Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


«DEDEMAN SILK ROAD» mehmonxonasi nomer fondining tuzilishi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

«DEDEMAN SILK ROAD» mehmonxonasi nomer fondining tuzilishi 
Nomer turi 
Nomerlar miqdori 
birlik hisobida 
foiz hisobida 
Bir o‘rinli 
183 
53,0 
Ikki o‘rinli 
98 
28,4 
Ikki o‘rinli yarim lyuks 
Uch o‘rinli lyuks
 
54 
15,7 
JAMI
 
10 
2,9 
 
345 
100 
Nomerlarda mebel nomerning gabariti, devorlarining oralig‘i, isitish 
xususiyatlari, texnologik ko‘rsatkichlariga qarab joylashtiriladi. Mebel foydalanuvchi 
uchun qulay bo‘lishi, sanitariya va ergonomika talablariga javob berishi, mijozlar 
didiga mos kelishi kerak.
Har xil sig‘imli nomerlarning o‘zaro nisbati qat’iy qayd etilgan bo‘lib, faqat 
mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish paytida o‘zgartirilishi mumkin (agar 
konstruksiyalar bunga yo‘l qo‘ysa).
Ayni vaqtda, nomer fondining tuzilishi mijozlarning talab va ehtiyojlariga javob 
berishi kerak va muayyan tuzatishlar kiritishni (yil mavsumiga qarab, vaqt o‘tishi 
bilan va sh.k.) talab qiladi. Ayrim mehmonxonalarda eshiklar va (yoki) siljiydigan 
to‘siqlar yordamida nomerlarning birlashtirilishi (ajratilishi) hisobiga nomer fondida 
tezkor o‘zgarishlar qilish nazarda tutiladi.
Apartamentlar soni nomerlar umumiy miqdorining 10% dan oshmaydi. Ular 
xonalarining soni va vazifasiga, hojatxonasi va vannasiga, dahlizi, maydoniga ko‘ra 
juda har xil.
Xodimlar uchun xonalarni joylashtirishda ish vaqtida xodimlarning harakat 
yo‘nalishlarini qisqartirish zarurligidan kelib chiqish kerak. Xizmat ko‘rsatuvchi 
xodimlarning xonalari ish joyidan uzoq bo‘lsa, bu qo‘shimcha quvvat sarfiga, 
xodimlar ko‘proq charchashiga olib keladi. Shu sababli qavatdagi nomerlarga 
bevosita yaqin joyda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning bir qancha xonalari
chunonchi: xodimalarning xonalari, omborlar (toza choyshab va yostiq jildlari, 
sarflash materiallari, kir choyshab va yostiq jildlari, tozalash vositalari omborlari), 
ofitsiantlarning xonalari, axlat yig‘gich va b. joylashtiriladi.
Joylashtirish xizmati nomer fondining ekspluatatsion holati hisobini yuritadi. 
Har bir nomerni tayyorlash va unga mijozlarni joylashtirishning kundalik 
tafsilotlariga quyidagilar kiradi: nomer mijozni joylashtirishga tayyorlangan payt
mijozlar kelgan va ketgan paytlar; mijozlarning familiyasi, ismi, otasining ismi
nomer bo‘sh qolgan soatlar; yashash narxi va summasi; qo‘shimcha xizmatlar narxi 
va ularga haq to‘lash; bronga qo‘yish vaqti, nomer ta’mirlashda, sanitariya ishlovi 
berishda bo‘lgan vaqt. 
Mehmonxonaning bir martalik sig‘imi doimiy o‘rinlar soniga qarab aniqlanadi.



50 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə