Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/71
tarix18.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#44495
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71

      Bemorlar  asosan burun  orqali  nafas  olish qiyinlashishiga, burun bitishiga, bu-
rundan shilliq va shilliq-yiringli ajralma kelishiga, bosh og’rishiga, tomog’i qurish-
iga hid bilishni pasayishiga, quloqlarini bitishidan shikoyat qilishi mumkin. Shuni 
esda  tutish  kerakki,  ba’zan  burun  to’sig’i  qiyshiqligi  bemorni  bezovta  qilmaydi, 
shunki  havo  oqimi  qiyshaygan  maydonning  osyi  yoki  ustidan  o’tadi..  Shuning 
uchun bemor burun orqali nafas olishi qiyinlashishiga shikoyat qilmaydi. Demak, 
burun to’sig’i  qiyshiqligi emas, balki bemorning shikoyatlari jarrohlik amalini ba-
jarishga ko’rsatma bo’lib xizmat qiladi. 
Tashxis. Burun to’sig’ini qiyshiqligini qiyinchiliksiz tashxislash mumkin. Tashxiz 
qo’yish  uchun  bemorning  shikoyatlariga,  anamnez  ma’lumotlariga  va  rinoskopik 
belgilariga  asoslaniladi.  Agar  burunning  o’rta  va  orqa  qismlarini  ko’rish  qiyin 
bo’lsa,  burun shilliq  qavatini qontomirlarni toraytiruvchi  dori vositalari  (0,1  % li 
adrenalin,  naftezin,  galazolin  va  bosh)  bilan  anemizatsiya  qilinadi.  Yuqori  unfor-
matsiya  beradigan  usul  esa  har  xil  burchakli  endoskop  yordamida ko’rish  va  KT 
bo’lib,  bunda  qiys  hiqlik  qayerda,  qanday  burchada,  qaysi  sohada  joylashganligi 
haqida informatsiya olish mumkin. 
Davolash. Burun to’sig’ini davolash faqatgina jarrohlik usulida amalga oshiriladi. 
Burun  to’sig’ida  bajariladigan  jarrohlk  usullaridan  2  ta  jarrohlik  (rekonstruktiv) 
ajratib olish mumkin. 1) Killian bo’yicha burun to’sig’i shilliq osti qavatini kesish 
usuli;  2)  Voyatshek  bo’yicha  aylanma  kesish  usullari  qo’llanadi.  Hozirda  burun 
to’sig’ida bajariladigan jarrohlik usullarini umumiy qilib “septoplastika” deb ata-
ladi. 
Burun  to’sig’ida  jarrohlik  amaliyotini  olib  borish  qiyin  bo’lganligi  uchun,  jar-
rohdan  ko’p  mashaqqatlar  talab  tiladi.  Chunki  jarrohlik  amaliyoti  paytida  va  jar-
rohlik  amaliyotidan  keying  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  asoratlarga  tayyor  turishi 
kerak. 
1)
 
Killian  bo’yicha  burun  to’sig’i  shilliq  osti  jarrohlik  amliyoti  14  yoshda 
amalga oshiriladi. Lekin zarurut tug’ilsa 6 yoshdan so’ng ham bajarilishi mumkin. 
Jarrohlik amali mahalliy yoki umumiy endotraxeal og’riqsizlantirish ostida bajari-
ladi. Mahalliy og’riqsizlantirishda 0,1% adrenalin qo’shilgan 1% li novokain (1% 
li  lidokain)  eritmasi  (5  ml  eritmaga  1  tomchi  0,1%  li  adrenalin  gidroxlorid 
qo’shiladi) dan foydalaniladi. Jarrohlik amalidan 10 daqiqa oldin bemorning bur-
niga 1% li dikain, 2% li  lidokain shimdirilgan doka tiqma qo’yish kerak bo’ladi. 
Ushbu  muolaja  jarrohlik  amalini  deyarli  qonsiz  bajarish  imkonini  beradi.  (1.10-
rasm). 
 


 
 
 
       Burun bo’shlig’i chap tomonidan burun to’sig’i tog’ayining tashqi chetidan 4-
5  mm  tashlab  shilliq  va  tog’ay  usti  pardalari  burun  tubidan  burun  qirrasi  tomon 
yoysimon  (1.11  rasm  (a))  kesiladi.  O’tkir  ajratgich  yordamida  burun  to’sig’ining 
chap tomonidagi shilliq parda  tog’ay usti pardasi bilan birga tog’aydan ajratiladi. 
Bu  eng  asosiy  holat-  qavat  orasiga  “to’g’ri  “  kirish  kerak  bo’ladi.  Natijada 
tog’ayning silliq, yaltiroq yuzi ko’zga ko’rinadi (1.11 rasm (b)). 
       Bir tarafni to’liq ko’chirilib bo’lgandan keyin, ikkinchi tarafini ko’chirilishga 
kirishiladi.  Buning  uchun  burun  to’sig’i  tog’ayi  kesiladi.  Tog’ayni  kesayotganda 
qarama-qarshi  tomondagi  shilliq  pardaga  zarar  etkazmaslikka  harakat  qilinadi. 
Keyin  ajratkich  yordamida  qarama-  qarshi  tomondagi  shilliq  parda  to’gay  usti 
qavati  bilan  birga  asta  sekinlik  bilan  ajratiladi  (1.11  rasm  (c)).  Shundan  so’ng 
qaychi  va  pichoq  yordamida  tog’ayning  qiyshaygan  qismi  kesiladi  va  Bryun-
ingsning  aylanma  uchli  qisqichi  bilan  kesilgan  tog’ay  olib  tashlanadi  (1.11  rasm 
(d)).  Shu  qisqich  bilan  burun  to’sig’ining  suyak  qismini  qiyshaygan  qismi  olib 
tashlanadi.  Ba’zan  to’gay  va  suyaklarining  to’g’ri  bo’laklari  shilliq  pardaning 
orasiga joylashtiriladi (septoplastika). Shundan so’ng burun yo’llariga antibiotikka 
shimdirilgan  tiqma  (tamponada  qilinadi)  qo’yiladi.  Ayrim  hollarda  shilliq  qavat-
ning birinchi kesilgan joyiga chok qo’ysa bo’ladi.  
 
1.10 rasm. Infiltratsion anestesiya uchun anestetikni yuborish nuqtala-
ri. 


                    
 
 
                        
 
 
 
 
Tampon 24-48 soatdan so’ng olib tashlanadi. Tog’ay olib tashlanayotganda burun 
qirrasiga  yaqin  olish  kerak  bo’lmaydi,  burun  qirrasi  bilan  tog’ay  olinishi  kerak 
bo’ladigan masofa 6-8 mm dan kam bo’lishi kerak emas, keyinchalik burun qirrasi 
cho’kib qolishi mumkin. Undan tashqari burun to’sig’i oldingi qirrasini ham kirish 
qismidan 3-4 mm tashlab olish kerak bo’ladi, jarrohlik amaliyotidan keyin burunni 
uchini his qilish maqsadida. 
2)
 
Voyatshek  bo’yicha  rezeksiya  jarrohlik  amalida  burun  to’sig’ining  faqat  
qiyshaygan maydoni olib tashlanadi, shuning uchun bunday jarrohlik amallari kon-
servativ septoplastika deb ataladi.  
 
 
 




1.11. rasm. Burun to’sig’idagi jarrohlik amaliyotining bosqichlari: a) burun kirish qismini yoysimon 
kesish;  b)  burun  shilliq  qavatini  tog’ay  usti  pardadan  ko’chirish;  c)  burun  to’sig’ini  qarama-qarshi 
tomonidagi shilliq qavatini kesish va ko’chirish; d) burun to’sig’ini qiyshaygan sohasini olib tashlash.  
1.12  rasm.  Voyatshek  bo’yicha  retrograde  pichoq  bilan  burun  to’sig’ini 
taroqsimon  qiyshiqligi  joyidan  kesish  va  pichoq  harakati:  1-  taroqsimon 
qiyshiqlik; 2- asbobni aktiv harakat bilan harakatlanishi ko’rsatilgan. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə