Samarqand davlat universiteti


Bolaning tug’ilganidan keyin bir yoshgacha bo’lgan davri nisbatan kam xarakat va «nutqsiz» taraqqiyot davridir



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə15/49
tarix05.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98225
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49
BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA PSIXODIAGNOSTIKASI

Bolaning tug’ilganidan keyin bir yoshgacha bo’lgan davri nisbatan kam xarakat va «nutqsiz» taraqqiyot davridir. Bu davrda bolaning o’sishi va taraqqiyoti tor oila davrasidagi sharoitga va tarbiyaga bog’liq bo’ladi. Ammo shunday bo’lsa xam bu davr xar jixatdan juda ildam rivojlanish davridir.
Yangi tug’ilgan va bir yoshgacha bo’lgan bolalarning tashqi qiyofalari katta odamlarning tashqi qiyofalaridan ancha farq qiladi. Yangi tug’ilgan bolaning boshi gavdasiga nisbatan juda katta (gavdasining to’rtdan bir qismiga barobar) bo’yin deyarli yo’q darajada qiska, gavdasi uzun, oyoq qo’llari gavdasiga nisbatan qisqa bo’ladi, katta yoshli odamning boshi gavdasining 8g’1 qismiga tug’ri keladi.
Bundan tashqari, chaqaloqning yuzi juda kichkina bo’ladi. Chunki yuqorigi va pastki jag’ilari xali ishlamasligi tufayli rivojlanmagan bo’ladi. Chaqaloq bolalar ichki organizmining xolati va faoliyati xam katta odamlarinikidan anchagina farq qiladi. Masalan, o’pkadagi xavo kiradigan mayda pufakchalarning soni miqdori jixatdan katta odamlarniki bilan barobar bo’lsa xam ular juda mayda bo’ladi (katta odamlarnikiga nisbatan 3 barobar kichik). Shuning uchun chaqaloq bolalar katta odamlarga nisbatan 3 barobar tez nafas oladilar. Chaqaloq bola bir minutda 50-60 marta nafas olsa, kattalar 14-16 marta nafas oladi. U jismoniy jixatdan juda tez o’sayotganligi tufayli sof xavoga ayniqsa muxtoj bo’ladi. Toza xavo juda zurur xisoblanadi.
Chaqaloq bola yuragi katta odamning urishiga nisbatan anchagina tez uradi. Masalan, katta odamning yuragi bir minutda o’rtacha 70-75 marta ursa chaqaloq bolaning yuragi 100 va undan ortik marta uradi. Buning sababi chaqaloq bolalar yuragining xar bir qisqarishida bosib chiqargan qon xajmining (miqdori) ozligi yurak muskulllarining xali zaifligi bilan bog’liq. Bundan tashqari chaqaloq bolada yuragining nisbatan tez urishi ular organizmida moddalar almashish jarayonining intensivligi (jadalligi) bilan xam bog’liqdir.
Chaqaloq bolada badanning xaroratini idora qilish xali yaxshi rivojlanmaganbo’ladi. Chaqaloq bolalardatanasini vazniga qaraganda terisining umumiy satxi (yuzasi) nisbatan katta bo’ladi. Bundan tashqari chaqaloq bolalarning terisi katta odamlar terisiga qaraganda ancha yuqa bo’ladi. Bolalarning tez sovuk eyishning sababi xam shundan.
Chaqaloqlarning ovqat xazm qilish azolari xam o’ziga xos xususiyatga ega. Ularning oshqozonlari juda kichgina, oshqozon va ichak muskullari rivojlanmagan, juda zaif bo’ladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarning eng yaxshi ovqatlantirish usuli ona suti bilan ovqatlantirishdir.
Bolaning chaqaloqlik davri jismoniy jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Yangi tug’ilgan bola organizmining 75 % suvdan, 25 % qattiq moddalardan iborat bo’ladi uning bo’yi 48-52 sm, vazni 2800-3500 gr bo’ladi. uning suyaklari tog’aysimon moddadan iborat bo’lib, u bolaning o’sishi bilan rivojlanadi.Yangi tug’ilgan bolaning og’irligi yarim yilgacha 600-700 gr dan, ikkinchi yarim yilda 400-500 gr dan qo’shiladi. Bo’yiga har oyda 2-3 smdan qo’shiladi. Bir yoshli bolaning og’irligi 10-10,5 kg ga etadi, bo’yi esa 74-75, 5 sm ga etadi. Yangi tug’ilgan bola hatto o’zidan bir hafta oldin tug’ilgan boladan farq qiladi, shuning uchun ham har bir davrning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib ular bilan munosabatda bo’lishi kerak.
Bu davrda bola deyarli faqat ona suti bilan ovqatlanadi, u xali gapira olmaydi va mustaqil harakat qila olmaydi. Yangi tug’ilgan bolaning boshi gavdasiga nisbatan katta, bo’yni deyarli yo’q darajada qisqa, gavdasi uzun oyoq – qo’llari gavdasiga nisbatan qisqa bo’ladi. Chaqaloq bola 1 minutda 50-60 marta nafas oladi. Agar chaqaloq bola o’ringa o’ng’ay xolatda yotqizilmasa, siqib yo’rgaklansa va ochiq xavoga olib chiqilmasa, nafas olishida qiyinchiliklar bo’ladi.
Chaqaloq bolaning yuragi 1 minutda 120 marta uradi. Bundan tashqari chaqaloq bolalar yuragining nisbatan tez urishi ular organizmida moddalar almashinuvi intensivligi bilan ham bog’liqdir. Bu yoshdagi bolalarning har odatlari o’zgaruvchan bo’ladi. Bular bolaning ortiqcha harakati, ovqat eyishi ham har odatiga ta’sir qiladi. Shuning uchun kun tartibining ahamiyati kattadir. Chaqaloqning ovqat hazm qilish a’zolari juda kichkina, oshqozon va ichak muskullari rivojlanmagan, juda zaif bo’ladi. Shuning uchun bolalarning eng yaxshi ovqati ona sutidir.
Yangi tug’ilgan bolaning suyaklari deyarli yumshoq tog’aydan iborat bo’ladi. Keyingi taraqqiyot davrida, ya’ni 1 yoshga to’lguncha skeleti suyakka aylana boshlaydi. Unda bolaning terisi ham yumshoq bo’ladi. Agar qattiqroq joyga yotqizilsa yoki ta’sir o’tkazilsa muskul yumshoqligi va o’ta nozikligi uchun terida iz qoladi. Shuning uchun yangi tug’ilgan go’dak ehtiyotkorlik bilan yuvintiriladi va ehtiyotkorlik bilan ushlanadi. Chaqaloqning 20 kun o’tgach terisi taranglasha boshlaydi. Go’dakning yashash sharoitiga qarab suyak va muskullari o’sib boradi. Agar go’dak ko’p yotsa, bosh suyagi hamshunga mos ravishda rivojlana boshlaydi. Shuning uchun go’dak uxlaganda bir maromda uxlashi kerak. Agar go’dak ovqatlanish jarayonida noto’g’ri ushlansa yoki yotsa suyak sistemasi noto’g’ri rivojlanib qolishi mumkin. Chunki go’dak suyagida mineral moddalar unchalik ko’p bo’lmaydi.
Bolaning suyak va muskullari bilan uning suyak sistemasi uning uxlash jarayoniga bog’liq. Bola yurishni o’rganayotganda ham goh o’ng, goh chap qo’lidan ushlab unga yordam berish kerak. Shundagina suyak sistemasini nuqsonlardan saqlash mumkin. Bolaning suyak va muskullari uning barcha organlari, shu jumladan bolaning og’irligi 2800 gr dan 3500 gr gacha, uning bo’yi 48 sm dan 52 sm gacha bo’ladi, bu xususiyatlar faqat yaxshi tug’ilgan bolalarga xosdir. Yangi tug’ilgan bolaning suyagini ohak va boshqa tuzlar kam bo’lib, u asosan tog’ay to’qimalaridan iborat bo’ladi, bosh suyaklar 2-3 oylik bo’lgandagina tutashadi. Yangi tug’ilgan bolani kalla suyagi ham yaxshi qotmagan bo’lib, u asosan tog’aydan iborat bo’ladi, uning oldingi qismida peshona liqildog’i va orqa qismida ensa liqildog’i bo’ladi. Liqildoqlarning biri 2-3 oy mobaynida, 2 –si 12-14 oylik bo’lganda tutashib bitib ketadi.
Go’dak har oyda 2-3 sm dan o’sib boradi. U 8 oylik bo’lganda bo’yi 2 baravarga, 9 oylik bo’lganda 14 martaga oshadi. Bola yoshiga to’lib yurib ketsa, u jismoniy jihatdan sog’lom bo’ladi.
Bola bir yoshgacha bo’lgan davrida jismoniy jixatdan juda tez o’sadi. Bir yil davomida uning vazni va bo’yi ayniqsa sezilarli o’zgaradi. Normal o’sib ulg’ayotgan bola yarim yoshga etganida uning vazni ikki barobar ortadi, bir yoshga etganida esa uch barobar ortadi.
Bolaning bir yoshga to’lguncha bo’lgan davrida bo’yi xam juda tez o’sadi. Xuddi vazni xam bolaning bo’yi xam dastlabki oylarida ayniqsa tez o’sadi. Keyin bo’yining o’sishi xam ancha sekinlashadi.
Yangi tug’ilgan bolaning suyaklari, yani skeleti xam katta odamlarniki singari qattiq va mustaxkam bo’lmaydi. Chaqaloqning skeleti deyarli yumshoq tog’aydan iborat bo’ladi.



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə