Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/71
tarix18.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#44495
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Birinchi  4  tasi  burun  to’sig’i  tog’ayining  oldingi  qirrasini  pozisiyasini  o’zgarishi 
bilan bog’liq. 5chi 6 chi tiplari qattiq tanglayga nisbatan  parallel burun to’sig’ini 
qiyshayishi. 7 tipi esa yuqorida sanab o’tilgan turlarning kombinasiyasidan iborat   
(1.9. rasm). 
I-
 
Tip-  burun  klapani  sohasida  tog’ayni  vertikal  qiyashayishi,  ammo  klapan 
ishlash  funksiyasiga  xalaqit  bermaydi.  Qiyshiqlik  burun  klapanining  pastki  bur-
chagida  va  lateral  tog’ayning  pastki  kaudal  qismida  joylashgan.  Bunday  tipdagi 
qiyshiqlik travmalardan keyingi holatga xos. 
II-
 
Tip-  Burun  klapaninig  burchagi  sohasi,  burun  klapani  sohasi  vertikal 
qiyshayish bilan xarakterlanadi va klapan faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bun-
day tipdagi qiyshiqlik travmalardan keyingi holatga xos. 
III-
 
Tip-  Burun  o’rta  chig’anog’ining  oldingi  qismi  sohasidagi  vertikal 
qiyshiqlik. Bunday tipdagi qiyshiqlik irsiyatga (genetik) bog’liq. 
IV-
 
Tip-  Ikkita  vertikal  qiyshiklik  bilan  xarakterlanadi:  1)  burun  klapani  so-
hasida;  2)  burun  o’rta  chig’anog’ining  oldingi  qismi  qarama-qarshi  tomoni  so-
hasida. Bunday tipdagi qiyshiqlik ham travmadan keying holatda va nasliy bo’lishi 
mumkin. 
V-
 
Tip-  burun  to’sig’ining  asos  qismida  taroqsimon  shakldagi  qiyshiqlik  bi-
lan  xarakterlanadi.  Xuddi  qadimgi  turklarning  qiyshaygan  qilichiga  o’xshash 
bo’ladi. Bunday tipda qiyshiqlik irsiy bo’ladi. 
 
 
 
 
 
 

II 
III 
IV 

VI 
VII 
1.9 rasm. R.Mladina bo’yicha 7 xil burun to’sig’ining qiyshiqliklari. 


VI-
 
Tip- burun to’sig’ining bazal qismida chuqur ariqqa oxshab qiyshayish bi-
lan xarakterlanadi. Bu burun to’sig’ining tanglay qismi tomonida va intermaxillyar 
suyakning  gipertrofiya  bo’lgan  qanoti  orasida  joylashgan  bo’ladi.  Bunda  burun 
bo’shlig’ining o’ng va  chap qismlari bir-biriga nisbatan  assimetrik tuzilishga  ega 
bo’ladi. Bunday tipda qiyshiqlik irsiy bo’ladi. 
VII-
 
Tip-  yuqorida  sanab  o’tilgan  barcha  qiyshiqliklarni  kombinasiyalaridan 
iborat bo’ladi.  
         R.  Mladina  va  L.  Bastaik  (1997)ning  turli  mamlakatlarda  o’tkazgan 
tekshruvlarida burun to’sig’i qiyshiqligi kattalarda 90% gacha aniqlashga muyassar 
bo’lganlar.  I  va  II  tipdagi  qiyshiqlik  kombinasiyalari  16,3%  ni  tashkil  etgan.  III 
tipdagi  qiyshiqlik  esa  20,36%  ni  tashkil  etgan.  V  tipdagi  qiyshiqlik  13,98%  ni 
tashkil  etgan. 10,81%  aholida  esa  burun  qiyshiqligi  aniqlanmagan.  Mladinani  ay-
tishicha,  yuqoridagi  klassifikasiya  barcha  mamlakatlarda  millati  va  irqidan  qat’iy 
nazar ishlatilishi mumkin.  
        Qiyshiqlik  burunning  hamma  sohalarida  uchrashi  mumkin,  lekin  burun 
to’sig’ining orqa qismlarida kamroq uchraydi. Gohida burun qiyshiqligi singanga 
o’xshab, ya’ni burun to’sig’ini pastki qismiga nisbatan yuqori qismi burchak ostida 
egilgan  bo’ladi.  Taroqsimon  va  tikanaksimon  burun  to’sig’ini  qiyshayishi  burun 
to’sig’ini qavariqli sohasida ko’p uchraydi, ayniqsa burun to’sig’ining to’gayi di-
mog’ suyagini yuqori qismiga birikkan joyida ko’proq uchraydi. 
      Bolalarda  burun  to’sig’i  qiyshiqligi  kam  uchraydi,  lekin  M.Shatell  (M. 
Chatellier)    kuzatishlarida  burun  to’sig’ini  qiyshiqligi  hatto  embrionda  ham 
aniqlagan.  Bolalarda  burun  to’sig’ining  oldingi  pastki  sohasida  rudiment 
hisoblangan  Gushke  tog’ayi  bo’lishi  mumkin.  Bola  tug’ilgandan  keyin  shu 
tog’ayning gipertrofiyasi  hisobiga 16%  hollarda  burun  to’sig’ining  oldingi  oastki 
sohasida  tikanaksimon  va  taroqsimon  qiyshayishlar  aniqlanishi  mumkin.  Burun 
to’sig’i  5-7 yoshdan boshlab 20yoshgacha o’sishi mumkin. Shu yoshning har xil 
davrlarida qiyshiqlik rivojlanishi mumkin. 
       Burun  to’sig’ini  kelib  chiqishiga  sabab  burun  to’sig’i  tog’ayini  notekis 
o’sishidan va uning suyak “romi”ga to’g’ri kelmasligi bilan tushuntiriladi. Bu pay-
tda suyak sekin o’sadi, tog’ay esa suyakka nusbatan tez o’sadi. Burun to’sig’ining 
qiyshayishini yana bir sabablaridan biri bu tug’ruq va postnatal davrdagi  travmalar 
hisoblanadi. Bunda asosan tog’ayning sinishi bilan namoyon bo’ladi. 
       Burun to’sig’ini qiyshayishini turli xil nazariyalari bor: 
 
Rinologik nazariya-  qiyshiqlikni burundan nafas olishni buzilishi bilan bog’lab 
korsatiladi,  bolalarda  qattiq  tanglay  gumbazi  gotiksimon  o’zgarib  burun  tosig’ini 
pastga  tortishi  tufayli  burun  to’sig’ini  qiyshaytiradi.  Bu  nazariya’ning  isboti,  oz 
vaqtida tiklangan nafas (adenotomiya) qiyshiqlikka olib kelmasligidadir. 


 
Tug’ma qiyshayish nazariyasi- bu nazariya egalari, burun to’sig’ini qiyshiqligini 
irsiy  moyillikka  bog’liq  deb  qaraydilar.  Bu  nazariya  bir  nechta  klinik  kuzatuvlar 
natijasida tasdiqini topgan. 
 
Biologik  nasariya-  burun  to’sig’ining  qiyshiqligi  inson  evolyutsion  rivojlan-
ishida  jarayonida  gorizantal  holatdan  vertikal  holatni  egallashi  hisobigadir  deb 
qaraladi.  Bunda  insonning  miyasini  og’irlashishi  hisobiga,  oldingi  miya  chuqur-
chasida  bosim  oshishi  natijasida  burun  to’sig’iga  og’irlik  tushib  burun  to’sig’ini 
qiyshayishiga  sabab  bo’ladi  deb  qaraladi.  Buning  tasdiq’i,  maymunlarda  burun 
to’sig’i 90% hollarda normal, qiyshaymagan tipda bo’lishidadir.  
 
Raxit nazariyasi- bu nazariya, birlamchi osteogenez jarayonini buzilishi hisobi-
ga amalga oshishidadir deb qaraydi. 
 
Stomatologik  nazariya-  qiyshiqlikning  sababi  yuz-jag’  sohasini  rivojlanishini 
buzilishi deb qaraladi, bular yuqori jag’ni rivojlanmasligi hisobiga, yuqori tanglay 
ko’tariladi  shunga  barobar  yuqori  jag’da  tishlar  ham  yuqoriga  tortilib,  zichlashib 
quyshiqlashadi.  Bundan  o’zgarish  burun  ichidagi  strukturani  o’zgarishiga  sabab 
bo’ladi. 
      Klinikasi.  Burun  to’sig’i  qiyshiqligi  nafas  olish  faoliyatini  qiyinlashuviga  va 
nafas  olishni  pasayishiga  sabab  bo’lishi  mumkin.  Burundagi  normal  aerasiya’ni 
buzilishi  burun  chig’anoqlarini  ikkilamchi  qon  aylanishini  o’zgarishiga  sabab 
bo’lishi  mumkin.  Bu  o’z  navbatida  burun  chig’anoqlarida  qonni  dimlanishiga,  u 
esa to’qimani shishiga sabab bo’ladi. U yerda trofik o’zgarishlar sodir bo’ladi, bu 
esa burunda va burun yondosh bo’shliqlarida kasallik (burun chig’anoqlari giper-
trofiyasi, burun poliplari, sinusitlar) kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Rinoskopiyada 
har xil darajadagi burun qiyshiqliklarini ko’rish mumkin. 
      Qiyshaygan burun to’sig’ini botgan tomonida kompensator ravishda burunning 
pastki  va  o’rta  burun  chig’anoqlari  gipertrofiyaga  uchraydi.  Burun  to’sig’ining 
taroqsimon va tikanaksimon qiyshiqligi burun chig’anog’iga tegib tursa, u yerdagi 
vegetativ va sezuvchi nerv tolalarini qitiqlaydi. Shundan so’ng burun bo’shlig’ida 
vasomotor  o’zgarishlariga  sabab  bo’lib,  anatomik  xosilalarni  trofik  buzilishiga 
sabab  bo’ladi.  Klinik  kechuvi  2  xil  yo’nalishda  bo’lishi  mumkin.  1)  adaptatsion 
yo’l- bemorda nafas olish og’iz va burun orqali amalga oshiradi; 2) dezadaptatsion 
yo’l- bemorda burundan nafas olish bo’lmaydi, burun to’sig’ining qiyshiq joyi ma-
halliy va umumiy reaksiyalarni keltirib chiqaradi. 
      Burun  to’sig’ini  qiyshiqligi  bemorlarda  angina,  surunkali  tonzillitga,  sinusit, 
faringit,  laringit,  o’rta  quloqdagi  turli  xil  asoratlarga,  nevrozlar,  bronxial  astma, 
miokardit,  bronxit,  pnevmoniya,  yuz-jag’  sohasdagi  deformatsiyalarga,  aqliy 
rivojlanishini orqada qolishiga, konstitusional o’zgarishlariga, bosh og’riqlariga va 
bashq. sabab bo’lishi mumkin. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə