Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/71
tarix18.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#44495
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71

 
Og’ir-  papulopustulyoz  toshmalar  40  tadan  ko’p  bo’lib,  abssesslangan, 
flegmanoz yoki konglobal turlariga o’ygan bo’lishi 
      Davolash. Umumiy keltirib chiqargan sabablar (surunkali infeksiya o’choqlari, 
endokrin  kasalliklar,  immunodefisit  holatlar,  OIT  kasalliklari  va  hak)  bartaraf  et-
ishdan  boshlanadi.  Bunda  teri  mikroserkulyasiyasini  yaxshlovchi  moddalar  (ni-
kotinat  ksantinol,  eskuzan),  OIT  faoliyatini  yaxshilovchilar  (festal,  mezim  forte, 
xilak  forte,  bifidum-bakterin),  yallig’lanishga  qarshi  (metronidazole  bir  kunda  3 
mahal ichish, prednizolon kuniga 30 mg dan 2 hafta davomida) dori vositalari ish-
latiladi.  
      O’qir  shakillarida  jarayon  yuqori  labga,  burun  atrofidagi  yumshoq  to’qimaga 
yiring  tarqash  xavfi  bo’lsa  yuz  –jag’  jarrohlari  bilan  birgalikda  davo  muolajalari 
olib boriladi.  
       Davolashni  samaradorligini  oshirish  uchun  genikolog-endokrinolog,  derma-
tolog, gastroenterolog maslahatlari kerak bo’ladi. 
 
1.5.
 
Rinofima. 
     Rinofima  (grek.  Rhinos-burun  va  phyma-  o’simta)-  burun  terisining  hamma 
elementlarini  gipertrofiyasiga,  tashqi  burunni  kattalashuvi  va  xunuk  bo’lishiga 
sabab bo’luvchi burun terisining surunkali kasalligi hisoblanadi (1.8 rasm). 
Etiologiyasi. Hali oxirigacha o’rganilmagan. Ko’p hollarda pushti donatshalarning 
oxirgi bosqichi deb qaraladi. Lekin bu biosqichni o’tmasdan turib rinofima kasalli-
gi bilan kasallanishi mumkin. Xavf omillariga alkogolizm, OIT faoliyati kasallikla-
ri,  atshchiq  taom  iste’mol  qilish,  atmosferaga  bog’liq  kasbiy  kasalliklar  kiradi. 
Kasallik ayo’llarga nisbatan, 40-50 yoshli erkaklarda ko’proq uchraydi. 
 
                     
 
 
       Klinikasi.  Yillar  davomida  sekin  kechadi.  Ma’lum  bir  o’tkir  kasallik  tufayli 
o’sishi  tezlashishi  mumkin.  Rinofimani  2  xil shakli bo’lib:  1)  fibroz-  angiektotik 
(g’adir-budur); 2) bezli (rangli rasm 2 a, b). 
1.8 rasm.  Rinofima. A- yon tomondan ko’rinishi; b- to’g’ridan ko’rinishi. 


     Kasallikning  birinchi  bosqichida  terining  gipertrofiya  bo’lgan  qismlari  kat-
talashib boradi, ma’lum davr o’tgandan keyin qon tomirlar to’ri paydo bo’lgandan 
keyin  to’q  qizil  (“malinasimon  burun”)  rangni  egallaydi.  G’adir-budir  shakli  bu-
running uchidan va qanotlaridan boshlanib kattalasha boradi, ma’lum bir kattalikka 
yetgandan  keyin,  pastqa  qarab  osilib  qoladi  va  burundan  nafas  olish  qiyinchilik 
tug’diradi. 
     Rinofima  yumshoq  konsistensiyaga  ega  bo’lib,  ustida  yog’  bezlarini  ajralma-
larini  sezish  mumkin.  Rangi  odatdagi  rangdan,  sarig’,  qizil  va  hatto  ko’kimtir 
ranggacha  bo’lishi  mumkin.  Burun  tog’aylari  o’zgarmaydi,  gohida  yupqalashadi 
yoki qalinlashadi. 
Davosi. Jarrohlik usulida olib borilib 4 xil usul asosida qilinadi.  
1.
 
O’smani ponasimon kesib olib tashlash va chok qoyish. 
2.
 
V-simon va T- simon kesma orqali teri osti qavatdan gipertrofiyalangan bi-
riktiruvchi to’qimalarni olib tashlash ( g’adir-budur turida). 
3.
 
Teri  yog’  bezlarini  saqlagan  holda,  teri  va  gipertrofiyalangan  biriktiruvchi 
to’qimalarni  qavatma-qavat  olib  tashlash  (dekortikasiya),  keyinchalik 
epitelizatsiya uchun. 
4.
 
Chuqun dekortikasiya, hamma qavatlarini to’liq olib tashlash va keyinchalik, 
peshona va lunjdan plastika uchun erkin loskut olib, dekoprikasiya qilingan 
sohani plastika qilishdan iborat.  
Hozirgi  kunda  jarrohlik  amaliyotida  lazer  nurlaridan  foydalanish  katta  samara 
bermoqda. 
1.6.
 
Sikoz. 
     Burun  bo’shlig’i  dahlizining  sikozi  (sycosis  vulgaris  vestibule  nasi, 
grek.sycosis-  yara-  chaqa  bo’lmoq)-  burun  dahlizi  tukli  follikulalarini  va  atrof 
to’qimalarining  chegaralangan  yiringli  yallig’lanishi  bo’lib,  uni  stafilakokk  va 
streptokokk chaqiradi.  
Infeksiya  burun  dahlizi  barmoqlar  bilan  tozalanganda  sodir  bo’lgan  mikrojaro-
hatlar  orqali  kiradi. Burunda  yiringli  ajralma  oqishi  bilan  kechgan  rinit  va  sinusit 
sikozning  rivojlanishiga yordam berishi mumkin. Sikoz kasalligida burun dahliz-
ida alohida-alohida joylashgan yiringli to’plamchalar va yiringli po’stloqchalar bi-
lan qoplanadi, bu maydonda terining shishi va infiltrasiyasi aniqlanadi. Ba’zan ja-
rayon chegaralangan xarakterga ega bo’lib, burun uchining yuqori burchagida joy-
lashganda kasallikni aniqlash qiyin bo’ladi. Bunda zararlangan maydonni ko’zdan 
kechirish uchun kichik halqum ko’zgusidan foydalaniladi. 
Klinikasi.  Bemorni  vaqti-vaqti  bilan  burni  qichishi,  og’rishi,  b  urun  orqali  nafas 
olishni  qiyinlashtiruvchi  po’stloqlar  xosil  bo’lishi,  burun  dahlizi  terisining 
qizarishi,  shishi  va  og’rishi  bezovta  qiladi.  Tukli  follikulalar  sohasida  yiringli 


to’plamchalar,  ayrim  maydonlarda  yiringli  ajralmalar  bo’lib,  po’stloqlar  xosil 
qilganligi  ko’rinadi.  Kasallik  surunkali  kechadi  va  vaqti-vaqti  bilan  avj  olib,  bir 
necha oy davom etishi mumkin. Ba’zan u ikkilamchi ekzemaga aylanadi. 
Davolash. Tadbirlar ambulatorya sharoitda o’tkaziladi. Sikoz bilan zararlangan ter-
iga borat yoki salisilat spirit bilan ishlov beriladi. Po’stloqlarni yumshatish maqsa-
dida  burun  bo’shlig’iga  levamekol  yoki  levosinol,  3%  li  salisilat  yoki  oq  simob 
malhami  surtiladi.  Zararlangan  maydonnig  barcha  tuklari  pinset  yordamida  olib 
tashlanadi,  sintomisin,  oksikord  yoki  geoksizon,  gidrokortizon  malhamlari  surti-
ladi.  Tuklarni  mexanik  usulda  olib  tashlash  juda  og’riqli  jarayon  hisoblanadi. 
Shuning uchun ayrim hollarda ularga rentgen nurlari yordamida ta’sir ko’rsatiladi. 
Rentgen nurlari tuklarni to’kilishiga yordam beradi. Kasallik uzoq vaqt davomida 
mahalliy  tadbirlardan  tashqari  bemorga  umumiy  antibatsterial  terapiya,  polivita-
minlar,  stafilakokkka  qarshi  gamma  globulin,  fizioterapiya  muolajalaridan 
UBN,UBCh  tavsiya  qilinadi.  Kasallikni  keltirib  chiqaruvchi  sabablar  bartaraf  eti-
ladi. 
1.7.
 
Burun ekzemasi. 
     Burun ekzemasi- burun  dahlizi  sohasining o’tkir serozli  yallig’lanishi va  turli 
toshmalar bilan kechuvchi burun terisining surunkali qaytalanuvchi yallig’lanishi.  
Ekzemani quyidagi klinik shakllari tafovut qilinadi. 
 
Chin (idiopatik) ekzema- o’tkir yallig’lanishli shishli eritema mayda, nam-
lanib  turuvchi,  qatqaloq  xosil  qiluvchi  pufakchalar  ko’rinishidagi  toshma 
toshishi bilan xarakterlanadi. 
 
Mikrobli  ekzema-  surunkali  infeksiya  o’choqlari  o’rnida  joylashadi,  katta 
festonli chegaralangan yallig’lanishli o’choqlar xosil qiladi. 
 
Seboreyali  ekzema-  yog’  bezlariga  boy  sohada teri  maydonlarida, eritema-
toz ter tushishli dog’ lar ko’rinishida namoyon bo’ladi.   
 
Kasb  ekzemasi-  kasbiy  zararlanish  ta’siri  ostida,  terining  ochiq  joylariga 
toshadi.   
Klinikasi. Bemorning umumiy ahvoli o’zgarmaydi. Burun dahlizi va yuqori lablar 
sohasida teri qizarib, shishadi, ba’zan qichiydi va yoriladi, uning epidermis qatlami 
ko’chadi,  pufakchalar  va po’stloqlar  xosil  bo’ladi.  Ba’zan  (ayniqsa  bolalarda)  ja-
rayon  yuz,  quloq  va  bosh  terisiga  tarqalishi  mumkin.  Ekzema  chipqon,  sikoz  va 
saramas  kasalliklarining  rivojlanishiga  yordam  beradi.  Kasallik  sabablarini,  pato-
genetik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda bemorning immunologik holati, OIT 
faoliyati tekshiriladi, yashirin infeksiya o’choqlari, kasb omillari aniqlanadi. 
Davolash.  Tadbirlar  dermotolog  bilan  birgalikda  olib  boriladi.  Birinchi  navbatda 
yashirin infeksiya o’choqlari (surunkali tonzillit, kareisli tish, surunkali sinusitlar, 
surunkali  rinit)  bartaraf  etiladi.  Teriga  yallig’lanishga  qarshi  chora  tadbirlar  (le-


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə