Reja: Kirish bob. Davlat funksiyalari tushunchasi va tasnifi



Yüklə 135,5 Kb.
səhifə1/8
tarix28.11.2023
ölçüsü135,5 Kb.
#138612
  1   2   3   4   5   6   7   8
davlat tomonidan bajariladigan funksiyalar



Reja:


Kirish



  1. BOB. Davlat funksiyalari tushunchasi va tasnifi

    1. O‘zbekiston davlatining olib borayotgan ichki va tashqi siyosati

1.2.Davlat funksiyalarining tasnifi

    1. Davlatning ijtimoiy funksiyasi jamiyat yangi iqtisodiy, siyosiy negizlar

  1. BOB. Davlatning tashqi funksiyalari, davlatning xalqaro maydondagi faoliyati

    1. Davlatlarning tashqi funksiyasidagi o‘zgaruvchanlik, nisbiylik xususiyati

    2. Turli jamiyatlarda davlat funksiyalarining o‘zaro nisbati

    3. O‘zbekiston Respublikasining asosiy funksiyalari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Davlat funksiyalari bilan bog`liq masalalarni o`rganish uning mohiyati, jamiyatda tutgan o`rni va ijtimoiy vazifasini chuqurroq bilib olishga yordamlashadi. Odatda davlat faoliyatining asosiy yo`nalishlari uning funksiyalari, deb ataladi. Ularning mazmuni boshqa tushunchalar bilan ham aloqadordir.
Davlat funksiyalari uning davri, siyosati, maqsadi, vazifalari va faoliyati bilan chambarchas bog`langan.
Avvalambor, davlat paydo bo`lginidan buyon uning rivojlanishida ko`p davrlar o`tgan. Shunday ekan, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida davlat funksiyalarining mazmuni va tizimi ham o`zgarib boravergan. Masalan, ilk bor davlat kelib chiqqan paytdagi funksiyalardan ularning tizimi o`z mazmuni va hajmi jihatdan ancha farq qiladi. Bu holat birinchi navbatda jamiyat rivojlanishining mazkur bosqichdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari va vazifalari bilan bog`liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda, masalan, davlatning hozirgi davrda tan olinayotgan tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza qilish funksiyasi quldorlik davlatida bo`lmaganligini ko`ramiz, chunki bunga hali ehtiyoj ham bo`lmagan. U paytda insonning hayot kechirishi uchun tabiiy shart-sharoitlar yetarli va zararsiz bo`lgan.
Har bir davrda davlat o`z oldiga ma`lum maqsadlarni qo`yadi, chunki u ma`lum guruhning Yoki butun xalqning manfaatini ifodalaydi. Masalan, davlatning demokratik jamiyat qurish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o`tish, huquqiy davlatni shakllantirish kabi maqsadlari ijobiy bo`lsa, 30-yillarda fashistik davlatlar olga surgan butun jahonga hukmronlik qilish maqsadi boshqa mamlakatlar va o`z xalqi uchun salbiydir.
Davlatning o`z oldiga qo`ygan maqsadi hamisha ham real bo`lavermaydi. Masalan, SSSRning 1977 yilgi Konstitutsiyasida shunday deyilgan edi: «Sovet davlatining oliy maqsadi - sinfsiz kommunistik jamiyat qurishdan iborat bo`lib, bu jamiyatda ijtimoiy kommunistik o`z-o`zini boshqarish rivoj topadi» (Muqaddima). Davlat o`z maqsadini amalga oshirish uchun tegishli siyosat yurgazadi. Bu siyosat negizida esa mazkur jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-madaniy ehtiyojlari yotadi, ya`ni davlat olib boradigan siyosat oqibat-natijada jamiyatning real hayotiga asoslanadi. Davlat siyosatining kuchi - uning adolatliligi va realligidadir.
Davlatning siyosatini quyosh nurlariga o`xshatsa bo`ladi. Quyosh o`z atrofiga doimo nur tarqatib turginidek, davlat ham jamiyat va mamlakatning barcha ichki va tashqi muammolari yuzasidan o`z munosabatini, qarashlarini, yondashuvlarini, va eng muhimi, o`zining yaqin va uzoq davrga mo`ljallangan orzu-niyatlarini ifodalab turadi. Chunonchi, tinchliksevarlik yo bosqinchilik Yoki o`z mintaqasida gegemonlik uchun harakatni davlatning siyosatiga misol qilib ko`rsatish mumkin. Davlatning siyosati bilan uning maqsadi bir-biriga bog`liq, biri ikkinchisini to`ldirib turadi.
Davlatning umumiy, kelajakka mo`ljallangan siyosati va maqsadidan uning muayyan vazifalari kelib chiqadi. Davlatning vazifalari, uning funksiyalaridan farq qilib, hali bajarilmagan reja, ado etilishi lozim bo`lgan topshiriq, ko`rsatma, navbatdagi ishlar, tadbirlar hisoblanadi. Masalan, O`zR Konstitutsiyasining muqaddimasidagi «fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta`minlash maqsadi»ni ro`yobga chiqarib turish uchun O`zbekiston davlatining tegishli organlari qator tashkiliy-siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirib kelmoqda.
Davlat oldida turgan bitta vazifa uning bitta funksiyasiga hamisha ham aynan muvofiq bo`lavermaydi. Ba`zan dav-latning bosh vazifalari uning bir necha funksiyalari bilan amalga oshiriladi. Va aksincha, bitta funksiya orqali davlatning bir necha kichik vazifalari ado etilishi mumkin.
So`ngra, har bir davlatning maqsadi, siyosati hamda vazifalarini amalga oshirish uchun uning o`zi va tegishli organlari zaruriy vakolatlar (huquq va burchlar yig`indisi)ga ega bo`ladi. Jamiyatning boshqarish tizimida davlat alohida mavqega ega bo`lib kelmoqda. Bu uning vakolat doirasini belgilaydi. Vakolatlarni amalga oshirish, bajarish, ado yetish esa, o`z navbatida, davlatning, uning idoralarining faoliyatini tashkil qiladi.



  1. BOB. Davlat funksiyalari tushunchasi va tasnifi


    1. Yüklə 135,5 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə