Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya


Frazeologizmlarning lingvomadaniy jihatlari



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə6/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Frazeologizmlarning lingvomadaniy jihatlari
Frazeologik birliklar haqida tushuncha. Frazeologizmlar xalq madaniyati va mentalitetining qimmatli ma’lumotlar manbai. Frazeologizmlarning milliy-madaniy semantikasi. Realiyalar bilan bog‘liq frazeologizmlar. Frazeologizmlarda muayyan xalq miflari, udumlari, rivoyatlari, taomillari, urf-odatlari, ma’naviyati, axloqi va h.k. haqidagi tasavvurlarining mujassamlashishi. Frazeologizmlarning mifologema va arxetiplar bilan aloqasi.
Insonning til va madaniyatdagi o‘rni
Inson – milliy mentallik va til egasi. Til kommunikatsiya va fikrlarni ifodalash vositasi. Insonning adabiy janrlarda tadqiqotning asosiy ob’ekti ekanligi. Turli millat vakillarining o‘ziga xos avtoportreti. Til inson shaxsini aniqlashda muhim vositalardan biri. Lisoniy shaxs. Lisoniy shaxsni shakllantiruvchi omillar. YU.N. Karaulovning lisoniy shaxs haqidagi qarashlari. Lisoniy shaxs mohiyatining tarkibiy qismlari: qadriyat, madaniyat, individuallik. Erkak va ayolning jamiyat, madaniyat hamda tildagi o‘rni. Madaniyatda “erkak – ayol” ziddiyati. Ayol va erkak ramzlari. Madaniyat va tildagi gender kategoriyasi. Ayol va erkaklar nutqining ijtimoiy tabiati va o‘ziga xos xususiyatlari. Mif, folklor va tilda inson obrazi.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha
ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlarda magistrantlarning “Lingvokulturologiya” fanining mohiyatini anglatuvchi asosiy masalalar va ta’limotlar, xususan, “til-madaniyat” haqidagi lingvistik nazariyalar, antropotsentrik paradigmaning mohiyati, muqobilsiz leksika, lakunalar, tilning paremiologik va frazeologik fondi, metaforalar, obrazlar, o‘xshatishlar, ramzlar, nutqiy muomala, nutq etiketi, konsept, madaniy meros, madaniy an’analar, mentalitet, olamning lisoniy manzarasi kabi lingvomadaniy birliklarni bilishi va ularni tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilishi hamda erishilgan natijalarni kelgusi ilmiy tadqiqotlarda qo‘llay bilishi nazarda tutiladi.
Amaliy mashg‘ulot uchun tavsiya etiladigan mavzular quyidagicha:
1. Paradigmalarning qiyosiy-tarixiy, sistem-struktur va antropotsentrik turlari
2. Madaniyat va inson. Madaniyat va sivilizatsiya
3. Lingvokulturologiyaning asosiy yo‘nalishlari
4. Lingvomadaniy birliklar
5. “Til” va “madaniyat” tushunchalari
6. Metaforalarning madaniyatdagi roli
7. Turli lingvomadaniyatlardagi o‘xshatishlarning qiyosiy tahlili
8. Ramzning belgilik xususiyati
9. Lakunalarning turlari
10. Frazeologizmlarning milliy-madaniy semantikasi
11. Inson – milliy mentallik va til egasi
12. Lisoniy shaxs
Izoh: Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Magistrantlar ma’ruza mashg‘ulotlarida olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy mashg‘ulotlarda mustahkamlaydilar. Bunga jamoa bo‘lib muammolar ustida bahs-munozaralar uyushtirish va mustaqil ishlash yo‘li bilan erishiladi. Mustaqil ishlashda o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma, tarqatma va ko‘rgazmali ashyolarning ahamiyati kattadir.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə