Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Bilakning kollateral arteriyasi – a.collateralis radialis



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə54/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Bilakning kollateral arteriyasi – a.collateralis radialis elka suyagining pastki qismidan boshlanib, elkaning ikki boshli va ichki muskuli oralig’idan o’tadi hamda bilak suyagining ustida, yonida joylashadigan muskullarga va teriga tarqaladi.
Elkaning chuqur arteriyasi – a.profundae brachii elka suyagining o’rtaroq qismida elka arteriyasidan ajralib, orqa yuza tomon o’tadigan uch boshli muskulga, tirsakning kichik muskuliga, elkaning ichki muskullariga tarqaladi va tirsak atrofida tor – rete cubitale hosil qiladi.
Tirsakning kollateral arteriyasi – a.collateralis ulnaris elka suyagining pastroq qismidan boshlanib, elka uch boshli muskulining ichki yuzasi boshiga boradi va tirsak arteriyasi– a.ulnaris ni hosil qilib, tirsak suyagining yozuvchi hamda bukuvchi muskullari oralig’idan bilaguzuk bo’g’imi tomon o’tadi va o’rta arteriyaga qo’shilib ketadi.
Suyaklararo umumiy arteriya – a.interossea communis tirsak va bilak suyaklari oralig’idan o’tib, orqa hamda yuqori tomon suyaklararo arteriyalarga aylanadi.
O’rta arteriya – a.mediana elka arteriyasining davomi bo’lib, oraliq nerv bilan kaft suyagining orqa yuzasidan past tomonga utadi. Bu arteriyadan bir qancha tarmoqlar chiqadi.
Muskullarga boradigan arteriya – rami muscularis bilaguzuk bo’g’imi va barmoqlarni bukuvchi muskullarga tarqaladi.
Bilaguzukning orqa yuzasi turini hosil qiluvchi arteriya – a.reticarpi volaris bilaguzuk bo’g’imining orqa tomon yuzasiga boradi.
O’rta bilak arteriyasi – a.mediana radialis bilak – tirsak suyagining pastki qismidan boshlanib, teriga va bilaguzuk bo’g’imi turiga qo’shiladi, keyin kaft suyagining orqa tomon yuzasidagi suyaklararo muskulga boradi.

Ikkinchi barmoq bo’g’imi ro’parasida barmoqning yon va o’rta tomon yuza arteriyalari – a.digitalis volaris lateralis et medialis hosil bo’lib, ular tuyoq suyagining poshna teshigi orqali tuyoqning ostki tomoniga o’tadi va oxirgi to’r – arcus terminalis ni hosil qiladi. Barmoq arteriyalaridan har qaysi bo’g’im ro’parasida teriga, suyakka, paylarga mayda arteriya shoxobchalari tarsalib, oldingi oyoq arteriyasi tugaydi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə