Reja: Kirish bob. Davlat funksiyalari tushunchasi va tasnifi


O‘zbekiston Respublikasining asosiy funksiyalari orasida quyidagi iqtisodiy funksiyalarni ko’rsatish mumkin



Yüklə 135,5 Kb.
səhifə5/8
tarix28.11.2023
ölçüsü135,5 Kb.
#138612
1   2   3   4   5   6   7   8
davlat tomonidan bajariladigan funksiyalar

O‘zbekiston Respublikasining asosiy funksiyalari orasida quyidagi iqtisodiy funksiyalarni ko’rsatish mumkin

  • mamlakat iqtisodiy tarakkiyetining umumiy dasturlarini belgilash;

  • iqtisodiyotning eng ustuvor tarmoklarin ragbatlantirish;

  • tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun kulay shart —sharoitlarni yaratish;

  • aholini ish bilan ta’minlash buyicha yangi siyosatni shakllantirish;

Shuni ta’kidlash lozimki, bu funksiyalarni shunday belgilab olish xech qanday samara bermaydi. Bu funksiyalarga ogishmay amal qilish, ularni bajarish juda muhimdir. Shu munosabat bilan mustaqillik yillarida iqtisodiyot soxasida chukur o‘zgarishlar sodir bo‘lganligini mamnuniyat bilan ta’kidlash mumkin.
Birinchidan, mulkka bo‘lgan munosabatda tub o‘zgarishlar ruy berdi Xususiylashtirish va mulkni davlat tasarrufidan chikarish dasturlarini amalga oshirish xisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyot tarkib topdi.
Ikkinchidan, xujalik yuritishning ma’muriy buyruqbozlik usullari yukotildi. Bozor omillari kengrok joriy etildi.
Uchinchidan, bozor infratuzilmasi shakllantirildi, yangi banklar, solik tizimlari tashkil etildi, fond va xom ashe birjalari, lizing kompaniyalari tarmogi tashkil etildi, kimmatli kogozlar bozori shakllantirilmokda.
Davlatning asosiy tashqi funksiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:  boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik funksiyasi;  mudofaa funksiyasi. Boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik funksiyasi – bu davlatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa munosabatlarni o'rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatidir. Jamiyat rivojlanishining zamonaviy darajasi barcha taraqqiy etgan davlatlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy turmushini intyegrasiyalashtirish, har bir davlatning alohida ichki muammolari hamda butun jahon hamjamiyati muammolarini yanada samarali hal qilish uchun ularning umumiy sa'y-harakatlarini birlashtirishni ob'yektiv ravishda taqozo etadi. Bunday hamkorlik intyegrasiya masalalariga kyeng va o'zaro foydali yondashuvni, nafaqat muayyan bir mamlakat, balki hamkorlikning boshqa ishtirokchilari manfaatlariga ham javob byeradigan rasional yechimlarni umumiy harakatlar bilan topa bilishni nazarda tutadi. Davlatlararo iqtisodiy hamkorlikda xalqaro myehnat taqsimoti, ishlab chiqarishni koopyerasiyalashtirish va ixtisoslashtirish, eng yangi tyexnologiyalarni ayirboshlash va joriy etish, tovar aylanishini muvofiqlashtirish, moliya-kryedit aloqalarini rivojlantirish muhim o'rin tutadi. Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni umumiy muvofiqlashtirishni Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari amalga
