Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə52/104
tarix13.03.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#84468
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   104
Mehmonxona servis xiz!

Kafolatlangan bron – bu mijozga buyurtma berilgan nomerni olishini kafolotlovchi, otelning bron haqidagi tasdig‘idir. Bunday hujjat kechikib kelish ehtimoli bo‘lganda zarurdir.Bron qilishda mehmon kredit kartochkasi raqami yozib olinadi, mehmon kechikkanda ham bu nomer to‘langanligi kafolatini beradi. Shu shart bilan mehmon kelgunicha nomer bo‘sh turadi.

Kafolatlangan bron afzalligi shundaki, mehmon buyurtmadan foydalana olmasligini tushunsa, uni bekor qilishi mumkin. Bunday tasdiqnoma yordamida mehmonxona bo‘sh nomerlari haqida aniq malumotga ega bo‘lish mumkin.

Kafolatlangan bron qilishning boshqa turi depozit(avans)to‘lovdir. Bazi holatlarda (m: mavsum tig‘izligida) kutilayotgan mehmon kelmayotganligi sababli nomerning turib qolishini oldini olish maqsadida mehmonxona mijozdan bir kunlik yoki yashash muddati bahosining yarmini to‘lashini so‘rashi mumkin.

Turistik guruhni joylashtirishda ham oldindan to‘lov talab qilinadi. Bu ham kelmay qolish holati bilan kurashishning bir yo‘lidir.

Kafolatli bron qulayligidan tashqari bir qator muammolari ham mavjud: bank o‘tkazmalarini rasmiylashtirishdagi to‘xtab qolishlar; mehmonxona nomerlari narxlarining o‘zgarib turishi; jarimalar(sekuin ishlashi); kafolatga rioya qilishdagi tashkiliy tizimning zaifligi; teskari aloqaning sustligi.

Bron qilishda asosiy etibor kompaniyalar, aksiyadorlik kompaniyalariga qaratiladi, xususiy shaxslar uchun bron tizimi sustroq ishlaydi.



Kafolatlanmagan bron qilish o‘z xususiyatiga ko‘ra mehmonxona imkoniyatlarini kengaytiradi.Malum soatgacha mehmon kelmasa, nomer boshqalarga berilishi mumkin yoki bo‘sh hisoblanadi.

Guruhli bron qilishning (10 tadan ziyod nomerlarni bron qilish) individual bron qilishdan farqi shundaki, bron xizmati menejerlari shartnoma tuzish uchun masul shaxs bilan bevosita o‘zi uchrashishi va guruhga xizmat ko‘rsatish shartlarini kelishib olishi mumkin.

Ertalab qabul xizmati klerki navbatchilikka kirishayotganida mehmonlar bo‘shatgan nomerlar sonini bo‘sh nomerlar soniga jamlaydi, Chiqqan natijadan bron qilingan nomerlar sonini olib tashlaydi va chetdan kelgan mehmonlarga taklif etishi mumkin bo‘lgan nomerlar soni chiqadi.Bunda qabul xizmati malumotlari xo‘jalik xizmati (houzekeeping) axborotlari bilan solishtiriladi, ko‘pincha tushunmovchiliklar yuzaga keladi. Masalan, xo‘jalik xizmati nomer bo‘shligini ko‘rsatadi, bron xizmati malumotlari bo‘yicha nomer kafolatli to‘lov bilan bron qilingan, mijoz nomerni hali egallamagan.Qabul xizmatida nomer band ko‘rschatilgan, xo‘jalik xizmati esa nomerga yukning yo‘qligi va mijoz tunab qolmaganligini aytadi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə