Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/71
tarix18.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#44495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71

Davolash.  Kasallik  bosqichiga  qarab  (infiltratsiya  yoki  ho’ppozlashgan)  va 
og’irligiga qarab, konservativ yoki jarrohlik usulidan foydalaniladi. 
    Konservativ  davo    faqatgina  infiltrativ  bosqichda  amalga  oshiriladi.  Bu  bos-
qichda  bemorga  keng  doirali  antibiotiklar  (sefalosporinlar,  makrolidlar,  ftorx-
inolonlar  va  boshq),  antigistaminlar,  analgetiklar,  istma  tushiruvchilar  dori 
vositalari beriladi. Undan tashqari chipqon maydoniga Vishnevskiy mazi, sintom-
isin  emulsiyasi,  spirtli  kompresslar  qo’yilib  bog’lanadi.  Agar  chipqon  qaytalansa 
immunomodulyatorlar, bitaminlar, stafilakokkka qarshi gamma globulinlar buyuri-
ladi. Bundan tashqari yallig’lanish sohasiga UVCh,UBN, kvars muolajalari buyuri-
ladi. 
      Og’ir  holatlarida,  kabunkul  yoki  ko’z  va  kalla  ichi  asoratlari  xavfi  bo’ladigan 
bo’lsa  antibiotiklar miqdori  oshirilibgina  qolmay,  undan  tashqari  sxema  bo’yicha 
antikoagulyantlar davo rejasiga qo’shiladi.  
      Jarrohlik  davo  hoppozlashgan  bosqichda  amalga  oshiriladi.  Buning  uchun 
yiringli o’choq keng ochilib, yiringli nekrotik to’qimalar olib tashlanadi va jarohat 
maydoniga  rezina  chiqargich  o’rnatiladi.  Jarrohlik  amaliyoti  qisqa  muddatga 
umumiy yoki mahalliy og’riqsizlantirish ostida bajariladi. Jarohat maydoniga usti-
dan 10% li gipertonik etitma bilan bog’lam qoyiladi va shu eritma bilan namlanib 
turadi.  Bog’lam  o’rniga  levamekol,  levosin  malhamlaridan  foydalanish  mumkin. 
Jarrohlik  davosi  ko’p  miqdorda  antibakterial  davo,  detoksikatsion  davo  va  simp-
tomatik davo bilan birga olib boriladi. Bemorga antikoagulyatlar (asperin, geparin, 
tibbiy zuluk va hak) va immunitetni oshiruvchi dori vositalari tavsiya qilinadi.  
Chipqon maydoni siqib, yiringini chiqarish qat’iyan  man etiladi, chunki bu hola-
tlardan keyin bemorda yuz venalari flebiti, orbital va kalla ichi asoratlari rivojlan-
ish xavfi tug’iladi.   
1.3.
 
Burun saramasi. 
 Burun saramasi (erysipelas, grekchada, erythros- qizil, pella- teri.)- A guruhiga 
kiruvchi β-gemolitik streptokokkl qo’zg’atgan teri, va teri osti yog’ toq’imasining 
infeksion-  allergik  kasallik  bo’lib,  terining  yuzaki  limfa  tizimini  zararlanish  bilan 
birga kechuvchi yuqumli kasallik hisoblanadi. 
Patogenezi. Kirish darvozisi bo’lib teri va shilliq qavat hisoblanadi. Gohida teri va 
shilliq  qavatga  streptokokkli  infeksiyali  o’chog’dan  gematogen  yo’l  orqali 
qo’zg’atuvchi tarqab, kasallik chaqirichi mumkin. Streptokokk va uning toksinlari 
ta’sirida  terida  seroz  va  seroz-gemorragik  yallig’lanish    rivojlanadi.  Unga 
qo’shimcha terida limfangit, arteriit, flebit rivojlanadi.  Oyoqlarida trofik yaralari 
bo’lgan,  qandli  qiabet  bilan  kasallangan  va  immunitetni  susaygan  bemorlarda 
kasallik tez rivojlanadi. 
Patologik anatomiyasi. Sarasamning quyidagi turlari tafovut  qilinadi. 


 
Eritematoz  
 
Bullyoz (epidermis ostida seroz ekssudatni pufak ko’rinishida to’planishi) 
 
Pustulyoz (yuringli pufakni xosil bo’lishi). 
 
Krustoz  (yiringli  pufaklarni  o’z  holicha  yorilishi-  ustida  sariq  rangda  qalin 
qatqaloqlar paydo bo’ladi). 
 
Gemorragik (yiringli pufaklarda gemorragik ekssudat to’planishi)  
Yiringli  va  gemorragik  shakillarida  yallig’lanish  flegmona,  nekroz,  gangrenaga 
k’rinishlariga o’tishi mumkin (1.7-rasm). 
 
 
 
 
Klinikasi.  Inkubatsion  davri-  bir  necha  soatdan  5  kungacha.  Kasallik  o’tkir  bosh-
lanib, tanani qaltirashi, umumiy holsizlik, bosh og’rig’i, tana harorati 39°- 40° ga-
cha  ko’tarilashi,  ba’san  qusish,  bo’g’imdagi  o’griqlar  bilan  namoyon  bo’lishi 
mumkin.  Kasallikning  birinshi  sutkasida  zararlangan  teri  sohasida  shish, 
qichishish, giperemiya va og’riq paydo bo’ladi. Keyinchalik mahalliy limfa tugun-
lari  kattalashadi.  Bir  necha  soatdan  so’ng  terida  tez  kattalashadigan  pufakchalar 
o’chog’i paydo bo’ladi. Yallig’lanish jarayoni butun yuzga, boshning sochli qismi-
ga, ensa va bo’yinga tarqalishi mumkin. Yallig’lanish o’choqlarida yiringli puffak-
lar  paydo  bo’lib,  qon  talashishlar  kuzatiladi.  Gohida  terining  ostiga  seroz  yoki 
yiring  to’planishi  hisobiga  terining  epidermis  qavati  ko’chishi  mumkin.  Sochli 
qismlarda sochlarning to’kilishiga sabab bo’lishi mumkin. Mahalliy belgilar 10-15 
kun saqlanib turishi mumkin. Kasallikning og’ir hollarida pufakchalarning eritema-
toz-bullyuz  yoki  eritematoz-gemorragik  shakillari  paydo  bo’lib,  ular  teri  may-
donining  yiringli-septik  nekrozi  bilan  birga  kechadi.  O’zgargan  teri  to’qimasi 
sog’lom teridan aniq chegara chizig’i bilan ajralib turadi, paypaslaganda og’riydi, 
demorkatsion  chiziq  paydo  bo’ladi.  Saramas  jarayoni  terida  tugashi  terining 
1.7-rasm. Yuz saramasi. (I.A. Rivkin, 1962); 
1- eritematoz shakli; 2- flegmanoz-gangrenoz shakli. 
 


ko’chishi  bilan  amalga  oshib,  u  yerda  orqaga  qaytuvchi  pigmentasiya  paydo 
bo’ladi.  Abssessli,  flegmanoz  va  nekrotik  turlarida  terida  keyinchalik  chandiqli 
o’zgarish qolishi mumkin.  
       Qiyosiy tashxis. Burun saramasi dermatit (bunda kasallik asta-sekin rivojlanib
bemorda umumiy zaxarlanish belgilari kuzatilmaydi, tana harorati ko’tarilmaydi), 
skarlatina (kasallik kontakt yo’l orqali tarqaladi va yuqori nafas yo’llari kattari bi-
lan boshlanadi, terida paydo bo’lgan toshmalar lab-burun uchburchagidan tashqari 
betub tanada tarqaladi),  qizil yuguriq (bunda toshma kapalak shaklida yuz, yonoq 
sohasida joylashadi, bemorning tana harorati subfebril bo’lib, qonda kasallikka xos 
antitelolar aniqlanadi) kabi kasalliklardan farqlanadi. 
       Davolash.    Bemorga  penisillin  guruhi  antibiotiklari:  fenoksimetilpenisillin, 
penicillin 500 000- 1 000 000 TB har 4-6 soatda, yarimsintetik penisillin ampisil-
lin,  oksasillin  buyuriladi.  Bundan  tashqari  bemorga  eritromisin,  aygmentin,  se-
fazolin, zinosef tavsiya qilish mumkin. Zararlangan maydonga antiseptik malham-
lar  va  UBN  muolajasi  tavsiya  qilinadi.  Undan  tashqari  simptomatik  va  vitom-
inoterapiya davo rejasiga qo’shiladi. 
 
1.4.
 
Pushti donatshalar. 
     Pushti  donatshalar  (atsne  rosatsea)-  angiopatiya,  neyro  endokrin  buzulishlar 
va  oshqozon-ichak  yo’li  faoliyatining  buzulishi  bilan  bog’liq  bo’lgan  burun  yog’ 
bezlarining surunkali yallig’anishi.  
Ba’zan kasallik rivojlanishiga yog’ bezlarida mavjud bo’lgan- demodex folliculoris 
kanasi  sabab  bo’ladi.  Bundan  tashqari  ko’p  miqdorda  spirt  ichimliklarni,  shir-
inliklarni istemol qilish, burunning sovuq urushi, oshqozon-ichak kasalliklari, im-
munitetni susayishi kabi omillar sabab bo’ladi.  
      Ko’p  hollarda  ayo’llarda  30  yoshdan  keyin  uchraydi,  kam  hollarda-  yoshroq 
davrda uchrab turadi.  
      Keyingi davrlarda pushti donatshalarni kelib chiqishiga sabab psixososial omil 
sabab bo’lishi mumkin deb qaralmoqda. 
      Dastlab  terida  qizil  tugunchalar  paydo  bo’ladim  tashqi  burun  tog’ay  qismida 
joylashgan teri osti qon tomirlari kengayadi (teleangiektaziya). Keyin terining bar-
cha qavatlarida yog’ bezlari, qon va limfa tomirlari kattalashadi. 
       Sokolovskiy  E.V  1998-yilda  pushti  donachalarni  og’rligiga  qarab  3  darajaga 
bo’lgan. 
 
Yengil-  papulopustulyoz  toshmalar  o’zgasmagan  holda  yuz  terisida  10            
tagacha bo’lishi, 
 
O’rta- papulopustulyoz toshmalarni 10 dan 40 tagacha bo’lishi, 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə