S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Alfa xilma-xillik va beta xilma-xillik



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

 Alfa xilma-xillik va beta xilma-xillik. 
Muayyan bir hududda uchraydigan barcha o‘simlik 
turlarining xilma-xillik darajasi alfa xilma-xillik deb yuritiladi. Har bir hudud o‘zining shart 
sharoitlari bilan bir biridan farq qiladi va har xil o‘simlik turlarining o‘sishiga sabab bo‘ladi. 
Turlar soni (tuplar soni emas) qanchalik ko‘p bo‘lsa, alfa xilma-xillik shunchalik yuqori 
hisoblanadi va aksincha. Beta xilma-xillik bu- muayyan hududdagi o‘simlik jamoalarining 
(turlarining emas) xilma- xilligi. Bunda har xil ekologik sharoitlar yoki ularning tez tez o‘zgarib 
turishi yangi va har xil o‘simlik jamoalarining shakllanishiga olib keladi. Qanchalik ta’sir 
kuchli va xilma- xil bo‘lsa, beta xilma-xillik shunchalik yuqori bo‘ladi. Ayniqsa, shahar va 
qishloqlarga yaqinlashgan va ichkariga kirgan sari beta xilma-xillik ortib, alfa 
xilma-xillik pasayadi va buning aksi, ta’sir kam joylarda alfa xilma-xillik ortadi. 
O‘simliklarning hayotiy strategiyalari. 
Har bir tur o‘zining yashash muhiti va unga 
moslanishlari bilan o‘zining butun hayoti (ontogenezi) davomida muayyan ontogenetik taktika 
va strategiyalardan foydalanadi. Eng asosiy strategiyalar qatorida ko‘pincha quyidagilar 
ajratiladi:
1. Patientlar
2. Violentlar
3. Eksplerentlar 
Nazorat savollari 
1.Fotosintetik tavsif deb nimaga aytiladi? 
2. Fotosintetik tavsif berish uchun nimalarga e’tibor berish zarur? 
3.
 
Alfa xilma-xillik va beta xilma-xillik deb nimaga aytiladi? 
4. O‘simliklarning hayotiy strategiyalari deb nimaga aytiladi? 
5. O‘simliklar strategiyalari qaysilar? 


12 
3-mavzu. Qirqbo`g`imdoshlar (Equisetaceae) va Qirqquloqdoshlar (Athyriaceae) oilasi. 
Qirqbo`g`imdoshlar oilasi - Equisetaceae
. Sporalari barglarining orqasida yetiladigan 
soruslar ichida yoki barglari chetida hosil bo‘ladi. Rosmona bargli, poyasiz, qisqa ildizpoyali 
ko‘p yillik o‘tlar. Ko‘p yillik, ildizpoyali, spora boshoqlar hosil qiluvchi sernam yerlarda 
o‘suvchi o‘tlar. 1. Poyasi 2 xil - generativ va vegetativ. Generativ (bahorgi) poyasi malla, 
oqish-qo‘ng‘ir, shoxlanmagan, poya uchida spora boshoq yetiladi va mart-aprel oylarida nobud 
bo‘ladi. Undan so‘ng ildizpoyasidan vegetativ (yozgi) poya o‘sib chiqadi, u yashil, nozik 
sershox, to kuzgacha o‘sadi, spora boshoqlar hosil qilmaydi. Bo‘yi 20-30 (40) sm . E. arvense 
L.- Dala qirqbo‘g‘imi poyasi 1 xil - faqat vegetativ poya, ba’zi novdalarining uchida may-iyul 
oylarida spora boshog‘i yetiladi. Poyasi bo‘g‘inli, barglari reduksiyalangan, bo‘g‘inda 
tangachalar holida halqa bo‘lib joylashadi. Kulrang-yashil, dag‘alroq, kech kuzgacha o‘sadi. 
Bo‘yi 50-100 sm cha boradi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə