Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


(A)-qo’y va (B)- echkining oldingi oyoq arteriyalari



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə55/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

(A)-qo’y va (B)- echkining oldingi oyoq arteriyalari

1-qo’ltiq osti arteriyasi 2-ko’krak osti arteriyasi 3-kurakni o’rovchi arteriyasi 4-yelka suyagining o’rta qismi arteriyasi 5-bo’yinning yuza limfa tuguni 6-bo’yinning tushuvchi arteriyasi 7- kurakning ko’ndalang arteriyasi 8-muskul tarmog’I 9- ko’krak-yelka arteriyasi 10-yelkaning yonini o’rovchi arteriya 11-yelkaning chuqur arteriyasi 12-yelka arteriyasi 13-tirsakning kollateral arteriyasi 14-bo’yinning umumiy suyaklar aro arteriyasi 15- o’rta arteriya 16-bilakning o’rta arteriyasi 17-tirsak arteriyasi 18-anastamoz 19-bilak-kaft yuza arteriyasi 20-kaftning yuza arteriyasi 21-umumiy barmoq arteriyasi

Topshiriq va savollar:
Aorta yoyi qanday hosil bo’ladi va qaysi arteriyalar chiqadi
Oldingi oyoqni asosiy arteriyasi
Elka arteriyasi tarmoqlari
O’rta arteriyani tarmoqlari
Mavzu: Ko’krak va qorin sohalari arteriyalari.


Darsning maqsadi: qon aylanish tizimini anatomik tarkibi, ko’krak, qorin arteriyalari ta'minlash sohalarini o’rganish va ushbu sohalarda joylashgan tomirlar.
Ko’rgazmali qurollar: rasm, ho’l va quruq preparatlar, slaydalar va diafil'mlar.
Darsning mazmuni: Aorta bosh – elka arteriya tomirlarini hosil qilgandan keyin tananing orqa tomoniga o’tib, umurtqa pog’onasining ostiga boradi. Aorta diafragmaga etguncha ko’krak aortasi – aorta thoracalis, undan o’tgandan keyin esa qorin aortasi – aorta abdominalis deyiladi.
Ko’krak aortasi – aorta thoracalis dan ko’krak devoriga va shu bo’shliqsa joylashgan organlarga quyidagi arteriyalar chiqadi:
Qovurg’alararo arteriya – a.intercostalis uch tarmoqqa: pastki, yuqorigi tomonlarga va orqa miyaga boruvchi tarmoqlarga bo’linadi. Pastki tarmog’i ancha yo’g’onlashgan bo’lib, qovurg’alararo muskulning ichki yuzasida joylashgan. Uning pastki qismi qorinning tashqi qiyshiq muskuliga ham tarqaladi. Yuqoriga esa umurtqa ustida joylashuvchi muskullarga boradi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə