S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

 Fitotsenotik tavsif berish
. Muayyan bir assotsiatsiyani yoki uning tarkibiga kiruvchi turlarni 
chuqurroq o‘rganish uchun fitotsenotik tavsif beriladi. Ammo fitotsenotik tavsif berishdan oldin 
umumiy 
geobotanik 
tavsif 
berilishi 
shart. Bunda quyidagilarga asosiy e’tibor beriladi:
1. Hududning geografik joylashuvi.
2. Eng asosiy oriyentirlar, ulardan qanday holatda joylashganligi.
3. Dengiz sathidan balandligi. 
4. Tuprog‘i haqida ma’lumot (zarur hollarda namuna olib, keyin tekshirish mumkin).
5. Qaysi ekspozitsiyada (qiyalik qaysi tomongA.?
6. Boshqa ekologik omillar (namlik, yorug‘lik, iqlim, shamol va hokazo).
7. Floristik tarkib (o‘simlik turlari), dominant turlar . 
8. Har bir turning miqdoriy ko‘rsatkichlari.
9. Har bir turning hayotiy formalari (daraxt, buta, yarim buta, o‘t: bir yillik, ikki yillik va ko‘p 
yillik).
10. 
Har 
bir 
o‘simlikning hayotiy holati (normal, kasal, singan, qurigan va 
hokazo). 
11. Har bir turning fenologik holati (vegetatsiya, butanizatsiya, gullash, mevalash, pishish, 
to‘kilish). 
12. 
GPS 
da 
ko‘rsatiladigan 
barcha 
asosiy 
koordinatalar. 
13. 
Dominantlik 
metodi 
orqali 
ish 
borayotgan 
bo‘lsa, 
assotsiatsiyaga 
nom 
berish.
Fitotsenotik 
tavsif 
berish 
uchun 
esa 
asosan 
quyidagilarga 
e’tibor 
beriladi: 
1. 
Muayyan 
turning 
asosiy 
senopopulyasiyalari 
belgilab 
olinadi. 
2. 
Uning 
barcha 
koordinatalari, 
dengiz 
sathidan 
balandligi, 
GPS 
navigator 
orqali aniqlanadi. 
3. 
Barcha 
ekologik 
muhit 
sharoitlari 
va 
omillari 
belgilanadi. 
4. O‘rganilayotgan turning har xil yoshga kirgan turlari alohida sanab chiqiladi 


11 
(maysa 
holatidagi, 
yuvenil, 
immatur, 
yetuk 
vegetativ, 
generativ 
va 
senil 
holatidagi turlar). 
5. Ularning o‘zaro nisbati, o‘zaro munosabati o‘rganiladi. Yosh holatini ko‘rsatuvchi 
diagrammalar tuziladi.
6. 
Har 
bir 
yoshdagi 
tuplarning 
fenologik 
holati 
va 
hayotiy 
holati, 
yashovchanligi kabi ko‘rsatkichlar maxsus shkalalar orqali aniqlanadi.
7. 
Tuplar 
zichligi, 
yashovchanligi, 
raqobatbardoshligi 
va 
boshqa 
parametrlar orqali har bir tur uchun uning individual va fitotsenotik optimumi 
aniqlanadi. 
8. Har bir tur uchun eng asosiy abiotik yoki biotik omil atrofida uning 
ordinatsiya 
holati 
belgilanadi 
va 
ekologik 
optimum 
aniqlanadi. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə