Reja: Kirish bob. Davlat funksiyalari tushunchasi va tasnifi


Davlatlarning tashqi funksiyasidagi o‘zgaruvchanlik, nisbiylik xususiyati



Yüklə 135,5 Kb.
səhifə4/8
tarix28.11.2023
ölçüsü135,5 Kb.
#138612
1   2   3   4   5   6   7   8
davlat tomonidan bajariladigan funksiyalar

Davlatlarning tashqi funksiyasidagi o‘zgaruvchanlik, nisbiylik xususiyati

Davlatning tashqi funksiyalari bu — davlatning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib, ularda davlatning maqsadi, vazifasi va ijtimoiy mohiyati namoyon bo‘ladi. Tashqi funksiyalar — davlat siyosatining o‘ziga xos yo‘nalishi sifatida xalqaro huquq va munosabatlarning tamomila bir —biriga uxshash bo‘lmagan subyektlari o‘rtasidagi alokalarni boshkarishga qaratilgan. Bu alokalarning kay darajada umuminsoniy kadriyatlarga mos kelishi, tabiiyki,tashqi funksiyaning qanday kuchlar tomonidan olib borilishiga boglik bo‘ladi.
Ichki funksiya kabi tashqi funksiyalar ham o‘zgaruvchan xususiyatga egadir.Siyosiy hokimiyat va siyosiy kuchlarning o‘zgarishi tashqi funksiyaga bevosita ta’sir etadi. Shunga kura barcha davlatlar uchun bir xildagi siyosatni ishlab chikish va olib borish mumkin emas. Tashqi funksiyaning o‘zgarishiga goyaviy qarashlar ham sababa bo‘ladi. U yoki bu mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning mohiyati bo‘zib kursatish, bir davlatning boshka davlatlar bilan o‘zaro munosabatini soxtalashtirish, siyosiy hokimiyatlar va siyosiy kuchlarga igvolvr uyushtirish kabi sabablar ham davlatlar tashqi funksiyasiga ta’sir etishi mumkin, uni o‘zgartirishi mumkin.
Davlatlarning tashqi funksiyasidagi o‘zgaruvchanlik, ma’lum ma’noda nisbiylik xususiyatiga egadir. Uning mohiyati shu bilan belgilanadiki, ichki funksiyaning o‘zgarishi tashqi funksiyaning ham o‘z navbatida tubdan o‘zgarishiga olib kelmaydi. Bu o‘zgarish tashqi funksiyaning ayrim jixatlariga ta’sir etgani xolda, uning boshka soxalari esa barkaror rivojlanishi ham mumkin bo‘ladi.
Mustahkam va barkaror tinchlik uchun kurash, xalqaro munosabatlarda kuch ishlatmaslik, zuravonlikni koralash, yaxshi kushnichilik munosabatlarini rivojlantirish, davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi koidalar xozirgi kunda ham mustaqil, suveren davlatlar tashqi siyosati uchun barkaror xususiyatlar bo‘lib kolmokda.
Davlatning tashqi funksiyalari mazmuni va mohiyatni uning ichki funksiyalari mazmuni bilan o‘zviy boglikdir. Davlat tashqi faoliyat yordamida ichki vazifalarni xal etishga intiladi. Davlatlarining tashqi funksiyasi uning ichki funksiyasi, ijtimoiy — iqtisodiy rivojlanish darajasi, xalqaro munosabatlarda amal qilayotgan tamoyillarga bo‘lgan munosabat. Maqsadi va vazifalari bilan belgilanadi.
Davlatning siyosiy — ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishi uchun normal tashqi muxitni yaratish, jaxon yadro urushlari xavfini yuk qilish. Umumiy kurosizlanishga erishishi, xavfsizlikni ta’minlash, davlatlararo o‘zaro manfaatli hamkorlikni urnatish, bozor iqtisodi, mulkning xilma — xilligi asosida jaxon hamjamiyati bilan o‘zaro foydali munosabatlar urnatish, xorijiy davlatlar bilan kushma korxonalar tuzish, sarmoyalarni jalb etishga imkoniyatlar va sharoitlar yaratish mamlakat ichki va tashqi xavfsiligini ta’minlashda o‘z ifodasini topadi.
Tashqi funksiya dunyo hamjamiyatida bo‘layotgan o‘zgarishlar dinamikasi, siyosiy vokealar xarakterini, maqsad va vazifalarini anik xisobga olish kerak bo‘ladi.
Tashqi funksiyalarin amalga oshirishda davlatlararo munosabatlarda o‘zaro kelishilgan tamoyillarga xolisona yondoshilsa, unga amal qilinsa davlatlar va xalqlarning erkin — emin rivojlanishiga, umumtarakkiytga yerdam bo‘lishi tabiiydir.
Tashqi siyosatda umuminsoniy manfaatlarga zid keladigan xolatlar paydo bo‘lishi tarakkiyotga salbiy ta’sir kursatishi davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarga, tinchlikka xavf tugdirishi mumkin. Davlatlarning tashqi siyosatda xarbiy strategik ustunlikka erishishi akidasidan voz kechilmogi kerak va bu maqsadga muvofikdir.
Tashqi siyosatni mafkuradan xoli etish xavfsizlikni ta’minlashning muhim kafolati bo‘lib, uni muayyan mafkuraviy akidalarga emas, balki dunyoning barcha mamlakatlari kit’alari va mintaqalari bilan o‘zaro munosabatlari, mamlakatlarning siyosiy tizimi, xalqaro huquqning barcha tan olgan koidalari mezonlari asosida kurishni takozo etadi.
Jahon hamjamiyati tomonidan tashqi siyosatning uchta muhim tamoyili tan olinadi: Birinchidan, tashqi siyosat erkinlik demokratiya, mustaqillik bilan boglik bo‘lib umuminsoniy tamoyillar sifatida namoyen bo‘ladi. Ikkinchidan, xar bir davlat tashqi siyosati Konstitutsiyada belgilab kuyilgan va kabo‘l qilingan tamoyillarga asoslanadi.Uchinchidan, mustaqil xar bir davlatning tashqi siyosatida belgilangan tamoyillari uning xalqaro munosabatlarda tutgan yo‘lining maqsad va vazifalarining mohiyatini belgilab beradi.
Davlatlar tashqi funksiyalarini amalga oshirish chogida xalqaro tashkilotlarga birlashib, bir —birlari bilan xar tomonlama alokalarni olib boradilar. Bunday xalqaro tashkilotlar xozirgi kunda anchaginadir Bo‘larning ichida eng nufo‘zlisi Birlashgan Millatlar Tashkilotidir Birlashgan Millatlar Tashkilotiga xozirgi knda 170 tadan ortik davlatlar a’zodir.BMT barcha davlatlarning o‘z maqsadlariga erishishi yo‘lidan kelishib olingan xarakatlar uchun xalqaro markaz bo‘lishish kerak.
BMTning faoliyati xalqaro xavfsizlikning xarbiy, siyosiy, iqtisodiy ekologik, insonparvarlik kabi barcha soxalarini kamrab oladi.BMT dan tashkari dunyo mikyosida juda yirik xalqaro tashkilotlar mavjud bo‘lib, masalan xarbiy soxa byicha Shimoliy Amerika va Yevropa davlatlari Ittifoki xisoblangan NATO, madaniy, ma’rifiy ilm —fan buyicha butun jaxon xalqaro tashkiloti — YUNESKO, bolalarni himoya qilish tashkiloti YUNISEF, xalqaro tabiatni muxofaza qilish tashkiloti SK.YEYEMREASE va boshkalar turli davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni muvofiklashtirib turadi. Xalqaro tashkilotlardan tashkari mintakaviy iqtisodiy siyosiy, madaniy v boshka munosabatlarni tartibga soluvchi tashkilotlar jumladan MDH, ASEAN, OPEK kabilar.
Xar bir davlat xalqaro yoki mintakaviy tashkilotlarga a’zo bo‘lar ekan avvalombor ulardan o‘z manfaatlarini ko‘zlaydi va shu maqsadni ko‘zlab, o‘z funksiyalarini amalga oshiradilar.
Aytish joizki davlat funksiyalarini yana boshkacha tasniflari ham mavjud. Maslan davlat funksiyalari sohalar buyicha ham bo‘linadi va shunga muvofik, ular

  • Iqtisodiy,

  • Mafkuraviy,

  • Siyosiy;

  • Qo‘riqlovchi — funksiyalarga ajratiladi.

Bundan tashqari davlat funksiyalari harakat muddatiga qarab, doimiy va vaktinchalik funksiyalarga ham bo‘linadi. Yana ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra, ular asosiy va asosiy bo‘lmagan aloxida funksiyalarga ajratiladi.
2.2.Turli jamiyatlarda davlat funksiyalarining o‘zaro nisbati
Kishilik jamiyatida davlatlar paydo bo‘libdiki, ularning funksiyalari bir — biriga aynan o‘xshamaganidek, turli jamiyatlarda va turli formatsiyalarda ham bir— biriga anchayin uxshamagan. Fakatgina ularning tipik funksiyalarigina, masalan davlatni muxofaza qilish. Solik va yigimlar yigish, davlatni boshkarish kabilar umumiy bo‘lib kolgan xolos Masalan, kuldorlik davlatining asosiy funksiyasi kuldorlar tomonidan kullarni beayov ekspluatatsiya qilish va ularning mehnatidan foydalangan xolda ko‘prok foyda olishdan iborat bo‘lgan.
Feodalizm jamiyati vujudga kelgandan sung, insondan «gapiruvchi qurol» sifatida foydalanishdan voz kechilgan. Endilikda yirik feodallar qaram dexkonlarni turli turli yo‘llar bilan ezib qaramlikda ushlab turganlar. Ular barcha davlatda imtiyozli katlam bo‘lib, davlatning barcha boshkaruv organlarini egallab olishganlar va o‘z manfaatlarini ko‘zlagan xolda davlat hokimiyatini amalga oshirganlar.
Feodal jamiyatidan farkli ravishda kapitalistik tuzumda, anikrogi uning dastlabki rivojlanish boskichlarida, insonlar bir muncha xak — huquqlarga ega bo‘la borganlar. Bu tuzumda davlatning asosiy funksiyasi iqtisodiy usishni ta’minlash va davlatning iqtisodiy kudratini oshirishdan iborat bo‘lgan. Rivojlangan kapitalizm davrida esa davlatlarning tashqi siyosatining asosini mustamlakachilik siyosati tashkil eta boshlagan.
XX asrning boshlariga kelib, sotsializmning vujudga kelishi dunyoning ikki qutbli bo‘lishiga olib kelgan. Natijada esa sotsialistik tuzum tarafdorlari o‘z siysatlarini sotsialistik goyalar asosida, kapitalistik davlatlar esa kapitalistik goyalar asosida amalga oshira borganlar. Dunyoning ikki kutbli bo‘lib kolishi davlatlarning kurollanish poygasiga zur berilishiga olib kelgan. Bu esa davlatning asosiy funksiyalaridan biriga aylanib ham kolgan.
XX asrda fan va texniqaning mislsiz tarakkiy etishi barcha davlatlarda fan — texnika va bilimni rivojlantirish ham asosiy funksiyalaridan biriga aylanishi ham mantikiy jarayon bo‘lgan. XX asrning 70 yillarida ko‘zga yakkol tashlana boshlagan korrupsiya, narkobiznes, terrorizm kabi salbiy illatlar davlatlarga jiddiy xavf sola boshladi. Natijada barcha davlatlarning ichki va tashqi funksiyalarining asosini ushbu illatlarga karshi kurashish tashkil eta bordi.
Milliy va etnik mojarolar va diniy ekstremizm ham davlatlar tarakkiyetiga jidddy tusik bo‘lib koldi. Bu illatlarga karshi kurash uchun davlatlar hamkorlikda kurash olib bora boshladilar. Bu jarayenlar esa o‘z navbatida davlatlarning turli yangi funksiyalarini vujudga kelganligidan dalolat beradi.
Quldorlik tuzumi yoki feodal tuzumlarda yukoridagi funksiyalar deyarli uchramaydi.Chunki bu davrda jamiyat xali bir muncha sodda ko‘rinishga ega edi va ijtimoiy munosabatlar ham unchalik ko‘p va murakkab bo‘lmagan. Birok, vaqt o‘tishi bilan va insoniyat ongining rivojlanishi, ijtimoiy munosabatlarning murakkablashuvi natijasida davlatlarning ma’lum bir funksiyalari yukolib, (masalan kullarni ekspluatatsiya qilish kabi) ma’lum birlari esa takomillashib, yoki o‘zgacha tus olib, yexud umuman yangi funksiyalar, jumladan, kosmosni tinch maqsadlarda o‘zlashtirish, terrorizm,diniy ekstremizm v boshka illatlarga karshi kurashish kabi funksiyalar shakllandi. Bu jarayonlarning barchasi davlat funksiyalari doimo o‘zgaruvchan, kotib kolmagan xodisalar ekanligini yakkol namoyen etadi.
2.3. O‘zbekiston Respublikasining asosiy funksiyalari
XX asrning 90 yillariga kelib sotsialistik tuzumning yemirilishi dunening ko‘p kutbli bo‘lishiga olib keldi va ba’zi bir davlatlarning funksiyalari tubdan o‘zgarilishiga sabab bo‘ldi Sotsialistik yo‘nalishdagi ko‘pgina davlatlar o‘z siyosatlarini, davlat funksiyalarini yangicha tartibda olib bora boshladilar. Ular rivojlanishning bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanladilar va tez orada jaxon hamjamiyati bilan integratsiyalasha booshladilar. Shu jumladan O‘zbekiston ham o‘z mustaqilligini kulga kiritgach o‘zining funksiyalarini belgilab oldi va shu funksiyalar asosida boskichma — boskich rivojlanish sulini tutdi
Hozirgi kunda O‘zbekiston respublikasining ichki funksiyasining eng muhim soxasi bu iqtisodiy funksiyadir. O‘zbekiston Respublikasining bevosita iqtisodiy funksiyasiga utishdan oldin davlatimiz tarakkiyetining asosiy maqsadini tavsiflash lozim. Buning uchun Prezident I A Karimov kuyidagi so‘zlarini keltirish o‘rinlidir: «Barkaror bozor iqtisodiyoti ochik tashqi siyosatga asoslangan kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish pirovard maqsad bo‘lib kolishi kerak».

Yüklə 135,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə