Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə51/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Topshiriq va savollar:
Yurak qon tomirlar tizimini anatomik tarkibi.
Qon aylanish doiralari
Yurak topografiyasi
Yurak kameralari
Yurak qavatlari


Mavzu: Katta qon aylanish doirasini arteriyalari. Bosh arteriyasi.

Darsning maqsadi: Katta qon aylanish doirasi arteriyalari haqida tasurotga ega bo’lib, yurakdan chiqadigan aorta tomiri uni tarmoqlanishi, bo’yin va bosh sohasini magistral va asosiy arteriya tomirlari va ularni qon bilan ta'minlash sohalarini o’rganish.
Ko’rgazmali qurollar: rasm, ho’l va quruq preparatlar, slaydalar va diafil'mlar.
Darsning mazmuni: Katta qon aylanish doirasi yurakni chap qorinchasidan chiqayotgan aorta qon tomiridan boshlanib butun tanani arteriya qoni bilan ta'minlaydi, dastlab u yurakni o’ziga yurakni toj arteriyasi – a. cordis coronareus ni beradi u yurakni qon bilan ta'minlaydi. So’ngra aorta yoyini – arcus aortae ni hosil qiladi, aorta yoyidan quyidagi arteriya tomirlari tarqalib oldingi oyoq, bo’yin va bosh sohasini qon bilan ta'minlaydi (oziqlantiradi).
Umumiy bosh – elka tomiri - truncus brachisephalicus qisqaroq bo’lib kekirdakni ustida joylashadi. Undan chap va o’ng umrov osti arteriyasi– a. subclavecularis dexter et sinister ajraladi, o’zini davomi esa bosh – elka arteriyasi- a. brachiocephalica ga aylanadi.
Har ikkala umrov osti arteriyalaridan quyidagi arteriya tomirlari ajraladi:
qovurg’a – bo’yin arteriyasi - a.costa cervicalis bu arteriya bo’yin terisi, elka kamari muskullariga va oldingi qovurg’alarga arteriya tarmoqlarini beradi.
bo’yinning chuqur arteriyasi – a.cervicales profunda bo’yinni dorsal chuqur muskullariga tarmoqlanadi.
Umurtqa arteriyasi– a.vertebralis bu arteriya bo’yin umurtqalarini yon ko’ndalang tishi bo’ylab yo’nalgan bo’lib bo’yinni chuqur muskullariga orqa miyaga tarmoqlanadi.
To’shning ichki arteriyasi– a. thoracila exterha to’sh suyagini ichki yuzasidan yo’nalgan bo’lib, u qovurg’aara muskullarga, ayrisimon bezga, yurak kuylakchasiga va diafragmaga tarmoqlanib ko’krak bo’shlig’idan chiqib qorin devorini oldingi arteriyasi– a.epigastrica cranialis ga aylanib qorin devor muskullariga tarmoqlanadi.
Bo’yin – elka tomiri - truncus omocervicalis to’sh va bo’yin sohasidagi muskullarga tarmoqlanadi.
To’shning tashqi arteriyasi – a.thoracica externa ancha ingichka bo’lib, to’sh va ko’krak muskullariga tarmoqlanadi.
Yirik shoxli hayvonlarda va cho’chqalarda qovurg’a – bo’yin, bo’yinning chuqur va umurtqa arteriyalari dastlab umumiy bitta tomirdan chiqib, keyinchalik tarmoqlanadi.





Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə