Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Mavzu: Yurak-qon tomirlar tizimini anatomik tarkibi. Yurakning tuzilishi



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə50/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Mavzu: Yurak-qon tomirlar tizimini anatomik tarkibi. Yurakning tuzilishi.
Darsning maqsadi: qon aylanish tizimini anatomik tarkibi, qon aylanish doirasi, yurakni va yurak kuylakchasini tuzilishi, yurakni klapan apparati, yurak topografiyasi, yurakni qishloq xo’jalik hayvonlaridagi farq qiluvchi xususiyatlarini o’rganish. Katta qon aylanish doirasi arteriyalari haqida tasurotga ega bo’lib, yurakdan chiqadigan aorta tomiri uni tarmoqlanishi, bo’yin, oldingi oyoq va bosh sohasini magistral va asosiy arteriya tomirlari va ularni qon bilan ta'minlash sohalarini o’rganish.
Ko’rgazmali qurollar: rasm, ho’l va quruq preparatlar, slaydalar va diafil'mlar.
Darsning mazmuni: murakkab tuzilgan organizmning har bir hujayrasiga oziq moddalar etkazib berish va unda hosil bo’lgan chiqindi moddalarni tegishli organlar orqali chiqarib yuborishda qon tomirlari sistemasi xizmat qiladi. Qon tomirlari sistemasi yurak va undan chiqqan arteriya (qizil) qon tomirlaridan hamda unga qon olib keluvchi vena (ko’k) qon tomirlaridan iborat. Qon tomirlari sistemasining asosiy vazifasi trofik holatni hamda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan temperaturani doimiy saqlashdan iborat.
Tana bo’ylab harakatlanadigan qon ikkita – katta va kichik doira bo’ylab aylanadi, buni birinchi marta ingliz olimi Garvey 1638 yilda aniqlagan. Katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan aorta orqali chiqib, butun organizmga tarqaladi va moddalar almashinuvi jarayonini hosil qilgandan keyin vena kapillyarlariga aylanadi, keyin oldingi va keyingi kovak venalarni hosil qilib, o’ng yurak oldi bo’lmasiga quyiladi.
Kichik qon aylanish doirasi yurakning o’ng qorinchasidan o’pka arteriyasiorqali o’pkaga kelib, karbonat angidriddan tozalanadi va kislorodga boyib, o’pka venalari orqali yurakning chap bo’lmasiga quyiladi.
Qon suyuq biriktiruvchi to‘qima bo‘lib, kislorod va oziq moddalarni to‘qimalarga olib boradi va metabolizm jarayonida hosil bo‘lgan chiqindi moddalarni to‘qimalardan o‘pka, buyrak va jigarga qaytaradi.
Qon suyuq qismi – barcha erigan moddalardan tashkil topgan plazmadan va tashqi ko‘rinishi hamda bajaradigan vazifasi jihatidan bir-biridan farq qiluvchi qon hujaylaridan tuzilgan.
Qon tana bo‘ylab to‘rt kamerali muskulli organ, ya’ni yurak yordamida aylanadi. YUrakning o‘ng tomoni qonni o‘pka qon aylanish tizimiga yo‘naltiradi , chap tomoni esa qonni tananing qolgan qismlariga, ya’ni kata qon aylanish tizimiga haydaydi.
YUrakning o‘ng va chap bo‘lmachalari qonni o‘pka va tananing qolgan qismlaridan oladi, o‘ng va chap qorinchalari esa qonni o‘pkaga va tananing qolgan qismlariga haydaydi.
Qon aylanish tizimi arteriya, kapillyarlar va vena to‘rlaridan tashkil topgan bo‘lib, ular tananing barcha organ va to‘qimalarni ta’minlaydi.
Arteriyalar qalin devorga ega bo‘lib, yurakdan kislorodga to‘yingan qonni bosim ostida olib chiqadi. Mustasno tariqasida o‘pka arteriyasi yurakdan o‘pkaga karbonat angidridga to‘yingan qonni chiqaradi.
Vena qon tomirlari birmuncha yupqa devorga ega bo‘lib, karbonat angidridga to‘yingan qonni yurakka olib keladi. Mustasno tariqasida o‘pka venasi kislorodga to‘yingan qonni o‘pkadan yurakka olib keladi.
Qon aylanish tizimi to‘rtta qismdan tashkil topgan:
1. Biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan qon kislorod va oziq moddalarni tana bo‘ylab tashiydi va to‘qimalarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan chiqindi moddalarni yig‘ishtirib oladi.
2. Kovak, muskulli, to‘rt kamerali organ – yurak qonni butun tana bo‘ylab harakatlanishiga javob beradi.
3. Aylanish tizimi arteriya, vena va kapillyarlar to‘ridan tashkil topgan bo‘lib, qonni butun tana bo‘ylab aylanishini ta’minlaydi.
4. Limfa tizimi limfa tomirlari to‘ridan tashkil topgan bo‘lib, limfa yoki ortiqcha to‘qima suyuqligini tashish va uni qonga qaytishiga javobgar hisoblanadi.
Qon tana massasi hajmining 7% ni tashkil qiladi va uning rN o‘rtacha 7,4 (7,35-7,45) ga teng.
Yurak – cor s. kardia - konus shaklidagi organ bo’lib, ko’krak qafasida 3–4–5 qovurg’alar ro’parasida, o’pkalar oralig’ida joylashadi. Yurakning ko’p qismi umurtqa pog’onasining chap tomonida bo’ladi. Yurak quyidagicha tuzilgan: uning asosi – basis cordis, uchki qismi - apex cordis, o’ng va chap yuzalari – facies dextra et sinistra, oldingi hamda keyingi chetlari – margo caudalis et cranialis. Yurak to’rt kamerali bo’lib, ularning ikkitasi – o’ng va chap yurak bo’lmalari yurakning asosida joylashadi. Bo’lmalarning pastki tomonida esa o’ng va chap yurak qorinchalari bo’ladi. Yurak bo’lmalari qorinchalardan ko’ndalang ariqcha - sulcus coronoius orqali ajralib turadi. Bundan tashqari, o’ng va chap yuzalarida uzunasiga joylashgan ariqchalar – sulcus longitudinales sinistra et dextra bor. Bu ariqchalarda yurakka qon beruvchi toj arteriya va vena qon tomirlari joylashadi. Yurak asosining old qismidan ikkita katta arteriya qon tomiri chiqadi. Ularning biri o’pka arteriyasi– a.pulmonalis - yurakning o’ng qorinchasidan chiqib, o’pkaga boradi. Ikkinchisi juda kuchli va katta aorta – aortae bo’lib, yurakning chap qorinchasidan chiqadi va butun organizmni arteriyal qon bilan ta'minlaydi. Arteriya tomirlaridan bir oz o’ngroq tomonda yurakning o’ng quloqchasi – auricula dexta, chap tomonida esa chap quloqchasi – auricula sinistra joylashadi. Har ikkala yurak oldi quloqchasi bir–biridan to’sqich – septum arteriorum orqali ajraladi. Quloqchalar yurak oldi bo’lmasiga ochiladi. Yurakning o’ng bo’lmasi – atrium dextrum ga oldingi va keyingi kovak venalar – vena cava cranialis et caudalis kelib quyiladi. Ularning quyilgan joyi oldingi kovak vena teshigi – ostium venae cava cranialis, kengaygan joyi vena sinusi – sinus venosum deyiladi. Vena sinusi bilan yurak oldi bo’lmasining o’rtasida chegaralovchi ariqcha – sulcus terminalis bor.
O’ng qorincha – ventriculus cordis dexter - devori anchagina yupqa, bosimi past bo’ladi. Chap qorincha – ventriculus cordis sinister ning devori esa ancha qalin, chunki aortaga qon juda katta bosim bilan chiqadi. Yurak qorinchalari o’rtasidan to’sqich – septum interventriculum ajratib turadi. Qorinchalarning ichki yuzasida muskul to’siqlar – trabeculae cornae va yurakning ko’ndalang muskullari – mm. transversi cordis pay tasmachalar shaklida joylashadi. Chap qorinchadan aorta chiqib, aorta teshigi – ostium aorticum s. arteriosum, o’ng qorinchadan o’pka arteriyasi chiqib, o’pka arteriya teshigi – ostium arteriosum pulmonales ni hosil qiladi. Yurakdan o’tadigan qon normal holda oqishi uchun qopqoq (klapan) apparatlari xizmat qiladi. Yurakning o’ng bo’lmasi bilan o’ng qorinchasi o’rtasida artioventrikulyar yoki uch qopqoqli klapan – valvula tricuspidalis bo’lib, u 6–10 tagacha tor – chordea tendineae bilan ushlanib turadi. Bu tomirlar yurakning ichki yuzasidagi so’rg’ichsimon muskul – mm.papillaris bo’rtiqlariga ulanib turadi. Yurak qorinchalaridan chiqadigan arteriyasi va aorta qon tomirlarining chiqish joyida uchtadan yarim oy shaklidagi qopqoqli klapanlar – valvula semilunaris bor. Bu klapanlarning bittasi o’pka arteriyasida orqa tomonda, ikkitasi oldingi tomonda, aorta qon tomirlarida esa bittasi old tomonda, ikkitasi orqa tomonda joylashadi.
Yurak devori uch qavatdan tuzilgan, ichki qavati endokard – endocardium, o’rta qavati miokard – myocardium va tashqi qavati epikard – epicardium deyiladi. Epikard qavati yupqa biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, uning ustki yuzasi endoteliy bilan qoplangan. Yurakning muskul qavati juda kuchli ko’ndalang – targ’il muskul to’qimalardan tuzilgan, uning tolalari bir – biriga o’raigan holda bo’ladi. Muskul qavatlari shunday joylashishi sababli, yurak qisqarganda bo’shliqni batamom siqib, qonni otilib chiqaradi. Endokard qavati endoteliy to’qimalari, bilan qoplangan bo’lib u qon tomirlarni endoteliy qavatida chegarasiz o’tadi.



Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə