S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


I modul. Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

I modul. Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi
1-Mavzu. Kirish. Fan haqida tushuncha. Fanning tarixi, maqsadi va vazifalari 
O‘z zamonasining yetuk ensiklopedist olimi Abu Rayhon Beruniyning (973-1048) 
astronomiya, matematika, fizika, mineralogiya, geodeziya, geografiya hamda tabiiy fanlar 
taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi nihoyatda ulkandir. Beruniy yaratgan ilmiy asarlarining orasida 
eng muhimi va hajm jihatdan kattasi “Kitob as-saydana fit tib” (Tibbiyotda farmakognoziyA. 
kitobi hisoblanadi. Bu asarda o‘sha davrlarda sharq tabobatida qo‘llanilgan 674 ta dorivor 
o‘simliklar va 90 ta dorivor o‘simlik mahsulotlari haqida ma’lumotlar mavjud. “Saydana”da 
tilga olingan dorivor о‘simliklarni nomi 750 taga yetadi. 
Sharq tabobatining yetuk namoyondalari, o‘z davrining mashhur shifokorlari buxorolik 
Abu Ali Ibn Sino, xorazmlik Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Bakr 
Muhammad ibn Zakariya ar-Roziy, Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy, 
Arabmuhammadxon o‘g‘li Abdulg‘ozixon, Ismoil al-Jurjoniylar va boshqalami butun dunyo 
taniydi. Ular o‘zlarining tabobat faoliyatlarida dorivor o‘simliklardan turli kasalliklarni 
davolashda muvaffaqiyatli foydalanganlar va bu haqida yozma ma’lumotlar ko‘rinishida boy 
meros qoldirganlar. 
Uzoq vaqtlar davomida butun dunyo xalqlarining asosiy dorivor vositalari shifobaxsh 
o‘simliklar xomashyosi asosida tayyorlanib kelingan. Shifobaxsh o‘simliklar zaharli emas yoki 
kam zaharli, eng asosiysi asorat qoldirmaydi, ular tarkibida biologik faol moddalar ko‘p va 
inson organizmiga uzoq vaqt davolovchi ta’sirini o‘tkazib turadi. XX asrda sintetik kimyo jadal 
rivojlandi, sintez yo‘li bilan juda ko‘plab yangi, tez hamda kuchli ta’sir etuvchi dorivor 
moddalar yaratildi, lekin ularni muntazam ravishda iste’mol qilish inson organizmi strukturasi 
va hayotiy funksiyalarini buzilishiga olib kelishi ma’lum bo‘ldi. Sintez yo‘li bilan yaratilgan 
dorilarning 25%i dorivor o‘simliklar moddalari bilan bog‘liqdir. 
1899 yilda professor Varlix Rossiyada o‘sadigan dorivor o‘simliklar atlasini va shu davrda 
rus olimi N. I. Annenkov botanika lug‘atini tuzdi. Bu kitoblar hozir ham o‘z qimmatini saqlab 
kelmoqda. 1921 yilda dorivor o‘simliklarni yig‘ish va ekish to‘g‘risida maxsus Dekret chiqdi. 
Dekret asosida yangi ilmiy tekshirish muassasalari ochish, dorivor mahsulotlar sifatini aniqlab 
beruvchi qo‘llanmalar va standartlar tuzish hamda mutaxassislar tayyorlash uchun darsliklar 
yaratish zarur edi. Shu maqsadda 1931-yilda Butun ittifoq dorivor va xushbo‘y o‘simliklar 
ilmiy tekshirish instituti ochildi. 
1
V. Dushenkov, I. Raskin ma’lumotlariga qaraganda, 200000 
ga yaqin turli oddiy molekulyar moddalar faqat o‘simliklardan ajratib olingandir. Shuning 
uchun ham keyingi o‘n yilliklarda shifobaxsh o‘simliklarga qiziqish yana ortmoqda, chunki ular 
1
H. X. Xolmatov, O‘. A. Ahmedov, N. A. Musayeva 
“Farmakognoziya va botanika asoslari “
 
tibbiyot kollejlari 
uchun darslik. 
3- nashri “O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 
TOSHKENT — 2017.



xomashyosi asosida tayyorlangan dorivor vositalar - vitaminlar, biologik faol birikmalar va 
mineral moddalar inson organizmiga juda samarali ta’sir etadi. 1981-yildan tibbiyot 
amaliyotiga tatbiq etilgan 847 ta oddiy molekulyar dorivor preparatlarning 43 tasi tabiiy 
birikmalar, 232 tasi tabiiy birikmalarning hosilalari hisoblanadi. Qolgan 572 yangi dorivor 
preparatlarning 262 tasi tabiiy birikmalar bilan bog‘liqligi mavjud.
Ma’lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlatilib ko‘rilayotgan dori 
vositalarining taxminan 50% i dorivor o‘simliklar xomashyosidan tayyorlanmoqda. Ayniqsa, 
yurak-qon tomir kasalliklarini davolash va profilaktikasida foydalanish uchun dorivor 
preparatlarning 77%, jigar va oshqozon-ichak kasalliklari profilaktikasi va davolashda 
foydalaniladigan dorivor preparatlarning 74%, balg‘am ko‘chiruvchi dorilarning 73%, qon 
to‘xtatuvchi dorilarning 60% dorivor o‘simliklar xomashyosi asosida ishlab chiqarilmoqda.
Hozirgi paytda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro tashkilotning (FAO) 
ma’lumotlariga qaraganda, butun dunyoda 50000 dan ortiq dorivor o‘simliklar tibbiyotda 
davolash maqsadlarida foydalaniladi. Davolash maqsadlarida mahalliy flora vakillaridan 
foydalanish janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuqori, Hindistonda bu ko‘rsatkich 20% ni, 
Xitoyda 19% ni tashkil etadi. Yaponiya, Germaniya va boshqa Yevropa davlatlari farmaseptika 
sanoatida dorivor o‘simliklar xomashyosi asosida ishlab chiqarilgan preparatlar keng o‘rinni 
egallaydilar.
O‘zbekiston hududida tabiiy holda 4500 turga yaqin yuksak o‘simliklar tarqalgan, ularning 
1200 ga yaqin turlari dorivorlik xususiyatlariga ega. Hozirgi paytda Respublikamizda 112 
turdagi dorivor o‘simliklar rasmiy tibbiyotda foydalanishga ruxsat berilgan bo‘lib, ularning 
80% ni tabiiy holda o‘suvchi o‘simliklar tashkil etadi Respublikamizning shifobaxsh 
o‘simliklar dunyosi, ayniqsa, ularning daraxt va butasimon turlari xilma-xil va boy genofondga 
ega. Ularni ilmiy o‘rganishda mashhur akademik A.P. Orexovning shogirdlari akademiklar O.S. 
Sodiqov va S.Y. Yunusovlar katta muvaffaqiyatlarga erishdilar.
O‘zbekiston Respublikasining dorivor o‘simliklarini o‘rganish, zaxirasini aniqlash, o‘stirish, 
introduksiya qilish, xomashyosini tayyorlash, biokimyoviy tarkibini o‘rganishda Q.Z. Zokirov, 
X.A. Abduazimov, P.X. Yo‘ldoshev, N.K. Abubakirov, A.Y. Butkov, I.K. Komilov, K.X. 
Xojimatov, 1.1. Malsev, I.I. Granitov, A.G Kunnukov, I.V. Belolipov, R.L. Xazanovich, M.B. 
Sultonov, F.S. Sadriddinov, P.K. Zokirov, S.S. Sahobiddinov, X.X.Xolmatov, Y.M. 
Murdaxayev, B. Yo.To‘xtayev va boshqalarning xizmatlari salmoqlidir. Ular tomonidan 
o‘tkazilgan keng qirrali tadqiqotlar dorivor o‘simliklarni oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida 
foydalanish imkoniyatlarini aniqlash, istiqbolli turlarni va ularning qimmatli xo‘jalik belgilariga 
ega servitamin shakllarini madaniylashtirish, ko‘paytirish va sanoat plantatsiyalarida o‘stirish, 
xomashyosini tayyorlash usullarini ishlab chiqish imkoniyatlarini yaratdi. Dorivor o‘simliklarni 
har tomonlama tadqiq etish Toshkent farmatsevtika instituti, O‘zR FA bioorganik kimyo 
instituti, o‘simlik moddalari kimyosi instituti, o‘simlik va hayvonlar genofondi institutlarida 
o‘tkazilmoqda.
Farmatsevtika sanoati va aholini dorivor o‘simlik xomashyosiga bo‘lgan talabini qondirish 
va o‘simlik xomashyosi asosida zamonaviy dori-darmonlar ishlab chiqarishni kengaytirish 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 5-avgustdagi 222-sonli 
majlisi bayonining 3-bandida ko‘rsatilgan “Dorivor o‘simlikshunoslik va yangi dori 



vositalarini ishlab chiqarish korxonalarini tashkillashtirish uchun dorivor o‘simliklami sanoat 
miqyosida plantatsiyalarini yaratish” va 2015 yil 20-yanvardagi № 5-sonli “2015-2017-yillarda 
o‘rmon xo‘jaliklari tizimini rivojlantirish, dorivor va ozuqabop o‘simliklar xomashyosini 
yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
majlis bayonnomasining 1.12 bandi ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab 
chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta 
ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar 
ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 26-noyabrdagi PQ-4901-
son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Xalq sog‘ligini 
saqlash, kasalliklami oldini olish, yosh avlodni sog‘lom qilib tarbiyalab shakllantirishda 
shifobaxsh o‘simliklar va ulardan tayyorlanadigan dorivor preparatlarning roli beqiyosdir. 
Keyingi yillarda ko‘pchilik mamlakatlarda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ham 
farmatsevtika sanoatini jadallik bilan rivojlanishi kuzatilmoqda, shu sababli ham farmatsevtika 
korxonalarning dorivor o‘simliklar xomashyosiga bo‘lgan talabni keskin ortishiga sabab 
bo‘lmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zaxiralarining 
chegaralanganligi tufayli kelgusida farmatsevtika unumli korxonalarning dorivor o‘simliklar 
xomashyosiga bo‘lgan tobora o‘sib borayotgan talabini, asosan, dorivor o‘simliklar yetishtirish
orqaligina qondirish mumkin. Tabobatda ishlatiladigan dorivor o‘simliklarning aksariyati asrlar 
davomida xalq orasida ishlatib kelgan o‘simliklardan olingan. Qadim zamonlardan beri 
insoniyat o‘simliklarni shifobaxsh vosita sifatida ishlatib keladi. Bizgacha saqlanib qolgan 
dorivor o‘simliklar haqidagi qadimgi ma’lumotlar, asosan, yunon adabiyotlarida uchraydi. 
Yunonlar o‘zlarida yetishtiriladigan dorivor o‘simlikdan tashqari Misr, Eron va Osiyodagi 
boshqa mamlakatlardan keltirilgan dorivor mahsulotlardan ham foydalanishgan. O‘zbekistonda 
dorivor o‘simliklardan ko‘proq anor, achchiqmiya, bodom, dorivor gulxayri, yong‘oq, jag‘-jag‘, 
zubturum, isiriq, itsigak, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyo‘t, shildirbosh, shirinmiya, 
shuvoq, yantoq, qizilcha, qoqio‘t, zirk, na’matak va boshqalardan ko‘proq foydalanilgan. 
Achchiqmiyadan - paxikamin, isiriqdan - garmin, itsigakdan - anabazin, omonqoradan - 
galantamin, shildirboshdan - sferofizin alkoloidlari olinadi. Anor po‘stidan gijja haydovchi 
pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulhayridan olingan preparatlari balg‘am 
ko‘chiruvchi va yumshatuvchi, jag‘-jag‘ va lagoxilus dorilari qon ketishni to‘xtatuvchi, 
davolovchi sifatida ishlatiladi. 
Dorivor o‘simliklar ta’sir etuvchi moddalari tarkibiga qarab alkaloidli, glikozidli, efir 
moyli, 
vitaminli 
o‘simliklarga 
ajratiladi. 
Farmakologik 
ko‘rsatkichlariga 
qarab
tinchlantiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga ta’sir qiluvchi, markaziy 
nerv tizimini qo‘zg‘atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqa dorivor o‘simliklar 
guruhlariga ajratiladi Respublikamizda yil sayin dorivor o‘simliklar mahsulotiga ehtiyoj o‘sib 
borishi natijasida ularning xomashyosini tayyorlash miqdori ham ko‘paymoqda. Bu esa o‘z 
navbatida qator dorivor o‘simliklarning zahiralari ko‘p o‘sadigan joylarida kamayib ketishiga, 
natijada ularning xomashyosining tayyorlanishini keskin chegaralanishi yoki butunlay 
to‘xtatilishiga olib kelmoqda. Dorivor o‘simliklar zahiralaridan oqilona foydalanishning yagona 
yo‘li ularni madaniylashtirish va sanoat plantatsiyalarida yetishtirishni yo‘lga qo‘yishdir. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə