5-Mavzu. Innovatsion tuzilmalarni boshqarish va uning funksiyalari
5.1 Innovatsiyaon tuzilmalar mohiyati va tuzilishi.
5.2 Innovatsiyaon tuzilmalarning o‗ziga xos xususiyatlari.
5.3 Innovatsiyaon faoliyatni tashkil etishni ta‘minlovchi omillar.
5.4 Moliya-sanoat guruxlarining boshqarish.
5.1 Innovatsiyaon tuzilmalar mohiyati va tuzilishi.
Ma‘lumki, har qaysi mamlakat iqtisodiyotining rivoji ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan
chambarchas va uzviy bog‗liq. Sababi, ishlab chiqarishga intellektual salohiyat mahsullari
bo‗lgan ilmiy hajmdor, yuqori samarali ishlanmalar, ilg‗or innovatsion texnologiyalarni jadal
tatbiq etmasdan turib, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlashning iloji
yo‗q. SHu boisdan respublikamizda ilmiy-texnikaviy salohiyatni rivojlantirish va uning
yutuqlaridan oqilona foydalanish masalasiga taraqqiyotning ―lokomotivi‖ sifatida qaraladi.
YArmarkaning ochilish marosimida ta‘kidlanganidek, Prezidentimiz tashabbusi bilan ilmiy
muassasalar, tadqiqotchi-olimlar moddiy va ma‘naviy jihatdan qo‗llab-quvvatlanayotgani
natijasida mamlakatimizning ilmiy salohiyati tobora yuksalib bormoqda. Uning yutuqlari
ijtimoiy-iqtisodiy sohalar istiqboliga, shu bilan birga, tizimdagi dolzarb masalalar echimiga
xizmat qilayapti.
Darhaqiqat, xo‗jalik shartnomalari asosida tadqiqotlar bilan shug‗ullanayotgan ilmiy
muassasalarga soliq imtiyozlari berilgani, davlat korxonalarida innovatsiya markazlari va
jamg‗armalari tashkil etilgani ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada jadallashtirib
yubordi.
Dostları ilə paylaş: |