Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

3.
 
Mehmonxonaning mijozlar yashaydigan qismi va unga xizmat ko‘rsatish 
 
Mehmonxonaning mijozlar yashaydigan qismi tarkibiga nomerlar, gorizontal 
kommunikatsiyalar (yo‘laklar), zina-lift maydonchalari, navbatchi xodimlarning 
xonalari kiradi. Ko‘p qavatli mehmonxonaning mijozlar yashaydigan qavati bir yoki 
bir necha yo‘lakdan iborat, tarxining shakli har xil bo‘lishi mumkin. Mijozlar 
yashaydigan qism maydonining nomerlar va boshqa xonalar o‘rtasida taqsimlanishi 
turli mehmonxonalarda har xil bo‘ladi: nomerlar ulushi 54-70% ni, koridorlar ulushi 
– 13-22% ni tashkil etadi. Sig‘imi 25 kishidan oshmaydigan ayrim chet el 
mehmonxonalarida dam olish zonasining maydoni kamida 16,7 kv. m bo‘lishi 
nazarda tutilgan. Yirikroq mehmonxonalarda har bir qo‘shimcha mijozga 5 kv. m dan 
iborat dam olish zonasi nazarda tutiladi.
Mehmonxona nomeri ko‘p funksiyali ahamiyatga ega. U mijozning tunashi, dam 
olishi, ovqatlanishi, yuvinishi, ishlashi, muloqot qilishini ta’minlaydi. Nomerda 
mehmonning shaxsiy buyumlari saqlanadi.
Nomerlar o‘rinlar soni, xonalar soni, maydoni, jihozlanishiga qarab tasniflanadi. 
Jahon amaliyotida bir yoki ikki kishiga mo‘ljallangan bir xonali nomerlar ayniqsa 
keng tarqalgan. Ayrim mehmonxonalarda har bir yashovchiga nisbatan bir xonali 
nomerlar ulushi nomer fondining 60-100% ga yetadi. 4.1-jadvalda Tohkent 
mehmonxonalaridan biri nomer fondining tuzilishi keltirilgan. «DEDEMAN SILK 
ROAD» mehmonxonasining nomer fondida bir xonali nomerlar ulushi 53% ni tashkil 
qiladi.
Xonalar (yoki xona) maydoni funksional zonalarga bo‘linadi. Bir xonali nomer 
umumiy maydonining 70% yashash zonasiga, 14% - dahlizga, 20% - hojatxona va 
vannaga tegishli bo‘lishi mumkin. Yashash maydoni bunda 7-14 kv.m ni tashkil 
etishi mumkin. Ayrim chet mamlakatlarning hozirgi standartlari bir o‘rinli nomerda 
polning minimal maydoni 14 kv. m, ikki o‘rinli nomerda esa – kamida 18 kv. m 
bo‘lishini talib qiladi. Germaniyada amalda bo‘lgan me’yorlarga ko‘ra shinamli bir 



49 
xonali nomerning maydoni unda yashaydigan bir kishiga 16-18 kv. m, ikki kishiga 
esa – 20-21 kv. m bo‘lishi kerak.
4.1-jadval 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə