Samarqand davlat universiteti



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə58/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Savol va topshiriqlar:
1. Ta’lim tizimiga xos bo‘lgan “pedagogik texnologiya” atamasi va “yangi pedagogik texnologiya” tushunchasining mohiyatini ochib bering. Har ikkalasiga xos bo‘lgan etakchi jihatlarni ajratib ko‘rsating. Bilganlaringizni misollar asosida tushuntirib bering.
2.“Sinergetika” atamasiga berilgan ta’rifni qayta o‘qing. Uning mohiyatiga kiring. Tushunganlaringizni o‘z so‘zlaringiz bilan ifodalab bering.
3.Hamkorlikda o‘qitish masalasining pedagogika ilmi va amaliyotida shu kunga qadar chuqur o‘rganilmaganligi sabablarini alohida-alohida tahlilga torting. Har birining mohiyatiga kiring. Bu sabablarning oqibatlari haqida birgalikda mulohaza yuriting.
4.“SHaxsga yo‘naltirilgan ta’lim”ni qanday tushundingiz? Bu boradagi qarashlaringizni asoslashga urinib ko‘ring.
5.Ta’lim amaliyotiga xos bo‘lgan sub’ekt va ob’ekt, “sub’ekt-ob’ekt munosabatlari” va “sub’ekt-sub’et munosabatlari” tushunchalari haqida o‘ylab ko‘ring. Sizningcha, “sub’ekt” kimu “ob’ekt” kim? O‘ylab ko‘ringchi, “sub’ekt-sub’et munosabatlari”da ob’ekt kim yoki nima bo‘ladi? Fikringizni asoslang.
6.Hamkorlik pedagogikasining asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat ekanini aniqlang. Ularni o‘z tushunchangiz doirasida sharhlang. Bugungi milliy tarbiyashunoslik, xususan, maktabgacha adabiy ta’lim uchun bu texnologiyaning nega va qanchalar zarurligi borasida mulohaza yuriting.
7.Hamkorlik pedagogikasining amerikaliklar yaratgan varianti bilan isroilliklar va evropaliklar yaratgan turiga xos bo‘lgan etakchi xususiyatlarni aniqlang. O‘zbek milliy tarbiyashunosligi amaliyotiga ularning qay biri mos keladi, sizningcha? Fikringizni asoslang.
8.“Pedagogik hamkorlikning yuzaga kelishi uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchi pedagogik jarayonning o‘zaro aloqador sub’ektlari darajasiga ko‘tarilishlari kerak” degan fikrni qanday tushundingiz? 9.Vaziyatga tarbiyachining mashg‘ulotlar jarayonidagi hokimligi va tarbiyalanuvchining ustozi aytganlarini so‘zsiz bajarishi lozim bo‘lgan ob’ektligi nazaridan qarang. Kimni, qaysi darajaga va qanday qilib ko‘tarish kerak deb o‘ylaysiz?
10.“Tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilar orasidagi o‘zaro hamkorlik muhitini shakllantirish uchun amalga oshiriladigan: o‘quv jarayonida ijodkorlik muhitini vujudga keltirish; bolalar faoliyatini muayyan tartib asosida tashkil etish; tarbiyalanuvchilar orasida o‘zaro do‘stona muhitni vujudga keltirish” kabilarni qanday tushundingiz? Ularning har biriga o‘zingizning alohida munosabatingizni bildiring va amalda qanday tashkil etish borasida fikrlashing.
11.Pedagogik hamkorlik va hamjihatlikning o‘ziga xos xususiyatlarini qayta o‘qing. Ularning har biriga o‘z tushunchangiz doirasida izoh bering.
12.“Rostgo‘y bola” ertagini o‘rganishga bag‘ishlangan mashg‘ulot ishlanmasidagi savollarga o‘zingiz javob bering. Asarga yondashuv yo‘liga munosabatingizni bildiring.
13.Bo‘lajak tarbiyachi sifatida “Ilk qadam” dasturida taqdim etilgan didaktik ashyolarni – ertak matni yuzasidan tuzilgan savol va topshiriqlarni taqqoslang. YUtuq va kamchiliklarni muhokamaga torting.



Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə