to’plamchalar, ayrim maydonlarda yiringli ajralmalar bo’lib, po’stloqlar xosil
qilganligi ko’rinadi. Kasallik surunkali kechadi va vaqti-vaqti bilan avj olib, bir
necha oy davom etishi mumkin. Ba’zan u ikkilamchi ekzemaga aylanadi.
Davolash. Tadbirlar ambulatorya sharoitda o’tkaziladi. Sikoz
bilan zararlangan ter-
iga borat yoki salisilat spirit bilan ishlov beriladi. Po’stloqlarni yumshatish maqsa-
dida burun bo’shlig’iga levamekol yoki levosinol, 3% li salisilat yoki oq simob
malhami surtiladi. Zararlangan maydonnig barcha tuklari pinset yordamida olib
tashlanadi, sintomisin, oksikord yoki geoksizon, gidrokortizon malhamlari surti-
ladi. Tuklarni mexanik usulda olib tashlash juda og’riqli jarayon hisoblanadi.
Shuning uchun ayrim hollarda ularga rentgen nurlari yordamida ta’sir ko’rsatiladi.
Rentgen nurlari tuklarni to’kilishiga yordam beradi. Kasallik uzoq vaqt davomida
mahalliy tadbirlardan tashqari bemorga umumiy antibatsterial terapiya, polivita-
minlar, stafilakokkka qarshi gamma globulin, fizioterapiya muolajalaridan
UBN,UBCh tavsiya qilinadi. Kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablar bartaraf eti-
ladi.
1.7.
Burun ekzemasi.
Burun ekzemasi- burun dahlizi sohasining o’tkir serozli yallig’lanishi va turli
toshmalar bilan kechuvchi burun terisining surunkali qaytalanuvchi yallig’lanishi.
Ekzemani quyidagi klinik shakllari tafovut qilinadi.
Chin (idiopatik) ekzema- o’tkir yallig’lanishli shishli eritema mayda, nam-
lanib turuvchi, qatqaloq xosil qiluvchi pufakchalar ko’rinishidagi toshma
toshishi bilan xarakterlanadi.
Mikrobli ekzema- surunkali infeksiya o’choqlari o’rnida joylashadi, katta
festonli chegaralangan yallig’lanishli o’choqlar xosil qiladi.
Seboreyali ekzema- yog’ bezlariga boy sohada teri maydonlarida, eritema-
toz ter tushishli dog’ lar ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Kasb ekzemasi- kasbiy zararlanish ta’siri ostida, terining ochiq joylariga
toshadi.
Klinikasi. Bemorning umumiy ahvoli o’zgarmaydi. Burun dahlizi va yuqori lablar
sohasida teri qizarib, shishadi, ba’zan qichiydi va yoriladi, uning epidermis qatlami
ko’chadi, pufakchalar va po’stloqlar xosil bo’ladi. Ba’zan (ayniqsa bolalarda) ja-
rayon yuz, quloq va bosh terisiga tarqalishi mumkin. Ekzema chipqon, sikoz va
saramas kasalliklarining rivojlanishiga yordam beradi. Kasallik sabablarini, pato-
genetik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda bemorning immunologik holati, OIT
faoliyati tekshiriladi, yashirin infeksiya o’choqlari, kasb omillari aniqlanadi.
Davolash. Tadbirlar dermotolog bilan birgalikda olib boriladi. Birinchi navbatda
yashirin infeksiya o’choqlari (surunkali tonzillit, kareisli tish, surunkali sinusitlar,
surunkali rinit) bartaraf etiladi. Teriga yallig’lanishga qarshi chora tadbirlar (le-