oshiradi. Shuningdyek, iqtisodiy hamkorlik davlatlar o'rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar asosida ham amalga oshiriladi. Davlatlarning siyosiy sohadagi hamkorligi davlat hokimiyatining barcha tarmoqlarida, ya'ni parlamyentlararo, hukumatlararo miqyosda amalga oshiriladi. BMT hozirgi zamon davlatlarining siyosiy manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi asosiy xalqaro organ hisoblanadi. Nizolarni, shu jumladan qurolli mojarolarni tartibga solish masalalari bilan BMTning doimiy faoliyat yurituvchi organi – Xavfsizlik kyengashi shug'ullanadi. Unga xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, davlatlararo munosabatlarning turli sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha kyeng huquqlar byerilgan. Jahonda siyosiy barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash ishiga mintaqaviy xalqaro tashkilotlar Shanxay hamkorlik tashkiloti, Amyerika davlatlari tashkiloti va boshqalar ham munosib hissa qo'shmoqda. Siyosiy xususiyatga ega bo'lgan ko'pgina masalalarni davlatlar byevosita diplomatik yo'l bilan ikki yoki ko'p tomonlama muzokaralar asosida hal qiladi. Madaniy va ilmiy-tyexnik hamkorlik turli shakllarda va davlatlararo miqyosda amalga oshiriladi. BMTda bunday hamkorlikni muvofiqlashtirish bilan ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha ixtisoslashgan muassasalar (YuNYeSKO), Xalqaro atom enyergyetikasi xalqaro agyentligi (MAGATE) va boshqa tashkilotlar shug'ullanadi. Madaniy va ilmiy-tyexnik rivojlanishning alohida masalalari esa davlatlar va nohukumat tashkilotlari o'rtasidagi ikki tomonlama yoki ko'p tomonlama shartnomalar asosida hal qilinadi. Xalqaro va ilmiy-tyexnik hamkorlik doirasida ilmiy ma'lumotlar, san'at asarlari, musiqa va sahna madaniyati yutuqlarini almashish, o'zaro mutaxassislar tayyorlash, fan va madaniyat masalalariga doir turli konfyeryensiyalar va fyestivallar, olimlar, madaniyat arboblari va sportchilar o'rtasida byevosita aloqalar o'rnatiladi. Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik yer yuzida normal ekologik vaziyatni saqlash bo'yicha ko'pgina davlatlarning sa'y-harakatlarini birlashtiradi. Ushbu faoliyat kyeng qamrovli xususiyatga ega bo'lib, insonning yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan ekologik sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. U BMTning ixtisoslashgan muassasalari yo'nalishida hamda mintaqaviy va boshqa davlatlararo organlar doirasida faol amalga oshiriladi. Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun davlatlarning tibbiyot, biologiya, kosmonavtika va elyektronika sohalaridagi eng so'nggi
yutuqlari qo'llaniladi. Davlatlarning tashqi faoliyati xalqaro huquqiy normalarga asoslanadi hamda jahon hamjamiyatiga kiruvchi barcha xalqlarning tub manfaatlari va milliy xususiyatlarini hisobga oladi. Mudofaa funksiyasi. Davlatning mamlakatni tashqi tazyiqlardan mudofaa qilish funksiyasi davlat faoliyatining muhim yo'nalishi hisoblanadi. Davlatning mudofaa funksiyasi iqtisodiy, siyosiy, diplomatik va harbiy usullar bilan amalga oshiriladi. Hozirgi zamon davlatlarining aksariyati mudofaa doktrinasini qabul qilgan bo'lib, uning mohiyati boshqa davlat yoki davlatlar guruhi tomonidan uyushtirilishi mumkin bo'lgan agryessiyani bartaraf etish uchun maqbul darajada yetarli bo'lgan kuch va vositalarni yaratishdan iborat. Harbiy qarshilik masalalariga bunday yondashuv xalqlar hayotida urushlar ro'y byerishi ehtimolini jiddiy kamaytiradi va kyelgusida ularning syekin-asta yo'qolib borishi istiqbolini nazarda tutadi. Mamlakat mudofaasi funksiyasi tushunchasi kyeng qamrovli va ko'p qirralidir. U mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, tinchlik davri va harbiy davrda qurolli kuchlarning jangovar qudratini saqlash bo'yicha davlat tadbirlarining butun tizimini o'z ichiga oladi. Davlatning mudofaa faoliyati uning mudofaa doktrinasiga asoslanadi va quyidagi asosiy yo'nalishlardan tashkil topadi: mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlash, qurolli kuchlarni muntazam takomillashtirish, ularning jangovar qobiliyati va tayyorgarligi darajasini oshirib borish, davlat chyegaralarini qo'riqlash, fuqarolar mudofaasini tashkil qilish, qurolli kuchlar zaxirasini harbiy tayyorlash va boshqalar.
