam beruvchi qo‘llanma va kitoblarga 
ehtiyoj mavjud. 



Mazkur o’quv qo’llanmada dorivor o‘simliklarning sistematikasi, morfologiyasi
ekologiyasi, floristik - kimyoviy tarkibi va geobatanikasi haqidagi so’nggi ma’lumotlar 
keltirilgan. Yer yuzida uchrovchi tabiiy va madaniy holda o’suvchi bizga tanish yohud notanish 
o‘simliklar haqida ko‘plab ma’lumotlar berilgan. Ushbu “Dorivor o‘simliklar florasi va 
sistematikasi” nomli o‘quv qo‘llanmada ayrim dorivor o’simliklar sistematikaga solib 
o‘rganilgan. O’simliklarning hayotiy shakli, inson organizmiga ta’siri va har xil xastaliklarda 
qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. O’quv qo‘llanmada nafaqat o’simlik 
sistematikasi, biologiyasi balki yosh izlanuvchilar va talabalar uchun har bir o‘simlikning 
rasmlari bilan ham boyitilgan ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Bu qo’llanmani o’qigan ham bir 
talaba dorivor o’simliklar to’g’risida o’zlariga kerak bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’lishadi. 
Bu o’quv qo’llanmada ayrim kamchiliklarning bo’lishi tabiiy xol. Shu sababli 
kitobxonlarning fikr-mulohazalari mualliflar jamoasi tomonidan minnatdorchilik bilan qabul 
qilinadi va keying nashrlarda inobatga olinadi. 
Kirish 
Dorivor o‘simliklar insoniyatga juda qadim zamonlardayoq ma’lum bo‘lgan. Dorivor 
o‘simliklardan nafaqat oziq-ovqat, balki biologik faol moddalar sifatida ham foydalanib 
kelingan. Dorivor o‘simliklar uzoq tarixiy davrlar mobaynida dori vositalarning yagona 
manbayi bo‘lib xizmat qilgan. O‘rta asrlardan bizga shifobaxsh o‘simliklarni ta’rifi va ularni 
insonni salomatligini yaxshilashda qo’llanilishiga doir ko‘pgina ilmiy asarlar va ma’lumotlar 
yetib kelgan.
Dunyo tibbiyot fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan yurtdoshimiz Abu Ali ibn Sino (980 -
1037 ) tibbiyot masalalariga 20 dan ortiq ilmiy asarlar yozgan. Olim 20 yillar davomidagi 
o‘tkazgan tibbiyot amaliyotida to‘plagan tajribalari asosida 5 jildlik “Al-qonun” (“Tib 
qonunlari”) asarini yaratgan, bu asar asrlar mobaynida tibbiyot sohasidagi insonlar uchun 
ham dasturul amal bo‘lib xizmat qilgan. Kitobda 500 dan ortiq dorivor o‘simliklar hamda 
ulardan tayyorlangan 40 dan ortiq dorivor vositalar haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
Qadim zamondan boshlab inson yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan turli 
kasalliklarni davolashda foydalanib keladi. Hozirgi davrda dorivor o‘simliklarning turi 
ko‘payib, xalq tibbiyoti shifobaxsh o‘simliklar bilan boyigan. Yer yuzida dorivor 
o‘simliklarning 10-12 ming turi bor. 1000 dan ortiq o‘simlik turlarining kimyoviy, 
farmokologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. O‘zbekistonda dorivor o‘simliklarning 577 
turi mavjud. Shulardan hozirgi vaqtda 250 turi ilmiy tabobatda ishlatilmoqda. Shu 
ko‘rsatilgan dorivor o‘simliklar mahsulotining 48% yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan, 
30% turli tuproq iqlim sharoitida joylashgan xo‘jaliklarning dorivor o‘simliklar o‘stiriladigan 



maydonlarida tayyorlanadi. Qolgan 22 % “aralash” guruhni tashkil qiladi, ya’ni bu guruh 
dorivor o‘simliklar mahsuloti ham yovvoyi holda o‘sadigan, ham plantatsiyalarda 
o‘simliklardan yig‘iladi. Keyinchalik “aralash” guruh dorivor o‘simliklardan tayyorlanadigan 
dorivor mahsulotlarning salmog‘i umumiy yig‘iladigan dorivor mahsulot miqdorida yil sayin 
oshib borishi kutilmoqda. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə