Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/71
tarix18.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#44495
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71

vamikol,  levosin)  va  glyukokortikoid  malhamlar  (oksikort,  lokakorten,  giaksezon 
malhamlari), yorilgan joylarga 2-5% li lyapis etitmasi surtiladi. Bemorga tarkibida 
temir  moddasi  bo’lgan  dori  vositalari,  antigistamin  dorilari  (zaditen  1  vg  ertalab 
kechqurun) ichishga, vena ichiga tomchilatib 1 % li kalsiy xlorid eritmasi (100-200 
ml miqdorda), immunitetni faollashtiruvchi dorilar (timolin, T-aktivin), vitaminlar, 
UBN,UBCh tavsiya qilinadi. Og’ir hollarda kortikosteroidlar buyuriladi (bir kecha 
kunduzda 30 mg prednizolon 10-14 kun davomida) mushak orasiga yuboriladi. 
1.8.
 
Tashqi burunni termik jarohatlari. 
   Burun  kuyushlari  (combustion  nasi)-  issiq,  quyosh  nuri,  kimyoviy  moddalar, 
elektr toki yoki radiatsiya nuri ta’sirida yuz bergan to’qimalar jarohati. 
To’qima kuyishining 4 darajasi tafovut etiladi: 
I-
 
Darajasi-  eritema,  terining  epidermis  qavati  kuyadi:  teri  qizarib  og’riydi, 
biroz shishadi. 
II-
 
 Darajasi-  terining  derma  qavati  kuyadi,  zararlangan  epidermis  qavati 
ajralib, ekssudat bilan to’lgan pufakchalar xosil bo’ladi. 
III-
 
Darajasi- teri nekrozi, dermaning barcha qavatlari, ba’zan teri osti kletch-
atkasi ham to’liq yoki qisman kuyadi. 
IV-
 
Darajasi-  teri  bilan  birga  fassiya  ostidagi  mushak  va  suyak  to’qimalari 
ham kuyadi.  
Davolash. Kuyishning I-II darajasi, yuzaki kuyish hisoblanib, dori-darmonlar bilan 
davolanadi.  Burun  sohasiga  aseptikaseptik  qo’yiladi,  anestezin,  borat  kislotasi  va 
anestezin  aralashmasi,  oksiklozol,  oksikort,  levomekol,  levosin,  legrazol,  tegrale-
zol,  levovinozol,  olezol  aerazollari  sepiladi.  1-2%  li  kaliy  permanganate,  1-2%  li 
tannin, furasillin (1: 5000), 10% li borat lanolin eritmalari va malhami, 10% li sin-
timisin  emulsiyasi  surtiladi.  Kuygan  maydonga  darhol  muz  parchasi  qo’yiladi. 
Bundan  tashqari  og’riqsizlantirish,  dezintoksikasiya,  desensibilizatsiya  tadbirlari 
o’tkaziladi,  vena  ichiga  kerakli  miqdorda  suyuqliklar  tomchilab  yuboriladi. 
Ikkilamchi infeksiya’ni oldini olish maqsadida bemorga yallig’lanishga qarshi dori 
vositalar (ampisillin, sefazolin, amoksiklav) tavsiya qilinadi. 
      Kuyushning III-IV darajasi, chuqur kuyish sifatida baholanib, zararlangan teri 
jarrohlik usulida tikiladi. Bemorga qoqsholga qarshi emlanadi. 
      Burunni sovuq urushi( congelation nasi)- sovuq havoning mahalliy ta’siri yo-
ki  terining  judaham  sovuq  jismiga  tegishi  natijasida  sodir bo’ladigan to’qimalar 
jarohati.  
Sovuq urushning 4 darajasi tafovut etiladi. 
I-
 
Daraja- teri qoplamlari rangpr yoki ko’kimtir bo’lib, shishadi, zararlangan 
teri moydoni og’riydiva qichiydi, uning sezgirligi pasayadi. 


II-
 
Daraja- qizargan va ko’kargan terida serozli ekssudat bilan to’lgan pufak-
chalar  paydo  bo’ladi.  Pufakchalar  yorilib  yaraga  aylanadi.  Terini  o’z  holiga 
qaytishi 2-3 hafta davom etadi. 
III-
 
Daraja-  terida  gemorragik  ekssudat  bilan  to’lgan  pufakchalar  paydo 
bo’lib, ular yaraga aylanadi, teri va teri osti yog’ to’qimasi nekrozga uchraydi. 
IV-
 
Daraja-  terining  barcha  qavatlari,  ya’ni  ham  yumshoq  ham  suyak 
to’qimalari  nekrozga  uchraydi.  To’qimalarni  emirilishi  5-6  oy  davom  etib, 
gangrene asorati rivojlanishiga olib kelishi mumkin. 
Davolash.  Bemorga  og’riqsizlantirish  tadbirlari,  antibiotikaterapiya  va  jarrohlik 
davolash usullari buyuriladi. Yengil holatlarda bemorni issiq xonaga yotqizib, unga 
issiq  ichimliklar  beriladi.  Sekinlik  bilan  burun  qo’l  bilan  ishqalaniladi  (qor  bilan 
emas),  issiq  suv  (suvning  harorati  40°  C  dan  oshmasligi  lozim)  bilan  30  min 
davomida  isitiladi,  terisiga  spirt  surtiladi,  pufakchalar  ochiladi.  Zarur  bo’lganda 
unga tinchlantiruvchi, og’riqsizlantiruvchi dorilar buyuriladi, UBN, UVCh muola-
jalari o’tkaziladi.   
       Sovuq qotishning III-IV darajasida bemoq shifoxona sharoitida davolanadi. U 
yerda    antibakterial,  detoksikatsion  terapiya  o’tkasiladi.  Ayrim  hollarda  jarrohlik 
usulida  nekroektomiya  va  amputatsiya  operatsiyalari  amalga  oshiriladi.  Bemorga 
qoqsholga qarshi emlanadi. 
 
2.
BURUN BO’SHLIG’i KASALLIKLARI.
 
2.1.
 
Burun to’sig’i qiyshiqligi. 
     Burun  to’sig’i  qiyshiqligi  (deviation  septi  nasi)-  burun  orqali  nafas  olishni 
qiyinlashtiruvchi  burun  to’sig’ining  syak  yoki  tog’ay  qismlarini  tabiiy  (o’sish 
xususiyati bilan bog’liq) yoki orttirilgan (jarohat bilan bog’liq) qiyshiqligi. 
Burun  to’sig’i  qiyshiqligi  otorinolaringologiyada  ko’p  uchraydigan  kasallik 
hisoblanadi.  Uning  kelib  chiqishiga  sabab  travmalardan  keyin  (54%),  fiziologik 
(32%)  ya’ni  burunning    suyak-  tog’ay  sistemasi  yuz  suyaklariga  nisbatan  tezroq 
o’sishi tufayli o’zining “romiga” sig’may qolishi tufayli, kompensator (8%) ya’ni 
polip va o’smalar hisobiga bir tomonga surilishi hisobiga kelib chiqadi. Qiyshiqlik 
shakliga qarab, joylashgan joyiga, uzunligiga va burundan nafas olishini buzilish-
iga qarab har xil bo’lishi mumkin. Burun to’sig’ini qiyshayishlari turli xil bo’lishi 
mumkin:  burun  to’sig’ini  yo’g’onlashishi,  har  xil  qiyshayishlar,  tikonsimon  va 
taroqsimon  deformatsiyalar,  “C”  va  “S”-simon  qiyshayishlar  va  ularning  kombi-
natsiyalari bo’lishi mumkin.  
       R.  Mladina    burun  to’sig’i  qiyshiqligini  7  tipga  bo’ladi.  U  deformatsiya’ni 
so’zini o’rniga, burun to’sig’ini shaklini o’zgarishi o’zi ma’qul keladi deb aytadi. 
Lekin buning ahamiyati yo’q. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə