|
Samarqand davlat universitetiMaqsad: Qushlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash, ovozdan farqlashga o`rgatish.
Kerakli jihozlar
|
səhifə | 67/80 | tarix | 17.03.2023 | ölçüsü | 480,47 Kb. | | #102775 |
| 8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASIMaqsad: Qushlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash, ovozdan farqlashga o`rgatish.
Kerakli jihozlar: AKT va ovoz kuchaytirgich.
O`yinning borishi: Tarbiyachi bolalar diqatini jamlaydi va qushlar ovozini birma-bir eshittiradi. Tarbiyachi to`pni qaysi bolaga uzatsa, o`sha bola eshittirilgan qush ovozi qaysi qushga taalluqli ekanligini aytadi. Har bir to`g`ri javob bergan bola qushcha rasmi bilan rag`batlantirilsa nur ustiga a`lo nur bo`ladi.
E`tiborga molik jihati: Ovozi eshittirilgan qush rasmi va ovozi bilan mashg`ulot vaqtida bola tanishtirilishi lozim.
“Havfli buyumlar” o`yini
Maqsad: Kundalik hayotda bolaning shaxsiy havfsizligi haqidagi bilimlarini kengaytirish va havfli predmetlarning nomlarini faol lug`atga qo`shish.
Kerakli jihoz: To`p
O`yinning borishi: Tarbiyachi-bolalar mavzuni mustahkamlash maqsadida o`yin o`ynaymiz! Men to`pni gugurt deb otsam to`pni ilib olgan bola tezda men aytgan narsa havfli yoki havfli emasligi haqida bir qarorga kelishi va agar havfli bo`lsa tezda to`pni qaytarishi, havfli bo`lmasa quchoqlab olishi kerak bo`ladi. Tushunarlimi? Boshladik! Kitob, olov, tok, pichoq….
“Men piyodaman” o`yini.
Maqsad:Bolalarning hayotiy faoliyatlarini muhofaza qilish va havfsizlik borasidagi bilimlarini mustahkamlash.
Kerakli jihozlar: svetaforning rangli chiroqlari ko`rinishidagi doirachalar, piyodalar o`tish yo`lagi, mashina ro`llari yoki o`yinchoq mashinalar.
O`yinning borishi: Tarbiyachi svetafor vazifasini bajaradi. Bolalarning bir qismi yo`lovchilar, qolganlari esa haydovchilar vazifasini bajarishadi. Tarbiyachi qo`liga qizil, sariq va yashil rangli doirachalarni oladi va yo`lak chetida turadi. Tarbiyachi qizil doirachani ko`tarsa mashinalar harakatdan to`xtaydi, piyodalar esa yo`lakdan o`tishadi. Yashil doirachani ko`tarsa, mashinalar harakatlanadi, piyodalar esa ko`tib to`rishadi. O`yin shu tariqa bir necha marotaba takrorlanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|