Davlat funksiyalari amal qilish davomiyligi bo'yicha doimiy va muvaqqat (vaqtinchalik)ga bo'linadi. Doimiy funksiyalar qatoriga davlat mavjudligining va rivojlanishining barcha bosqichlariga xos bo'lgan funksiyalar (masalan: iqtisodiy funksiya) kiritilsa, muvaqqat funksiyalarga esa davlat o'z oldiga qo'ygan muayyan maqsad va vazifalarni amalga oshirishi bilan o'z ahamiyatini yo'qotadigan funksiyalar kiritiladi (masalan, tabiiy yoki tyexnogyen halokat va ularning oqibatlarini bartaraf etish va boshqalar). Ijtimoiy ahamiyatiga ko'ra davlat funksiyalari asosiy va asosiy bo'lmagan funksiyalarga bo'linadi. Davlatning asosiy va asosiy bo'lmagan funksiyalari o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lib, davlat taraqqiyotining muayyan
bosqichida u yoki bu funksiyalar ijtimoiy ahamiyati yuzasidan ustuvor ahamiyat kasb etadi. Albatta, bunday tasniflash shartli ahamiyat kasb etadi. Muayyan davlatning har bir funksiyasi shu davlat uchun ob'yektiv zaruratdir. Davlat faoliyatining barcha turlari tyeng darajada muhim, biroq bu fikr, turli bosqichlarda birinchi navbatda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan ustuvor yo'nalishlarni byelgilab olish imkoniyatini istisno qilmaydi. Mana shu ustuvor yo'nalishlar davlatning asosiy faoliyat yo'nalishlari, funksiyalariga aylanadi. Amalga oshirishning huquqiy shakllari bo'yicha davlat funksiyalarini quyidagicha tasniflash mumkin: huquq ijodkorligi; ijro etish; huquqni muhofaza qilish.
To‘rtinchchidan, o‘zimizning pul tizimimiz yaratildi.
Beshinchidan, iqtisodiy va moliyaviy barkarorlikka erishildi, inflyatsiya darajasi kiskartirildi.
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy vaziflarni belgilab olish kuyidagi ijtimoiy funksiyalarni keltirib chiqaradi:
jamiyatning yerdamga muhtoj a’zolarini ijtimoiy qo‘llab —quvvatlash;
sog‘likni saklashga, xalq ta’limiga, madaniy muassasaalar qurishga zarur bo‘lgan mablag‘larni ajratish;
yalpi ijtimoiy himoyadan ishonchli ijtimoiy kafolatlar tizimiga izchil o‘tishni amalga oshirish;
adolat ustuvorligiga og‘ishmay amal qilish tamoyili.
Yangi ijtimoiy siyosatni shakllantirish zarurati xakida gapirib, Prezident I.Karimov quyidagilarni ta’kidlagan: «Islohotlar davomida kishilar o‘z mehnat va akliy imkoniyatlarini amalga oshirishlari, qilgan mehnatlariga munosib xak olishlari uchun konstitutsiyada ko‘zda tutilgan teng ijtimoiy kafolatlar va imkoniyatlarni ta’minlash zarur. Tashabbuskorlik va omilkorlik butun choralar bilan ragbatlantirilishi lozim. Haqiqatan, yordamga muhtoj aholini aniklab, shunga qarab ularni ijtimoiy qo‘llab — kuvvatlashga utish jarayenini kuchaytirish jarayenini kuchaytirish zarur».
O‘zbekiston Respublikasi ichiki funksiyasiga yana moliyaviy nazaorat funksiyasi ham kiradi. Bu funksiya bevosita solik siyosati bilan boglikdir. O‘z navbatida Prezidentimiz ta’kidlaganidek: «Solik tizimning eng muhim vazifasi — ishlab chikarishni rivojlantirishga, moddiy xom —ashe, tabiiy — moliyaviy va mehnat resurslaridan, tuplangan mol —mulkdan samarali foydalanishga ragbatlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishdir».

Yüklə 135,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə