Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/106
tarix28.11.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#133219
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

Texnologik tarozilar. 
Texnoloik tarozilar asosan kimyo-texnologiy 
sohasida qo‘llaniladi. Ular quyidagi guruhlarga ajratiladi: umumiy turdagi tarozilar 
(platformali, siferblatli, vagon tarozilari, avtomobil tarozilari); maxsus tarozilar – 
diskret (porsion) va uzluksiz totuvchi (konveyer) tarozilar; elektron tortish 
qurilmalari; dozatorlar. 
Porsion tarozilar tarasiz tarozilar, qadoqlash tarozilari va upakovkalash 
tarozilariga bo‘linadi.


126 
Porsion tarozilar moddalar va jismlarning bir bo‘lagi (porsiyasi) ning 
massasini tortishda qo‘llaniladi, ular massasi grammning ulushlaridan bir necha 
tonnagacha massali buyumlarni tortishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu tarozilarning 
nisbiy xatoligi 01,-2,0% ga teng bo‘ladi. Quyidagi 83-rasmda porsion tarozining 
porsion tarozining sxemasi berilgan. 
83-rasm. Avtomatik porsiyalash tarozisi: 1-qo‘sh tarozi shayini; 2-cho‘mich (kovsh); 3-tarozi 
toshini tutqich; 4-gravitatsion ta’minlagich; 5-qopqoq; 6-taglik; 7-tambalash (qulflash) 
mexanizmi; 8-posangi. 
3.12. Temperaturani o‘lchash asboblari 
 
Temperatura
- (lotincha “temperature – meyoriy holatdan siljish” degan 
ma’noni anglatadi) tizimlarning termodinamik muvozanat holatini tavsiflovchi 
fizik kattalik bо‘lib, jismlarning isiganlik darajasini bildiradi. 
Deyarli barcha 
texnologik jarayonlar va moddalarning turli xossalari temperaturaga bog‘liq. 
Temperatura bosim va hajm bilan bir qatorda modda holatini tavsiflovchi 
uchta kattalikdan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan 
о‘lchashlarning 80% ini temperaturani о‘lchash tashkil qiladi, chunki 


127 
temperaturaning qiymati ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini, texnologik 
jarayonlarni amalga oshish samarasini, texnologik jihozlarning xavfsiz ishlashini 
belgilaydi. Temperatura moddaning issiqlik holatini tavsiflaydi va u modda 
molekulalarining о‘rtacha kinetik energiyasiga proporsionaldir.
Temperatura jadal (faol, dinamik) kattalik (uzunlik, massa va boshqa ekstensiv 
kattaliklardan farqli tarzda) hisoblanadi. Agar bir jinsli jismni teng ikkiga bо‘linsa, 
unda uning massasi ham ikkiga ajraladi. Temperatura intensiv kattalik bо‘lib, 
bunday additiv xossaga ega emas, ya’ni termik muvozanatga kiruvchi tizimning 
ixtiyoriy mikroskopik qismi bir xil temperaturaga ega bо‘ladi. Shuning uchun ham 
ekstensiv kattaliklarniki kabi temperaturaning etalonini yaratib bо‘lmaydi. 
Temperaturani faqatgina bilvosita о‘lchash mumkin bо‘lib, bu jismlarning fizik 
xossalarini temperaturani о‘zgarishiga bog‘liqligiga asoslanadi. Jismlarning bunday 
xossalari 
termometrik xossalar
deb ataladi. Ushbu xossalarga zichlik, uzunlik, hajm, 
elektr qarshilik va boshqalar kiradi. 
Turli xil usullar asosida turli vositalar bilan olingan о‘lchash natijalarini 
unifikatsiyalash (bir xillashtirish) uchun xalqaro temperatura shkalasi qо‘llaniladi. 
Temperaturani о‘lchash texnikasining taraqqiyotiga kо‘ra turlicha temperatura 
shkalalari qо‘llanilgan: Xalqaro amaliy harorat shkalasi - XAHSH-27, XAHSH-68, 
XAHSH-90 (raqamlar shkalalarning xalqaro miqiyosda qabul qilingan yilini 
bildiradi). 
Metrologik 
jihatdan 
qaraganda 
temperatura 
additivlik 
qonuniga 
bо‘ysunmaydigan kattalik hisoblanadi (
additivlik
– biror bir butun jismni 
tavsiflovchi kattalikning qiymati shu jismni qay tarzda qismlarga ajratilganligidan 
qat’iy nazar ajratilgan qismlarni tavsiflovchi kattaliklarni yig‘indisidan tashkil 
topuvchi kattalikning xossasi). Shuning uchun ham temperaturani о‘lchash uchun 
nafaqat о‘lchov birligi, balki temperatura funksional bog‘liq bо‘lgan, additivlik 
qonuniga bо‘ysunuvchi biror bir kattalik (maslan, EYUK, qarshilik va shu kabi) 
shkalasi ham kerak bо‘lib, shu katalik orqali temperatura aniqlanadi. 
 
Temperatura o‘lchaydigan asbobni, ya’ni termometrni 1598-yilda Galiley 
birinchi bo‘lib kashf etgan. Unda termometrik modda, ya’ni qizitilganda 


128 
kengayadigan modda sifatida suvdan foydalanilgan. So‘ngra M.V. Lomonosov
Farengeytlar termometr ishlab chiqishgan.

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə