Samarqand davlat universiteti


Tavsiya etiladigan adabiyotlar



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə6/49
tarix05.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA PSIXODIAGNOSTIKASI

Tavsiya etiladigan adabiyotlar

  1. Respublikasi O’zbekiston “Ta'lim to’g’risidagi” Qonuni T.,1992

  2. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” T., 1997

  3. I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi” T., 1996

  4. «Psixologiya» E. Goziev. Toshkent «Oqituvchi» 1994 y.

  5. «Maktabgacha tarbiya psixologiyasi» M.Voxidov. Toshkent «O’qituvchi» 1996y.

  6. «Psixologiya» F.I. Gonobolik. Toshkent «O’qituvchi» .

  7. “Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi”.Z. Nishonova, G. Alimova. Toshkent “O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi. 2006 y.

2-MAVZU: BOLALAR PSIXOLOGIYASI FANINING METODLARI. (2SOAT)
Dars o’quv maqsadi:
Talabalarga bolalar psixologiyasi fanining metodlari, printsiplari mazmunini tushuntirish va ularda shu mavzuga oid bilim ko’nikma va malakalarni hosil qilish.
Tushunchalar va tayanch iboralar:
Prinsp, ko'ndalangiga kesim va uzunasiga kesim shakli, metod, ko’zatish, eksperiment, so'rov,test, anketa.
Asosiy savollar:

  1. Bola psixikasini o’rganish prinsiplari.

  2. Psixologik tadqiqotni o'tkazish shakllari.

  3. Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari.

Asosiy o’quv materiali qisqacha bayoni. Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti ikki asosiy yo'nalishda kechadi: psixik taraqqiyot manbalari muammosining nazariy hal etilishi va bolalar psixikasini o'rganishning yanada samaraliroq metodlarini qidirish. Psixik taraqqiyot manbalari muammolarini nazariy hal etish deganda ushbu muammo bilan shug'ulangan asosiy psixologik maktablar va yo'nalishlar vakillarining qarashlari tushuniladi. Bola psixikasini o'rganishning yanada samarali metodlarini qidirish bolalar psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar haqida aniqroq axborot olishga xizmat qiladigan metodlarni ishlab chiqishni anglatadi.
Bola psixikasini o'rganishda tadqiqotchi bir qator pritnsiplar qoidalarga tayanishi, ularga rioya etishi lozim bo'ladi.Bu printsiplar quyidagilardan iborat:
Ob'ektivlik prinsipi tadqiqotchidan ma'lumotlar bilan ularning talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan, mashg'ulot davomida bola oynadan tashqariga qarayotgan edi deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi ma'lumot bo'lib hisolanadi. Lekin "bola e'tiborsiz" deb aytish hodisaning talqinidir. Hodisaning o'zi bilan uning talqinini aralashtirib yubormaslik kerak. Chunki yuqoridagi misolda ham bola oynaga qarab to’rgan esa-da, tarbiyachi so'zlariga katta e'tibor berayotgan bo'lishi mumkin.
Sababiylikprintsipi bola shaxsi va ongida yangi sifatlarning hosil bo'lishini ta'minlovchi barcha shart-sharoit va omillarni imkon qadar o'rganishni talab qiladi. Masalan, mashg'ulot davomida bola tez-tez oyna tarafga qarayotgan bo'lsa, bu hodisaning iloji boricha ko'proq sabablarini aniqlashga urinish kerak: ko'chadagi biron narsa bola e'tiborini o'ziga tortdimi, mashg'ulotda bola charchab qoldimi, o'tilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi va hokazo.
Sinchkovlik va muntazamlik printsipi bolapsixikasi shakllanishi jarayonini, bunda psixolog va pedagoglar ta'sirini sinchkovlik bilan ko’zatib borishni talab qiladi.Ushbu prints!pga muvofiq oldindan:
a) tadqiqot joyi va vaqti aniqlanishi kerak;
b) tadqiqotda o'rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzilishi lozim;
c)tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oraliqlarida o'tkazilishini belgilash zarur. Ushbu bandlarbelgilangach, ulardan chetga chiqmaslik kerak, ya'ni qandaydir sub'ektiv sabablar bilan shoshilinch xulosalar chiqarmaslik, tadqiqotni bevaqt tugatish hollariga yo'l qo'ymaslik kerak. Aks holda ob'ektivlik printsipi buzilgan bo'ladi.
PSIXOLOGIK TADQIQOTNI O'TKAZISH SHAKLLARI
Bolani o'rganish ikki asosiy shaklda: "ko'ndalangiga kesim" va "uzunasiga kesim" metodi deb nomlanuvchi tadqiqot shaklida amalga oshiriladi.
Tadqiqot ko'ndalangiga kesim shaklida o'tkazilganda turli yoshdagi bolalar guruhlarida muayyan psixologik jarayon, holat yoki xususiyat o'rganiladi va har xil yosh bosqichidagi bolalar ustidan olib borilgan tadqiqot natijalari o'zaro solishtiriladi. Masalan, D.B.Elkonin kichiq, o'rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalarning syujetli-rolli o'yinlariga xos xususiyatlarni o'rganib, o'zaro solishtirib bolalar o'yinlari taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatni aniqlagan. Ko'ndalangiga kesim shaklidagi tadqiqotda asosiy e'tibor sinaluvchi bolalar yoshidagi farqlarga qaratilishi kerak. Farq qanchalik kichiq bo'lsa, psixolog-tadqiqotchi bola psixikasi va shaxsidagi muhim o'zgarishlarni payqash uchun ko'proq imkoniyatga ega bo'ladi.
Tadqiqot uzunasiga kesim shaklida o'tkazilganda bir yoki bir necha bolaning muayyan vaqt oralig'idagi hayoti o'rganiladi. Tadqiqotchi uzluksiz ravishda bir yosh bosqichidan ikkinchisiga o'tishda bola psixikasi va hulq-atvorida ro'y beruvchi o'zgarishlarni aniqlab boradi. Masalan, maktabgacha ta'lim muassasasida yangi dastur bo'yicha ish boshlangan bo'lsa, muassasaga endi qabul qilingan bolalarni 4-5 yil uzluksiz o'rganish orqali dasturning bola taraqqiyotiga ta'sirini aniqlash va u haqida xulosa chiqarish mumkin bo'ladi. Uzunasiga kesim shaklidagi tadqiqot shuningdek, ayrim hollarda longityud tadqiqot ham deb ataladi. Tadqiqotning bu shakli ancha murakkab va ko'p vaqt talab etadi.
BOLALAR PSIXOLOGIYASINING ASOSIY VA YORDAMCHI METODLARI. An'anaviy ravishda tadqiqot metodlari asosiy va yordamchi metodlarga ajratiladi. Asosiy metodlar - ko’zatish va eksperiment - bola taraqqiyoti haqida ishonchli ma'lumot bera oladi. Yordamchi metodlar - test, so'rov, faoliyat mahsullarini o'rganish - tasvirlovchi ma'lumot berib, bu ma'lumot asosida faqatgina taxminlarni ilgari surish mumkin bo'ladi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə